Xronologiya va metrologiya” fanidan O`quv uslubiy majmua
Download 1.14 Mb.
|
2012-13.1-к. Хронолог.
Kalendar turlari.
Kishilarning chorvachilik, dehqonchilik va boshqa hayotiy extiyojlar tufayli vaqtning kun, oy hamda yil kabi о‘lchov birliklarini bir-biriga muvofiqlashtirishlari oqibat natijada kalendarni keltirib chiqargan. Vuqorida ta’kidlaganimizdek, turli xalqlar turli davrlarda turlicha kalendar yaratganlar. Biroq yer yuzidagi turli xalqlarning xо‘jalik hayot shakllari va yashash sharoitlari asosan bir xil bо‘lganligi sababli ular yaratgan kalendarlar ham bir-biriga о‘xshash bо‘lgan. Har qanday stivilizatsiya kо‘pdan-kо‘p Xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta’sirining maxsulidir. Dunyoda turli xalqlar orasida kelib chiqqan barcha kalendar tizimlarini ularning nazariy xususiyati va moxiyati e’tibori bilan quyidagi uch turga bо‘lish mumkin: shamsiy kalendar, qamariy kalendar va qamariy-shamsiy kalendar. Ilk jamiyat rivojining birinchi bosqichida vaqt hisobi kun va tun almashuvi asosida olib borilgan. О‘sha davr odamlari oy о‘z kiyofasini doimo о‘zgartirib turishiga о‘z e’tiborlarini karatganlar. Keyinroq oy fazalariga qarab yangi oy, tо‘lin oy sifatida hisob yuritilgan. Biz bilamizki har bir yangi oy chiqishhi bilan boshlanib 29 kun davom etadi. Qamariy kalendar tarixiy jixatidan eng birinchisi hisoblanadi. Bunday kalendarning asosiy vazifasi vaqt hisobida kunlar bilan qamariy oyni bir-biriga muvofiqlashtirishdangina iborat bо‘ladi, xolos. Jazirama issiq mamlakatlarda, quyoshning issigi kishilarni о‘zlarining kunduzgi ishlarini tungi salkin paytlarga kо‘chirishga majbur etgan о‘lkalarda, birinchi navbatda chorvachilik bilan shug’ullanuvchi xalqlarda paydo bо‘lgan. (Bu haqda keyingi mavzularda batafsil ma’lumot beramiz). Hozirgi paytda dunyodagi deyarli hamma mamlakatlar shamsiy kalendardan foydalanadi. Shamsiy kalendar tizimi quyoshning yer atrofidagi yillik harakatiga asoslangan bо‘lib, u о‘zida asosan kunlar bilan yilni bir-biriga muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi. Bunday kalendarda yil fasllari, ularning о‘zaro takroriy almashuvi va tropik yil asosiy о‘rin tutadi. Kishilar о‘troqlashib, dehqonchilik bilan shug’ullana boshlashlari natijasida ekin eqish va yig’im-terim vaqtini aniqlashga extiyoj tug’ilgan. Bu bevosita yil almashuvi va Quyoshning yillik harorati bilan bog’liq bо‘lgan. Shu tariqa Quyosh kalendari paydo bо‘ldi. Shamsiy kalendar dastlab qadimgi Misrda eramizdan taxminan tо‘rt ming yillarcha ilgari dehqonchilik ishlarini boshqarish natijasida kelib chiqqan. U keyinroq, eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik boshlarida Vavilonda (birinchi oy kalendari shu davlatda kо‘llanilgan) ham paydo bо‘lgan va u yerdan keyinchalik boshqa mamlakatlarga tarqalgan. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling