Xronologiya va metrologiya
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metrologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Vaqt hisobi usullarining paydo bo’lishi va taraqqiyoti. TAYANCH SO’ZLAR
- ADABIYOTLAR
2-Mavzu: VAQT HISOBI REJA: 31
2. Vaqt hisobining bosh birliklari: sutka, oy, yil. 3.Vaqt hisobi usullarining paydo bo’lishi va taraqqiyoti. TAYANCH SO’ZLAR:
Dunyo xalqlarining vaqt o’lchashdagi asosiy birliklari, quyosh sutkasi, yulduz sutkasi, quyosh harakatlanishi, taqvim tushunchasi, uning vujudga kelishi, tabiat hodisalari bilan bog'liqligi, taqvim turlari, Oy taqvimi, oy-quyosh taqvimi va quyosh taqvimlari va hokazolar.
1.
Karimov I.A – “Yuksak ma'naviyat - yеngilmas kuch”. Toshkеnt, 2008. 2.
Karimov I.A - “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. T, Sharq, 1998. 3.
Karimov I.A - “O`zbеkiston mustaqillikka erishish ostonasida”. 2011 4.
A.P.Pronshteyn, V.YA.Kiyashko - “Xronologiya”. M.1981. 5.
A.P.Pronshteyn, V.YA.Kiyashko – “Vspomogatelno'e istoricheskiye dissiplino”. M. 1973. 6. V.B.Kobrin, G.A.Leontyeva, P.A.Shorin - “Vspomogatelno'e istoricheskiye dissiplino”. M. 1984. 7.
Z.U.Choriyev . Ioffe - “Xronologiya va metrologiya”. T.1999 yil. 8.
N.V. Volodomonov – “Kalendar: o’tmishda, hozir, kelajakda”. T. 1976. 9.
E.Bikerman. “Xronologiya drevnego mira. Blijniy Vostoq i antichnost”. M. 1976. 10. A.Narziqulov - “Dehqon taqvimi” T.1991. 11. O.Mo’minov - “Qiziqarli geografiya”, Toshkent 1978 yil, 12. I.A.Klimishin - “Kalendar i xronologiya”. M. 1985., 13. YE.I.Kashniyeva – “Xronologiya”.M.1967y 14. E.Bikerman – “Xronologiya drevnego mira”, M.1978. 15. “Qadimgi Gretsiya va Rim tarixi”. TYU 1970. 16. Z.U.Choriyev va Ioffe – “Xronologiya va metrologiya”. T .1999. 17. Z.Rahmonqulova – “Xronologiya”. 2008. 18. O.Rahmatullayeva, J.Salomov – “Xronologiya”. 2012. 19. F.Yormatov – “Xronologiya va metrologiya” – O`quv-uslubiy majmua. Termiz 2015.
V aqt haqidagi tasavvur odamlarda ijtimoiy taraqqiyotning ilk bosqichlarida ma'lum tabiat hodisalariga bog'liq holda paydo bo’lgan hamda
32
xo’jalik ehtiyojlari vaqt birliklarini va uning hisobini o’rnatish zaruratini keltirib chiqargan. Odamlar doimo vaqt oqimini qabul qilganlar, kun va tun almashinuvining o’zgarishidan farqlay olganlar. Biroq maxsus vaqt hisobi va uni dalillar asosida qabul qilishgan faqat taraqqiy etgan jamiyatda, ya'ni dehqonchilik, chorvachilik, savdo va dengizda so’zishning vujudga kelishi bilan rioya qilishgan. “Quyosh chiqdi”, “quyosh tepaga ko`tarildi”, “quyosh botdi” degan iboralarga odatlanib qolganmiz. Aslida quyosh chiqib botmaydi. quyoshning osmondagi ko’rinma harakati, tun bilan kunning almashinib turishining asosiy sababi - yerning g'arbdan sharqqa qarab 24 soatda bir marta o’z o’qi atrofida aylanib chiqishidir. Yer sharining o’z o’qi atroyafidan 24 soatga to’liq bir aylanib chiqadigan vaqtiga sutka deyiladi. quyosh bir sutka davomida yer sharining hamma tomonini bir yo’la yorita olmaydi. U navbat bilan yerning goh bir tomonini, goh ikkinchi tomonini yoritadi. Yerning aylanib quyoshga qaragan tomonida kun, quyosh nuri tushmay turgan tomonida tun bo’ladi. Yerning sutkalik harakati natijasida kun bilan tun chegarasi yer satxi bo’ylab g'aringa tomon siljiydi. Shuning uchun har 12 soatda yer sharining manzarasi o’zgaradi: quyosh tepamizda turgan joyda 12 soatdan keyin yarim kecha bo’ladi. Bir sutka necha soat? Bu savolga ko’pchilik hech ikkilanmay, qat'iy ishonch bilan 24 soat deb javob beradi. Bu to’g’ri javobmi? Yo’q, albatta. Yer o’z o’qi atrofidan 24 soatda emas, balki 23 soat 56 minut 4 sekundda bir marta aylanib chiqadi. Bu vaqt yulduz sutkasi deb yuritiladi. Yulduz sutkasining boshlanishi yil davomida turli vaqtlarga to’g’ri keladi, insonning hayoti, yerning tabiati yulduzdan ko’ra quyoshga ko’proq bog'liq. Shuning uchun insonlar quyosh vaqtiga amal qiladi. Haqiqiy quyosh vaqti yulduz vaqtidan farq qiladi. Ikki tush payti oralig'idagi vaqt (quyosh sutkasi) Yerning o’z o’qi atrofidan aylanib chiqish vaqtiga (yulduz sutkasiga) nisbatan bir necha minut uzunroq edi. Oy yer atrofini 27,3 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Oy o’z orbitasida bir nuqtadan chiqib yana shu nuqtaga qaytib kelishi uchun ketgan vaqt siderik oy deb yuritiladi (siderik oy yulduzga nisbatan hisoblanadi). Oyning bir xil fazasi takrorlanishiga ketgan vaqt esa 29,5 sutkani tashkil etadi. Bu vaqt sinodik oy deb yuritiladi (sinodik oy yerga nisbatan hisoblanadi). Siderik oy muddati bilan sinodik oy muddati bir-biridan farq qiladi. Oy o’z o’qi atrofida 27,3 sutkada aylanib chiqsa ham yerdan ko’rinadigan bir xildagi ikki fazasi oralig'idagi vaqt 29,5 sutkaga teng bo’ladi. Demak, bir oy 29,5 sutkani tashkil etadi. Yer asosan ikki xil harakatlanadi: o’z o’qi atrofida (sutkalik harakat) va Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling