Xronologiya va metrologiya” fanidan O`quv uslubiy majmua
Musulmonlar kalendari.Hijriy yil hisobi
Download 1.14 Mb.
|
2012-13.1-к. Хронолог.
Musulmonlar kalendari.Hijriy yil hisobi.
Musulmonlar kalendari (Hijriy kalendar) tо‘lik ma’noda sof qamariy kalendar hisoblanadi. U faqat oy fazalarining о‘zgarishiga asoslanadi.Dunyodagi kо‘pchilik Xalqlarning qamariy kalendarlari dehqonchilik va boshqa xо‘jalik extiyojlari ta’sirida keyinchalik qamariy-shamsiy kalendarga aylangan. Masalan, qadimgi vaviloniyaliklar, yaxudiylar, yunonlar, rimliklar avvaliga qamariy kalendardan foydalanganlar, keyinchalik esa yil fasllarining о‘zgarishiga moslashtirilgan qamariy- shamsiy kalendarga о‘tishga majbur bо‘lganlar. Musulmonlar kalendari Hozir ham qamariy-shamsiy kalendarga aylanmay saqlanib qolgan dunyodagi yagona qamariy kalendardir. Mazkur kalendar Quyoshning harakatiga mutlaqo aloqador bо‘lmagan va butunlay Oyning aylanma harakatiga asoslangan kalendar bо‘lib, u Hozirgi kunda islom dini davlat dini deb qabul qilingan Yaqin va О‘rta sharqdagi Jazoir, Indoneziya, Maroqash, Poqiston va boshqa kо‘pgina mamlakatlarda qо‘llaniladi. Musulmonlar kalendari VII asrning birinchi choragida Arabistonda paydo bо‘lgan va keyinchalik arablar tomonidan boshqa Xalqlarning majburan yoki ixtiyoriy islom diniga kiritilishi natijasida u shu Xalqlar orasida ham tarqalgan. 1917 yilga qadar islom diniga e’tikod qilgan Kavkaz Xalqlari, tatarlar, boshkirdlar, о‘zbeklar, tojiklar, turkmanlar, kirgiz va kozoqlar ham mana shu Hijriy yil hisobi, kalendardan foydalanganlar. Hijriy yil. Hijriy sо‘zi arabcha – kо‘chish sо‘zidan olingan. Milodiy 610 yilda Makkada paygambarlik nozil bо‘lgan Muhammad alayxis-salom (570-632) ummaviy zodagonlarning qarshiligi va tazyiki tufayli о‘z izdoshlari bilan 622 yili Makkadan Madinaga (Yacribga) xijrat qiladi. Xijrat milodiy 622 yilning 8 sentabrida yoki qamariy yil Safar oyining 27 kuni sodir bо‘ladi. Shu kuni rasulollox va uning izdoshlari Makkadan chiqib ketib, uch kun gorda turgach, Rabiul avval oyining 12-kuni Madinaga kirib boradilar. Xijrat 15 kun davom etadi. Rivoyatlarga kо‘ra xijrat haqidagi fikr paygambarimiz xotirasi Muharram oyida tug’ilgan, shuning uchun Hijriy yil boshi Muharram oyining birinchi kunidan , ya’ni xijrat sodir bо‘lganidan 56 kun hisoblanishi qonunlashtirilgan. 8 sentabrdan orqaga sanalib 56 kun chiqarib tashlansa, Muharram oyining birinchi kuni Milodiy 622 yilning 16 iyul juma kuniga, aniqrogi 15 iyuldan 16 iyulga (payshanbadan jumaga) о‘tar kechasiga tо‘gri keladi. Musulmonlarda kunning almashuvi chegarasi tun oqshomi hisoblanadi. Xijratdan о‘n yetti yil о‘tgach, milodiy 638 yilda halifa Umarning buyrugi bilan mana shu xijrat vaqti – birinchi Muharram (milodiy 622 yil 16 iyulga tо‘gri keladi) musulmon yil hisobining boshi deb e’lon qilinadi. Mana shu yil hisobi “Hijriy yil hisobi” deb yuritiladi. Hijriy yil hisobi ikki usulda olib boriladi: 1. Hijriy qamariy yil hisobi; 2. Hijriy shamsiy yil hisobi. Hijriy qamariy yil. Buni arab yilnomasi, Muhammad alayxis-salom yilnomasi deb ham yuritiladi. Qamariy (qamariya) sо‘zi arabcha qamarun, ya’ni Oy sо‘zidan olingan bо‘lib, yil hisobi Oyning Yer atrofida bir marta aylanib chiqishh davriga ketgan vaqt birligiga asoslangan. Ma’lumki, Oy yangi kо‘ringan nuqtasidan siljib, yana о‘sha nuqtasiga – Quyosh qarshisiga kaytib kelishi uchun ketgan vaqt – sinodik Oy davri 29 kun 12 soat 44 daqiqa 2,9 soniyaga teng. Kalendarda yaxlitlikni ta’minlash uchun oy kunlari shartli ravishda 29 va 30 kunlik qilib olingan. Mana shunday hisobda bir yilda Oy Yer atrofini 12 marta aylanib chiqadi va bunga 354 kun ketadi. Ammo Oyning bu kalendariy davri bilan uning sinodik davri (29.12.44.2,9.) orasida tafovut bо‘lib, kalendariy oy sinodik oy davridan ortda qolib boradi. Shu sababli kalendariy yil 354 kundan, sinodik oy yili 354, 367 kundan iborat bо‘ladi. Oradagi bu farq har 30 yilda 11,013 kunni Tashkil qiladi. Mana shu ortib qolgan 11 kun 30 yillik davrning 11 yiliga (2,5,7,10,13,18,21,24,26,29) kabisa (355 kunlik), qolgan 19 yili oddiy (354 kunlik) tarzida hisoblanadi. Yil kabisa yoki oddiy ekanligini bilish uchun uni 30 ga bо‘lamiz. Agar bо‘lishdan qolgan qoldiq vuqoridagi 11 raqamdan biriga tо‘gri kelsa, о‘sha yili kabisa bо‘ladi, qolgan yillar oddiydir. Masalan: 1417 Hijriy qamariy yil oddiy yoki kabisa ekanligini bilish uchun uni 30 ga bо‘lamiz. 1417 : 30 = 47,7, qoldiq 7. Vuqorida qayd etilgan 11 yilning uchinchisiga teng. Demak, 1417 Hijriy qamariy yil kabisa (355 kunlik) yil ekan. Musulmon qamariy kalendari bо‘yicha yil о‘n ikki oyga bо‘linadi. Qamariy yil oylari fasllar bо‘yicha qishdan kuzga, kuzdan yozga, yozdan baxorga va baxordan qishga qarab doimo siljib boradi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling