Xronologiya va metrologiya
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metrologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 940 mln. km
- 149,5 mln.km
quyosh atrofida (yillik harakat). Yerning o’z o’qi atrofidagi sutkalik harakati
natijasida kun va tun vujudga kelsa, yillik harakati natijasida yil fasllari vujudga keladi. Yerning quyosh atrofidagi yillik harakat yo’li uning orbitasi deb ataladi. Yer orbitasining uzunligi 940 mln. km. Yer bu yo’lni o`rta hisobda soatiga 1070 kilometr (yoki sekundiga 29,8 km) tezlikda bosib o’tadi. Bu tezlik artilleriya 33
o’qining uchish tezligidan o’n baravar katta. Yer ana shunday tezlik bilan quyosh atrofini 36,5 kun 5 soat 48 minut 46 sekundda aylanib chiqadi. Yerning quyosh atrofidan bir marta to’la aylanib chiqishiga ketgan vaqt (365 kun-u 6 soat) yil deb ataladi. Yil fasllarining almashinuviga Yerning quyosh atrofidan aylanishi va yer o’qining orbita yuzasiga - tekisligiga nisbatan og'ishganligiga sababchidir. Yer o’qi orbita tekisligiga nisbatan 66, 30 burchak tashkil etadi. 21-mart kuni kun bilan tun chegarasi ikkala qutbdan o’tgan, ya'ni sayyoramizning har ikkala yarim sharida kun bilan tunning o’z o’nligi bir-biriga teng. Quyosh nuri shu kuni, ya'ni 21-martda ekvatorga tik tushadi, yer o’qiga nisbatan to’g’ri burchak hosil qiladi. Tush paytida quyosh tik tepamizda bo’ladi, shu kuni yer quyoshga nisbatan shunday vaziyatni egallaydiki, quyosh nuri shimoliy va janubiy yarim sharlarga bir tekisda tarqaladi. Quyosh o’zining bizga ko’rinadigan yo’lining tepa yarmida ufq tepasida, ikkinchi yarmini esa ufq tagida, ya'ni yer sharining bizga nisbatan orqa tomonida bosib o’tadi. Faqat shu kuni quyosh haqiqatan ham sharqdan chiqib g'aringa botadi. Mart oyida sayyoramizning shimoliy yarim sharida bahor, janubiy yarim sharida kuz bo’ladi. 22-martdan boshlab kunlar uzayadi va tunlar qisqara boshlaydi. quyosh shimoli-sharqdan chiqib shimoli-g'aringa bota boshlaydi. Kunning uzayishi va tunning qisqarishi 22-iyunigacha davom etadi. 22-iyunda sayyoramizning shimoliy yarim shari quyoshga qaragan bo’ladi, shu tufayli bu yarim shar janubiy yarim sharga nisbatan quyoshdan ko’proq yorug'lik, issiqlik oladi. Demak, shimoliy yarim sharda yoz boshlanadi, kunlar uzun, tunlar qisqa bo’ladi, ekvatordan janubda, ya'ni janubiy yarim sharda esa qish kiradi va kunlar qisqa, tunlar uzun bo’ladi. 23-sentabr yer sharida yil fasllarining taqsimlanishi jixatdan 21-martdan farq qiladi. 21-martda shimoliy yarim sharda bahor, janubiy yarim sharda kuz bo’lsa, 23-sentabr shimoliy yarim sharda kuz, janubiy yarim sharda kuz bo’ladi. 24- sentabrdan kunlar qisqarib, tunlar uzaya boshlaydi. quyoshning ertalab chiqishdan kechqurun botishigacha bosib o’tadigan yo’li qisqara boradi, qisqarish 22- dekabrgacha davom etadi. Demak, yerning o’qi quyosh atrofidagi aylanish yo’liga orbita tekisligiga nisbatan og'ishganligi natijasida yil fasllari almashinadi, quyosh atrofidagi yillik harakatning turli davrlarida yer yuzasining yoritilishi va isitilishidagi farqlar kelib chiqadi. Har kuni quyosh chiqadi va botadi. quyosh chiqishi ulug'vor, go’zal manzara, butun borliq, tabiat, barcha tirik mavjudot quyosh chiqishini tantana bilan kutib oladi.
Quyosh - osmondagi son-sanoqsiz yulduzlarning biri, yerga eng yaqin yulduz, quyosh ulkan yoritgich, qizigan gaz holidagi osmon jismidir. quyosh nuri har sekundda 300 000 km tezlikda tarqalib, yerga 8,5 minutda yetib kelsa, yerga yaqin turgan boshqa yulduzning nuri 4,5 yildagina yetib keladi. 34
Quyosh bilan yerning oralig'i 149,5 mln.km, bu masofaning kattaligini quyidagicha tushuntirish mumkin, yerda turib gapirgan odamning ovozi quyoshga 14 yildan keyin, kosmik raketa esa besh oyda yetib borishi mumkin. Quyosh o’z o’qi atrofidan 25 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Olimlarning fikricha, insonning sog'ligi, ruxiy holati, mexnat qobiliyati ko’p jixatdan quyoshning faoliyatiga bog'liq, xatto tabiiy ofatlar, baxtsizlik hodisalari va kasalliklar ham quyosh faoliyatiga bog'liqligi tajribalar yo’li bilan isbotlangan. Yerdan quyoshgacha bo’lgan masofa bizga ma'lum, ammo bu oraliq yil davomida o’zgarib turadi, yerning quyosh atrofida aylanadigan yo’li orbitasi ellips shaklida bo’lganligidan yer yil davomida quyoshga goh yaqinlashib, goh undan uzoqlashadi. 3-yanvarda yer quyoshga eng yaqin keladi, bu vaqtda O’rtasidagi masofa 147 000 000 km.ni tashkil etadi, keyin quyoshdan uzoqlasha boshlaydi, 5 iyunda yer quyoshdan eng uzoqda - 152 000 000 km. masofada bo’ladi. Yer sutka davomida ham quyoshga goh yaqinlashib, goh uzoqlashib turadi. Yanvardan iyulgacha biz quyoshga tush paytida yaqinroq kelsak, iyuldan yanvargacha kechqurun yaqinroq bo’lamiz. Oy yerning birdan bir tabiiy yo’ldoshidir. Oy diametri 3476 km bo’lib, yer diametridan deyarli 4 baravar kichik. Oydan yergacha bo’lgan masofa o`rta hisobda
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling