Xronologiya va metrologiya” fanidan O`quv uslubiy majmua


burjning eski turkiycha, arabcha, о‘zbekcha nomlari


Download 1.14 Mb.
bet62/84
Sana29.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1140072
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84
Bog'liq
2012-13.1-к. Хронолог.

12 burjning eski turkiycha, arabcha, о‘zbekcha nomlari.

Fasllar

Eski turkiycha atalishi

Arabcha atalishi

О‘zbekcha atalishi

Hisobga kо‘ra

Baxor

Qо‘zi
Ud
Erandiz

Hamal
Savr
Javzo

Qо‘y
Sigir
Egizak qiz

22 mart – 21 aprel
22 aprel – 21 may
22 may – 21 iyun

Yoz

Kuchuk
Arslon
Bukboy boshi

Saraton
Asad
Sunbula

Qisqichbaqa
Arslon
Boshoq

22 iyun – 21 iyul
22 iyul – 21 avgust
22 avgust – 21 sentabr

Kuz

Ulug
Chazan
Yoy

Mezon
Akrab
Qavc

Tarozi
Chayon
Yoy

22 sentabr – 21 oqtabr
22 oqtabr – 21 noyabr
22 noyabr – 21 dekabr

Qish

О‘kloq
Kо‘nak
Baliq

Jadiy
Dalv
Xut

Tog’ echkisi
Qovg’a
Baliq

22 dekabr – 21 yanvar
22 yanvar – 21 fevral
22 fevral – 21 mart

Hijriy shamsiy yil hisobidan dehqonchilik, chorvachilik, umuman xо‘jalik yuritish, kundalik, mavsumiy, amaliy tadbirlarni rejalashtirish, ishlarni vaqt – fursati, kezi, mavsumiga qarab asosli va tо‘g’ri yо‘lga qо‘yish amallarida foydalaniladi.


Musulmonlar yil hisobiga e’tibor berganligimizning yana bir sababi mamla- katimiz kutubxonalarida 20 mingdan ortiq turli fanlarga oid kо‘lyozma, bitiklar saqlanib, ularda kо‘rsatilgan sanalar, yillar biz о‘ylaymizki, Hijriy yil hisobida qayd etilgan. XX asrning 20-yillariga qadar Markaziy Osiyoda shu hisob davlat ishlarida ham amal qilgan. О‘z о‘tmishi bilan qiziqqan har bir inson bularni bilishi kerak.
Hijriy yil hisoblari.
Mustaqilligimiz sharofati-yu, ajdodlarimiz merosiga an’anaviy xurmat tufayli madaniy yodgorliklarimizni о‘rganishga kiziqish ortib boryapti. Moziydagi shoir va mutafakkirlarimiz asarlari yoshlarni odobli va xalol qilib tarbiyalashda, madaniyatimiz taraqqiyotini ildamlashda hali kо‘p xizmat qila olishi shubxasiz.
Ma’lumki, eski о‘zbek yozuvi hozirgi yozuvdan farq qilishidan tashqari avval kо‘llangan kalendar-hijriy yil hisobi hozirgi Grigoriy kalendariga asoslangan milodiy yil hisobidan boshqa edi. Grigoriy kalendari asosida quyosh yili – yer quyosh atrofida bir marta tо‘la aylanib chiqishh davri bir yil degan kelishuv yotadi. Quyosh yili taxminan 365 kun, aniqroq olganda 365,2422 kundan iborat. XX asr boshlarigacha bizda qо‘llanib kelingan kalendar esa oy yiliga – oy yer atrofida 12 marta aylanib chiqishi davrini bir yil qabul qilishga asoslandi. U taxminan 354 kun aniqrogi 354,3671 kundan iborat. Bundan tashqari Hijriy yil hisobining boshi milodiy 622-yilning 16-iyuliga tо‘gri keladi.
Tabiiy eski о‘zbek yozuvidagi kitoblarda barcha sanalar faqat Hijriyda berilgan.
О‘quvchilarimiz xhkmiga yil aylantirishning yanada osonroq variantini havola qilamiz.
Yil aylantirishning yanada osonroq variantini havola qilamiz.
Masalan Hijriy qamariy 1433- yilni milodiyga aylantirish. Bu uch amal bilan bajariladi:
1.Hijriy qamariy 1433 yilga 622 qо‘shiladi, 1433+622=2055.
2. Hijriy qamariy 1433 yil 33 ga bо‘linadi, 1433:33= 43.
3.Birinchi amal natijasidan (2055) ikkinchi amal natijasi (43) olib tashlanadi,2055-43=2012. Chiqqan natija 2012 milodiy yil.
Milodiy 2012 yilni hijriy qamariyga aylantirish.
1.Milodiy yildan (2012) 622 ayiriladi, 2012-622=1390
2.Birinchi amaldan chiqqan (1390) natija 32 ga bо‘linadi, 1390:32=43
3.Ikkala amal natijasi kо‘shiladi, 1390+43=1433 yil hijriy qamariy yil.
Masalan 1390-hijriy shamsiy yilni milodiyga aylantirish.
Hijriy yilga (1390) 622 qо‘shiladi, 1390+622=2012. Demak hijriy shamsiy 1390 yil 2012 yilga tо‘g’ri keladi.
Milodiy 2012-yilni hijriy shamsiy yilga aylantirish. Buning uchun milodiy (2012) yildan 622 ni ayirish kerak, 2012-622=1390. Demak, 2012 milodiy yil 1390 Hijriy shamsiy yilga tо‘gri keladi.
1433-Hijriy qamariy yilni Hijriy shamsiy yilga aylantirish.Hijriy qamariy yildan (1433) shu qamariy yilni 33 ga bо‘lishdan chiqqan natija ayiriladi, 1433:33= 43; 1433-43=1390. Demak, 1433 Hijriy qamariy yil 1390 Hijriy shamsiy yilga tо‘g’ri keladi.
1390-Hijriy shamsiy yilni qamariy yilga aylantirish.Hijriy shamsiy (1390) yilga shu yilni 32 ga bо‘lishdan chiqqan natija qо‘shiladi, 1390:32=43; 1390+43=1433. Demak,1390 Hijriy shamsiy yil 1433 Hijriy qamariy yilga tо‘g’ri keladi.
Biz hozir:2012 milodiy,1433 Hijriy qamariy,1390 hijriy shamsiy yilda yashamoqdamiz.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling