Xronologiya va metrologiya
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metrologiya
1.
Nisanu 30 2. Ayru 29 3. Sivanu 30 4. Duuzu 29 5. Abu 30 6. Ululu 29 7. Tashritu 30 8. Araxsamna 29 9. Kislivu 30 10. Tebetu 29 11. Shaabatu 30 12. Addaru 29
Oy nomlari bobilliklarning turmush tarzi bilan bog`liq edi. “Nisanu” – harakat qilmoq, qadam tashlamoq, “Ayru” – yorqin, yorug`, “Abu” – adovat, “Tashritu” – boshlanish, “Tebetu” – loyqa, “Shabatu” – vayronagarchilik (yomg`ir natijasida), “Addaru” – bulutli degan ma’nolarni bildirgan. Bobilliklar kalendardagi “baxtli va baxtsiz” kun tushunchasiga katta e’tibor bergan. Ularda dastlab besh, so`ngra, yetti kunlik haftalar bo`lgan. Yetti kunlik hafta “Hamushtu” deyilgan. Bobilliklar yarim kechani kunning boshlanishi deb hisoblaganlar, shuning uchun quyosh botgandan so`ng yangi oy ko`rinishi bilan oyning birinchi kuni boshlangan. Er.avv. 568-yilda Isroil Navuxodonosor tomonidan bosib olingandan so’ng bu yurtda Bobil kalendari va yil hisobi kiritilgan. Bobilliklar xukmronligiga qadar esa yaxudiylarda vaqt hisobining murakkab oy sistemasi keng tarqalgan edi. Yaxudiylar kalendarida yil 12 oydan va oylarning har biri 29-30 kundan iborat edi. Osmonda oy o’rog'inino (hilolning) paydo bo’lishini mamlakat aholisi karnay ovozi va olov gulxan yoqish bilan bir-birlariga ma'lum qilganlar. Bu laxza yaxudiylarda (rosh-xodesh) marosimi deb nomlangan, ya'ni bu yangi oyning tug'ilggani deganidir. Bundan tashqari hamma oylarning birinchi kuni, ya'ni sanasi va uzun oylarning 30 kuni nomlangan. Dastlab oylar sonlar bilan belgilangan, ya'ni ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi va xokazo. Faqat birinchi oy bahorning boshlanish ramzi bo’lgani uchun aviv deb nomlangan. Aviv boshoqlar (bug'doy, arpa, jo`xori boshoqlari) oyi deganidir. Keyinchalik Bobil kalendaridagi oy nomlari qabul qilingan va yetti kunlik xafta o’rnatilgan. Xaftaning birinchi kuni yAQSHanba hisoblangan, sutkalar esa soat oltidan, kechqurundan boshlangan. Oy 41
kalendaridagi yil 354 sutkadan iborat edi. Oyning rasmiy hisobi quyosh yili hisobiga muvofiq kelmagan. Natijada bu farqni yo’qotish uchun xokimlar zaruriyatga qarab yilga qo’shimcha oy qo’shganlar. Bunga muvofiq eramizning V asridagi oy kalendari oy-quyosh kalendari bilan almashtirilgan. Eramizning 499- yilidan faqat kabisa yillarida 19 yillik sikl bo’yicha, ya'ni greklar kalendaridek, qo’shimcha oy qo’shib borganlar. Bu oy 29 kundan iborat bo’lib, u 12 oyni takrorlagan va shuning uchun ikkinchi adar ( ya'ni, veadar) deyilgan, chunki 12 oy adar deb atalgan. Yildagi o’n ikki oy oddiy oylar, kabisa yilidagi 13 oy esa, embolistik oy deb atalgan. Yaxudiylarda oddiy va embolistik kalendar yili 3 xilda bo’lgan: qisqa yoki yetarli bo’lmagan, to’g’ri yoki qat'iy belgilangan, to’liq yoki keragidan ortiqcha. Oddiy yillar 353, 354, 355 kundan, kabissa yillari esa 383, 384, 385 kundan iborat bo’lgan. Yaxudiy yil hisobi “dunyoning yaratilishi”dan olib borilgan. Bu eramizdan avvalgi 7-oktabr, 3761-yilda qabul qilingan. Hozirgi kunda bu sana Isroilda “Odamdan boshlangan era” deb ataladi va u rasmiy jixatdan qabul qilingan. Mamlakatda Grigorian kalendaridan ham foydalanadilar. Yaxudiy kalendari oy nomlari quyidagicha:
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling