Xta 17/2 Xolmatova F. N seminar grammatika
Download 20.88 Kb.
|
7-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grammatika haqida tushuncha
- Morfologiya, so’z tarkibi. O’zak va negiz.
XTA 17/2 Xolmatova F.N Seminar -7. Grammatika Grammatika. Grammatika termini (grekchadan grammatike techne - yozuv san’ati) fanda ko`pincha ikki xil ma’noda qo`llanadi. Birinchidan, ushbu termin tilda mavjud bo`lgan ma’lum so`zlarni o`zga bir xil so`zlarga bir xilda solishtirish, turli so`zlarning bir xil o`zgarishi va turli gaplarni bir xilda ko`rish (ya’ni, so`zlarning o`zgarish ooidalari va gaplarning qurilish qoidalari) usullarini va vositalarini anglatadi. Ushbu ma’noda grammatika «grammatik qurilish» yoki «til grammatikasi» tushunchalariga monand keladi. Ikkinchidan, grammatik qurilishni, undagi mavjud usullar va vositalarni o`rganuvchi fanni grammatika deb ataladiki, ushbu usullar va vositalar evaziga til nutqning shakllanishi jarayonida so`zlarning solishtirilishini, ularning o`zgarishini va gaplar qurilishini qolipga soladi. Til grammatikasini tushunishda murakkablik va qiyinchilik tug`diruvchi muxim alomatlardan biri uning mavxumligi, abstraktligi xisoblanadi. Grammatika izlanadi va xususiylikdan umumiylikni, rang -baranglikdan bir xillikni, o`zgaruvchanlikdan barqarorlikni topadi. Grammatikaning ushbu alomati bilan tanishuv grammatik ma’no xususida muloxaza yuritish imkonini beradi.
Grammatika haqida tushuncha. Grammatika quyidagi turlarga bo`linadi: Umumiy grammatika. Falsafiy grammatika. Tarixiy grammatika. Qiyosiy grammatika. Tasviriy grammatika. Chog`ishtirma grammatika. Transformatsion grammatika. Dunyodagi barcha tillar mustaqil ma`noli so`zlarning strukturasi jihatidan 2 katta guruhga bo`linadi. Bu guruhdagi tillarda so`zlarni o`zak, negizlarga ajratishda ma`lum farqlar bor. 1- guruhdagi tillar Osiyo va Afrikada yashovchi xalqlarning tillari, turkiy tillar, ugor-fin tillarida qo`shimchalar o`zak yoki negizga to`g`ridan-to`g`ri qo`shiladi. 2-Guruhdagi tillar Hind-Evropa tillari, hom-som tillari, ingliz-nemis va arab tillarida grammatikani ifodalash jarayonida qo`shimchalar o`zak yoki negizga singib ketadi. O`zak negiz bilan qo`shimchalarning bunday birikib ketishi flektiv tillarga xosdir (Fleksiya lot. erib ketish). Morfologiya, so’z tarkibi. O’zak va negiz. Morfologiya ─ grammatikaning so`z shakl ma’nosi haqidagi sohasi bo`lsa, sintaksis grammatikaning so`z shakl vazifasi haqidagi sohasi sanaladi. Tilning asosiy ijtimoiy vazifasi aloqa - aralashuv, insonlar orasida fikr almashtirish vositasi bo`lganligi sababli sintaksisning o`rganish manbai bo`lgan gaplarda tilning barcha sathlarining - fonologiya va fonetikaning, leksika va semantikaning, morfemika va morfologiyaning birliklari voqelanadi, yuzaga chiqadi. Bu birliklardan har birini tilshunoslikning alohida-alohida bo`limlari o`rganadi. Lekin sintaksisning o`rganish manbai bo`lgan gaplarda barcha sath birliklarining belgilari jilvalanadi. Sintaksisda gap bo`laklari, ularning o`zaro sintaktik munosabatga kirish usullari va vositalari, so`z birikmasi va gaplar, ularning strukturasi, tiplari, gapdan katta birliklar o`rganiladi. Sintaksis grekcha “tuzilish” degan ma`noni anglatadi. Sintaksisda so`zlarning o`zaro bog`lanish yo`llari, bir-biri bilan aloqasi, munosabati so`z birikmasi; gap, gap bo`laklari va hokazo o`rganiladi. Download 20.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling