Xristianlik oqimlari


Download 448.35 Kb.
bet3/3
Sana01.03.2023
Hajmi448.35 Kb.
#1239027
1   2   3
Bog'liq
Xristianlikdagi оqimlar

Baptizm – yunoncha so‘z bo‘lib, «suv bilan cho‘qintirish» degan ma’noni bildiradi. Bu ta’limot bo‘yicha bolalar yoshligida emas, balki voyaga yetganda, dinga nisbatan ongl bo‘lgandagina cho‘qintirilishi lozimligi uqdiriladi. Xristianlikda muqaddas hisoblanadigan avliyolar, monaxlik, ikona, but va
boshqalar rad etiladi.
Duxoborlar – ruhga e’tiqod qiluvchi xristianlar, ruh uchun kurashuvchilar – eski rus sektantchiligi yo‘nalishlaridan biri. Ular ruxoniylarni, monaxlikni, butxonalarni, provaslav qoida va marosimlarini, xoch va ikonalarga topinishni rad etganlar. Iso Masih oddiy inson, xudoning o‘g‘li emas, ammo unda ilohiy aql
mujassam bo‘lgan deyiladi.
Adventistlar – lotincha so‘z bo‘lib, voqe bo‘lish ma’nosini bildiradi. Adventistlar jonning o‘lmasligini inkor etadilar. Jon tana bilan birga o‘ladi va Iso qayta tirilib kelgan kun yana tiriladi. Bu dunyo ana shunga tayyorgarlik ko‘rish uchun berilgan deydilar. Shanba kunini dam olish kuni deb biladilar. O‘z daromadlarining o‘ndan bir qismini cherkovga berish talab etiladi. Adventistlar Iso qayta tirilib kelib oxiratdan avval ming yil hukmronlik qiladi va bu kun yaqin deb ishonishadi.
Staroverlar, staroobryadchestvo (eski udumlar, eski diniy udum, marosim va urfodatlarga amal qiluvchilar) – Rus pravoslav cherkovining 17-asrning ikkinchi yarmida patriarx Nikon o‘tkazgan cherkov islohotini qabul qilishdan bosh tortgan diniy oqim vakillari.
Xristianlikdagi oqimlar:
Pravoslav oqimi(240 million kishi) asosan:
~Sharqiy Yevropa,
~Yaqin Sharq,
~Bolqon mamlakatlarida tarqalgan.
Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so‘zidan
olingan bo‘lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida
uchraydi.
Xristianlikdagi oqimlar:
Katolik oqimi (taxminan 800 mln. Kishini) asosan :
1. Yevropa,
2. Osiyo,
3. Afrika
Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan.
Katolitsizm umumiy, dunyoviy degan
ma'nolarni ifodalaydi. Uning birinchi Yepiskopi
apostol Petr bo‘lgan. Katolitsizmda Bibliyani sharhlash
huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular
uylanmaslik haqidagi diniy talabga amal qiladilar.
Xristianlikdagi oqimlar:
Protestantlik (protestantizm)(taxminan 647 million
kishini tashkil etadi ) - (lotincha - norozi bo‘lish,
kelishmaslik) - XVI asrda katoliklik yo‘nalishidan
ajralib chiqqan xristianlikdagi uch asosiy
yo‘nalishlardan biri
Protestantizmning ilk shakllari::
1. lyuteranlik:;
2. Svinglichilik;
3.Kalvinizm;
4.Unitarizm va sotsinchilik;
5.Anabaptizm;
6.Mennonitlik;
7. Anglikanchilik
Hozirgi vaqtda protestantizm dunyoning barcha
qit'alarida keng tarqalgan. Uning jahon markazi
AQSHda, bu yerda:
baptist;
adventist;
Iyegova shohidlari va boshqalarning qarorgohlari
joylashgan.
E’tiboringiz uchun raxmat.!!
Download 448.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling