Xronologiya va metrologiya” fanidan O`quv uslubiy majmua
Download 1.14 Mb.
|
2012-13.1-к. Хронолог.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi Misr kalendari.
Qadimgi Yunon, Misr, Bobil va rimliklar kalendarlari.
1.Qadimgi grek kalendari. Qadimgi yunonlar о‘z yil hisoblarini oyga asoslanib olib borganlar. Qadimgi Yunonistonda kalendarlar dastlab eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning boshlaridan tuzila boshlagan. Bu yerdagi har bir shahar – davlat о‘zining kalendar tizimiga ega bо‘lgan. Bu kalendarlar bir tomondan, bir-biridan birmuncha farqlangan, ularning har biri о‘z xususiyatiga ega bо‘lgan, ikkinchi tomondan esa, ular umumiy о‘xshashlikka ham ega bо‘lgan. Qadimgi yunonlar kalendarida yil 12 oyga bо‘linib, yangi yil esa yozgi quyosh turishidan keyingi birinchi oy tugilishidan boshlangan. Kalendar yillarining yil fasllari bilan aloqadorligini saqlab turish maqsadida har bir shahar xukmdorining maxsus qarori bо‘yicha goxi-goxida 13-oy qо‘shib borilgan. Eramizdan oldingi 539 yili Afina xokimi Solon vavilonliklar tajribasidan foydalanib, sakkiz yillik siklni belgilaydi. (3 yil 2,5 va 8 yillar – kabisa, 13 oydan, qolgan 5 yil esa – oddiy, 12 oydan). Bu kalendar ham unchalik aniq bо‘lmagan va uni butun Yunonistonda qabul etishgan, deyish qiyin. Eramizdan avvalgi 432 yilda yunon astronomi Meton qamariy oy va shamsiy yillar о‘rtasida bog’liqlik mavjudligini aniqladi. U xitoylar kashfiyotidan butunlay bexabar xolda, mustaqil 19 shamsiy yil 235 qamariy oydan iborat ekanligini aniqladi. Uning isbotlashicha, Oyning xoxlagan bir fazasi har 19 yilda bir marta shamsiy yilning ma’lum bir kuniga tо‘gri keladi. Meton tuzgan kalendarga kо‘ra, har 19 yilning 7 tasi 13 oylik, qolgan 12 tasi esa 12 oylik yil deb hisoblangan. Bu 19 yillik qamariy sikl Meton sikli deb nom olgan. Shunday qilib, qadimgi yunonlar vaqt hisobida avval qamariy kalendardan foydalanganlar; uni keyinchalik yil fasllariga moslashtirishgan. Natijada ularning qamariy kalendari qamariy – shamsiy kalendarga aylangan. Qadimgi Misr kalendari. Qadimgi shamsiy kalendarlardan biri er.av. taxminan tо‘rt minginchi yillarda Misrda yaratilgan. Nil soxilida joylashgan Misr о‘sha vaqtlarda dunyodagi eng rivojlangan va qudratli davlat edi. Misrliklar kalendari kishilarning mexnat va ijtimoiy faoliyati tufayli tabiiy, mavsumiy kalendari zaminida yaratilgan. Qadimgi Misrning butun xо‘jalik hayotida Nil asosiy rol о‘ynagan. Nil suvining toshishi bilan mamlakatdagi barcha dehqonchilik ishlari bog’liq bо‘lgan. Shuning uchun misrliklar yangi yilni Nil toshqinidan boshlab hisoblashgan. Toshqinning boshlanish vaqtini esa misrliklar osmondagi Sotis yulduzi yordamida aniqlashni о‘rganganlar. Nilning toshishini va uning xabarchisi Sotisning osmonda birinchi marta paydo bо‘lishini kutish vaqtni – aniqrog’i kunlarni hamda yillik tabiiy mavsumlarni hisoblash extiyojini keltirib chiqardi. Shunday qilib, misrliklar osmonda Sotisning birinchi marta ertalab kо‘rinishigacha о‘tgan kunlarni hisoblashni о‘rgandilar. Bu kunlar tashkil etgan vaqt ayni vaqtda Nilning ikki toshqini о‘rtasidagi, shuningdek, ikki yozgi Quyosh turishi о‘rtasidagi vaqt edi. Bu vaqt - qadimgi misrliklarning yili edi. Bu yil Sotis, Nil va Quyosh yili edi. Misrliklarning birinchi tabiiy kalendari ana shunday yaratilgan. Shu bilan birga bu kalendar vaqtni tropik yillar bо‘yicha hisoblash, ya’ni Quyoshning bir turish xolatidan ikkinchi ana shunday xolatigacha bо‘lgan vaqtni hisoblash usulidan iborat bо‘lgan. Bu о‘z navbatida shamsiy kalendar edi. Misrliklar kalendari nixoyatda oddiy va qulay bо‘lgan. Unda Oy xech qanday rol о‘ynamagan. Bu kalendarga kо‘ra yil 360 kundan iborat, u 12 ta teng oyga bо‘lingan. Har bir oy 30 kundan iborat bо‘lgan. Bu kalendar oylarining kо‘pchiligi turli xududlarga bag’ishlangan va shuning uchun bu oylar shu xududlar sharafiga nomlangan. Abu Rayxon Beruniy bu kalendar haqida shunday yozadi: “Qibtiylar”, ya’ni qadimgi misrliklar boshqa biror millatning haftani ishlatishda eronlik, sugdlik va xorazmliklarga ergashgani bizga ma’lum emas. Chunki qibtiylar, biz vuqorida aytgandek, to mamlakatni Ag’ustus ibn Yuujis (Rim imperatori Avgust er. av. 30 yildan - eramizning 14 – yili) egallaganicha о‘ttiz kunni nom - banom ishlatganlar. (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”). Har bir oy 10 kundan iborat bо‘lgan katta haftaga va har biri 5 kundan iborat bо‘lgan oltita kichik haftaga bо‘lingan. Yil har biri tо‘rt oydan iborat 3 ta faslga ham bо‘lingan edi. Ular Nil toshish, urug’ qadash va yig’im-terim mavsumlaridan iborat bо‘lgan. Misr qоhinlari Sotis yulduzining chiqishhini kuzatishni yana kо‘p yillar davom ettirib, shamsiy yilining uzunligini aniqlashga va uni 365 kundan iborat, deb belgilashga muvaffak bо‘lganlar. Quyosh yilining bu kо‘shimcha besh kuni yilning xech qaysi oyida qо‘shilmagan. Beruniy yana davom ettiradi: “Qibtiylar ortiqcha besh kunni abug’amno” deb ataydilar. Bu sо‘zning tarjimasi “kichik oy” demakdir. (neomeniya), 12 oyning hammasi avvalgidek 30 kundanligicha saqlanib qolingan. U qо‘shimcha kunlarni misrliklar yil oxirida xudolarning tug’ilgan kunlari sifatida bayram qilganlar. Demak, Misr kalendarining hamma yillari bir xil vaqtda , bir xil uzunlikka ega bо‘lgan: ularning hammasi 365 kundan iborat bо‘lgan. Bunday kalendar yili avvalgi 360 kunlik yilga karaganda tropik yilning haqiqiy uzunligiga juda ham yaqin edi. Shunday qilib, eramizdan 4 ming yil mukaddam misrliklar yil uzunligini 365 kun deb belgilashgan. Bu о‘sha vaqtdagi Misr astronomiya fanining juda katta yutugi edi. Misrliklarning kalendar yili haqiqiy tropik yildan atigi chorak kun farq qilgan edi, xolos. Lekin, hisob, bari bir tо‘gri emas edi. Har yildagi xato 6 soatni Tashkil etardi. Ana shu xato tufayli misrliklarning yuz yili davomida quyosh turishi kalendarga nisbatan 24 kun, ming yilda esa 8 oy va yana 2 kun oldinga о‘tib ketgan bо‘ladi. Natijada Misrliklarning yangi yili (tut oyining birinchi kuni) asta - sekin boshqa barcha oylarga ham tо‘gri kelib borardi. Shuning uchun misrliklar yili keyinchalik “sayoq”, kо‘chib yuruvchi yulduz deb nom olgan. Misrliklarning kalendar yili tropik yildan deyarli soat (ya’ni 0, 25 kun) qisqa bо‘lganligi sababli Sotis yulduzining ertalabki birinchi kо‘rinishi har tо‘rt yilda rosa bir sutkaga kechiqar edi. Bunday farq 120 yilda bir oyni tashkil etardi. Shuning uchun Misr kalendari bо‘yicha quyosh turish kuni borgan sari keyingi oylarda, yilning boshlanishi esa tobora keyingi fasllarda (avval baxorga, sо‘ng qishga, kuzga, yozga va yana baxorga) tо‘gri kelib borgan. Kalendar yilining boshlanishi 1460 yilda hamma fasllarni bir marta aylanib chiqadi yoki tropik yil bilan kalendar yili о‘rtasidagi xato 1460 yilda bir yilni tashkil etadi. (365x4=1460). Ana shuncha vaqt ichida Misr kalendari bо‘yicha 1461 yil о‘tgan bо‘ladi. Shu davrdan boshlab yangi yilning boshlanishi, yana Sotisning ertalabki birinchi kо‘rinishi va yozgi Quyosh turishi kuniga tо‘gri keladi. Sotisning har tо‘rt yilda bir kun kechiqib chiqishhini misrliklar sezmagan, deyish notо‘gri. Har tо‘rtinchi yilga bittadan kо‘shimcha kun kо‘shib borilsa, vaqt hisobi Quyoshning harakati bilan, tabiiy fasllar bilan muvofiqlashgan, kalendar yilining “sayoqligi” tugatilgan va kat’iy shamsiy kalendar belgilangan bо‘lardi. Biroq Misr kalendari islox qilinmagan. Bunga qadimgi misrliklarning diniy qarashlari tо‘sqinlik qilgan. Ular о‘z kalendar yillarining haqiqiy tabiiy yildan qisqaligini bilishgan. Lekin ular о‘z xududlariga avvaldan belgilangan vaqtlarda Qurbonlik qilib, bayram qilishardi; ana shu bayramlar yilning doim ma’lum bir vaqtga tо‘gri kelmay, balki hamma oylarga tо‘gri kelib turishini va shu yо‘l bilan butun yilning, barcha oylarining muqaddas bо‘lishini istashgan. Shuning uchun diniy tasavvurdan kelib chiqib fir’avnlar taxtga о‘tirib о‘z yil hisoblarini о‘zlashtirmaslikka, unga kо‘shimcha kunlar kо‘shmaslikka kasamyod qilar edilar. Mavzu Misr kalendari tarixi, Nil daryosi haqida ketar ekan, buyuk vatandoshimiz Axmad Kasir Farg’oniyning Misrda Nil daryosi suvini о‘lchaydigan asbob yasaganligini aytib о‘tish lozim. Evergetning amalga oshmagan islohoti. Deyarli yuz yil mukaddam 1866 yili arxeologlar Nil soxilidagi Kanop shaxrining qadimiy ibodatxonasi qoldiqlarini kovlash vaqtida bir toshtaxtaga duch keldilar. Unga Misr iyerogliflari bilan va ustiga yunoncha qilib yozilgan kо‘p ming yillik qadimgi Misr tarixining sо‘ngi davriga tegishli, kalendar tarixi uchun ham ahamiyatli hujjat ekan. Ulkan Misr davlatini forslar zabt etadi, sо‘ng u Aleksandr Makedonskiy davlatining tarkibiga о‘tadi. Eramizdan avval 331 yili Kanop yaqinida barpo etilgan shahar mashxur lashkarboshi sharafiga Aleksandriya (Iskandariya) deb ataladi. Piramidalar mamlakatiga esa Aleksandr Makedonskiy lashkarboshilardan birining nomi bilan ataluvchi yangi hukmdorlar sulolasi - Ptolemeylar sulolasi boshlanadi. Aleksandriya Misrning poytaxti va butun qadimgi dunyoning madaniy, savdo va ilm - fan markaziga aylanadi. Misr astronomlaridan biri podsho Ptolemey III Evergetga Misr kalendari tuzatishni Quyosh yilidan farqlanmasligi uchun uni “sayoq” kalendardan doimiy, kо‘zgalmas kalendarga aylantirishni taklif qiladi. Taklif Evergetga ma’qul tushadi. U Kanopdagi ibodatxonaning katta toshtaxtasiga о‘z farmonini о‘yib yozuvni buyuradi. Bu farmonni tarixchilar Kanop dekreti deb atashgan. Eramizdan avvalgi 238 yil 7 martda yozilgan bu dekretda shunday deyilgan edi: “Sotis yulduzi har tо‘rt yilda bir kun oldinga о‘tib ketayotir. Shuning uchun yozgi bayramlar qishki oylarga tо‘gri kelib qolmoqda. Bundan keyin ham shunday xodisa takrorlanmasligi uchun bundan buyon har tо‘rt yilda beshta kо‘shimcha kundan keyin va yangi yil oldidan yana bitta kо‘shimcha, 366 - kun kо‘shib borilsin. Shu paytdan boshlab yil vaqti hisobidagi avvalgi kamchiliklarning podsho Everget tomonidan yaxshilab tuzatilganligini hamma bilsin”. Evergetning bu farmoni aslida kalendar tuzumiga kabisa yilini joriy etish yо‘lidagi birinchi о‘rinish edi. Agar mazkur dekret amalga oshirilsa misrliklar yilining о‘rtacha uzunligi 365, 25 kunni Tashkil etgan bо‘lur edi. Xuddi ana shuncha vaqt oradan yana ikki asr о‘tganidan keyin dunyodagi boshqa bir mamlakatda joriy etilgan unliy kalendarining bir yiliga roppa - rosa teng bо‘lgan. Biroq bu kalendar islohoti ruxoniylarning qarshiligi tufayli о‘z vaqtida hayotga tadbiq etilmay qolgan. Qadimgi Misr kalendar yili “adashilgan yil” sifatida yana kо‘p yillar saqlanib turgan. Evergetning Kanop dekretidan sо‘ng ikki yuz yildan ziyod vaqt о‘tgan, Misr yana chet elliklar tomonidan zabt etiladi. Bu safar Misr rimliklar qо‘liga о‘tdi. Rim imperatori Avgust eramizdan avval 26 yili Aleksandriyada xuddi Everget taklif qilgan kalendarni joriy etadi. Bu tuzatilgan Misr kalendari juda oddiy, sodda foydalanish uchun nixoyatda kulay kalendar edi. Bu kalendar bо‘yicha yil 30 kunlik bir - biriga teng 12 ta oydan va 5 ta yoki 6 ta (kabisa yillarida) kо‘shimcha kundan iborat. Yil hamisha tо‘rt oyning 1 kunidan boshlanadi. Bu ajoyib Aleksandriya kalendari afrikalik xristianlar - misrlik koptlar va efiopiyaliklar orasida xanuzgacha saqlanib qolgan. Bu kalendar Hozir ham barcha mavjud kalendarlar orasida eng yaxshi, eng mukammali va eng kulayi hisoblanadi. Insoniyat tarixida jami 200 dan ortiq kalendarlar ishlatilgan. Hozirgi kalendar unchalik mukammal bо‘lmagan kalendar bо‘lib, qadimgi rimliklardan meros qolgandir. Misrliklar kalendari ijod vaqt davomida oy va yil kunlari bir xil mikdorga ega bо‘lgan. U keyingi barcha shamsiy kalendarlarga asos bо‘lib xizmat qilgan. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling