Xristianlik oqimlari
Download 448.35 Kb.
|
Xristianlikdagi оqimlar
Xristianlikdagi oqimlariReja:
Xristianlik dini - jahon dinlaridan biri hisoblanadi; Xristianlikka e'tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd. 600 mln. bo‘lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to‘g‘ri keladi; Xristianlik hozirgi kunda ko‘proq Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit'alarida hamda qisman Afrika va Osiyo qit'alarida tarqalgan. Xristianlikda Iso Masih yoki boshqa avliyolarning suratlari tushirilgan ikonalar uylardagi maxsus «muqaddas burchak» yoki «qizil burchak»ka joylashtiriladi va ularga alohida hurmat ko‘rsatiladi. Bu joy uydagi altar (mehrob) vazifasini bajaradi. Oila a’zolari bu joyga kelib, ibodatlarini amalga oshiradilar. Altar juda toza saqlangan. Shuni unutmaslik lozimki, hech qaysi dinning muqaddas manbasi begunoh insonlar, jonivorlarning qonini to‘kish, o‘g‘rilik, vayronagarchilikka buyurmaydi. MA’LUMOT UCHUN 2017-yilning 1-iyunida Toshkent shahrida Bibliya kitobining o‘zbek tiliga to‘liq tarjimasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Shu yilga qadar Bibliyaning ayrim qismlarigina o‘zbek tiliga tarjima qilingan edi. Xristianlik tarixi Xristianlik milodning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin yerlarida vujudga kelgan; Iso Masih Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yiliFalastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi; Yangi eraning boshlanishi Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog’liq. Xristianlik dinining asoschisi Iso Masih: Xalq kutayotgan haloskor; Yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g‘oyasi bilan chiqqan; Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg‘in qilganlar; Iso 33 yoshida fitnachilikda ayblanib, qatl etishga hukm qilingan. Iso nomiga qo‘shiluvchi Masih so‘zi qadimiy yahudiytili - ivritdagi “moshiax” so‘zidan olingan bo‘lib,“silangan” yoki “siylangan” ma'nolarini beradi.Grekchada bu so‘z “xristos” (“christos”) shakliga ega.Bu dinning “xristianlik” yoki “masihiylik” deb atalishiham shu so‘zlar bilan bog‘liq. Bibliya (biblia) - so‘zi grek tilida “kitob”, “o‘ram” ma'nolarini anglatadi; Hozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72 ta kitobdan, protestant nashrlarida esa 66 kitobdan iborat; Yahudiylarning yana bir diniy manbasi Talmudning xabar berishicha, Qadimiy ahdda 24 ta kitob; Qadimiy yahudiy tarixchisi Iosif Flaviyning aytishicha, 22 ta kitobdan iborat. Protestantlar va yahudiylar, Trident Soboridan keyin (1545-1563), katoliklar ham qadimiy ahd tarkibiga 45 ta kitob kirgizadilar Xristianlikdagi oqim va yo‘nalishlar. Tarixdan ma’lumki milodiy 395 yilda qudratli Rim imperiyasi parchalanib – G‘arbiy (Rim) va Sharqiy (Vizantiya) qismlarga bo‘linib ketdi. 476 yilga kelib esa G‘arbiy Rim saltanati butunlay quladi. Natijada Rim cherkovi va uning boshlig‘ining nufuzi mislsiz oshib ketdi. Cherkov boshlig‘i Rim papasi deb atalib, cheksiz xuquqqa ega bo‘ldi. Sharqiy Vizantiyada esa imperatorlik hokimiyati kuchli bo‘lganligi sababli cherkov xokimiyatga bo‘ysundirilgandi. 1054 yilga kelib Rim va Konstantinapol cherkovlari o‘rtasida diniy ta’limotlarni talqin etish, yangi vujudga kelgan cherkovlarni nazorat qilish, daromadlarni taqsimlash yuzasidan kelib chiqqan ixtilof keskinlashdi. Oqibatda Rim papasi Lev IX va Konstantinopol cherkov boshlig‘i Kirudariy bir-birlarini la’natladilar. Xristianlik ana shu sanadan boshlab ikkiga ajralib ketdi. Ulardan biri Rim papasiga bo‘ysunuvchi katolik (butun dunyo) cherkovi, ikkinchisi esa Konstantinopol patriarxiga bo‘ysunuvchi Pravoslavie (chin e’tiqod) cherkovi degan nom oldi. Buni qisqa qilib Xristianlik G‘arbiy va Sharqiy cherkovlarga ajralib ketdi deb izohlasa bo‘ladi. Download 448.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling