Xromatografik usullar tahlil qilinayotgan moddaning qo‘zg‘almas va
Download 320.43 Kb. Pdf ko'rish
|
14-ma\'ruza matni
Xromatografik usullar tahlil qilinayotgan moddaning qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan fazalar orasida tarqalishiga asoslangan. Bu usullar yordamida murakkab aralashmalar tarkibidagi ayrim moddalarni ajratib olish mumkin bo‘lib, farmatsevtik tahlilda ularning qo‘llanilish imkoniyatlari keng. Xromatografik usullardan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin: 1. Tabiiy xom ashyolardan biologik birikmalarni ajratib olish 2. Murakkab dori vositalari tarkibidagi ayrim komponentlarni ajratish va tahlil qilish 3. Dori moddalarning chinligini aniqlash 4. Dori moddalar tarkibidagi yot aralashmalarni aniqlash 5. Dori moddalarini saqlash jarayonida borishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘rganish 6. Dori moddalarning miqdoriy tahlilini bajarish va x.k. Xromatografik usullar jarayonning mexanizmiga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi: 1. Ion almashinish xromatografiyasi 2. Adsorbsion xromatografiya 3. CHo‘ktirish xromatografiyasi 4. Taqsimlanish xromatografiyasi 5. Oksidlanish-qaytarilish xromatografiyasi va x.k. Jarayonning shakliga ko‘ra xromatografik usullar quyidagilarga bo‘linadi: 1. Kolonkali xromatografiya 2. Kapillyar xromatografiya 3. Tekislik xromatografiyasi a) yupqa qatlam xromatografiyasi b) qog‘oz xromatografiyasi Shuningdek tahlil qilinayotgan moddaning agregat holatiga qarab, gaz, gaz- suyuqlik, suyuqlik, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usullari mavjud. Xromatografik usullarni tasniflashning boshqa turlari ham bor (sorbentning mahkamlangan va mahkamlanmagan qatlamida boradigan xromatografiya, yuqoriga yo‘nalgan yoki pastga yo‘nalgan, qo‘zg‘aluvchan qatlam xromatografiyasi va b.) Ushbu mavzuda biz yupqa qatlam xromatografiyasi (YQX) va qog’oz xromatografiyasi usullarini kurib chiqamiz. Download 320.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling