Xtmfmt va te bo’limiga qarashli umumta’lim maktabi o’qituvchisi ning


-MAVZU: BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH


Download 4.12 Mb.
bet17/20
Sana06.10.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1693567
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
5-sinf-tarbiyaviy-soat-konspekt

31-MAVZU: BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH









32-MAVZU: KITOBDAN YAXSHI DO’ST BO’LMAS

B a'zi-ba'zida quloqqa chalinib qoluvchi gaplar orasida ilm manbai bo‘lmish kitob mutolaasi bilan bog‘liq so‘zlarni ham eshitamiz. Necha asrlar osha zamonlar zalvorini ajdoddan avlodga yetkazayotgan, insoniyatni buyuk tamaddunlarga yetaklayotgan va uning shon-shuhratini o‘zida abadul-abad muhrlab kelayotgan kitoblarga nisbatan odamzotning bunday sust munosabati, albatta, aksariyat ziyoli kishilarni tashvishlantirmay qo‘ymaydi. Fan-texnika, avtomatika, informatika kabi sohalarning jadal taraqqiy etishi zamirida kitob mutolaasiga bo‘lgan ehtiyojning susayishini ayrimlar tabiiy hol tarzida qabul qilishadi, ular kitob insonga hamisha ham tirgak bo‘lolmasligi, u qachondir o‘z o‘rnini o‘zidan mukammalroq vositaga bo‘shatib berishi lozimligini va o‘sha "voris" mavjudligini ta'kidlab tolmaydi. Yana ayrim toifadagilar esa kitobdan voz kechishning iloji yo‘qligi, madaniyat, tarix va xayolot olamiga sayohat qilishda undan yaxshiroq manbani topib bo‘lmasligiga alohida urg‘u beradi. Bizningcha ham kitob hech qachon zamon va makon maslagiga, zayliga bosh egmaydi.


Quyida aziz gazetxonlarni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridagi eng yirik va qadimiy kutubxonalar bilan yaqindan tanishtirishga harakat qilamiz.
O‘zbekning kechmishi ko‘chgan nurxona...
1870 yilda tashkil topgan Toshkent xalq kutubxonasida dastlabki yillarda 1200 nomdagi 2200 jildlik qo‘lyozma va bosma kitoblargina bor edi. Ammo shunga qaramay, xalq kutubxonasi Markaziy Osiyo mintaqasida yagona va eng yirik tafakkur tarqatish o‘chog‘i bo‘lib kelgan.
Eng qimmatli yodgorliklar sifatida aynan Usmonli turk davrida ko‘chirilib, xon saroyidagi kutubxonada saqlangan "Usmon Qur'oni" (yaqindan boshlab poytaxtimizdagi Hastimom masjidida saqlanmoqda), N.I.Veselovskiyning Samarqand shahri va Go‘ri Amir maqbarasiga taalluqli ma'lumotlar bitilgan me'moriy yodgorligi, chorizm qo‘shinining yurtimizga bostirib kirib, o‘lkani talon-taroj qilganligidan guvohlik beruvchi hujjatlarni keltirib o‘tish mumkin.
1920 yilning may oyida Toshkent xalq kutubxonasiga Davlat kutubxonasi maqomi berildi. Oradan to‘rt yil o‘tgach, 1924 yil 26 dekabrda Turkiston davlat kutubxonasi O‘rta Osiyo kutubxonasi nomini oldi. Yana ko‘p o‘tmasdan, O‘zbek Davlat kutubxonasi degan atama ostida faoliyatini davom ettira boshladi.
1948 yilning may oyida kutubxona tarixida unutilmas voqea ro‘y berdi, Ikkinchi jahon urushi sababli orqaga surilib kelgan buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan muassasa nomi yana bir bor o‘zgartirildi: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek Davlat kutubxonasi! Bu o‘sha yillardagi o‘zbek xalqi, millati qo‘lga kiritgan eng katta yutuq edi. 1930 yildan deyarli 1956 yilgacha kutubxona uchun sho‘ro hukumatining "tashqi olam"dagi siyosiy holati tufayli xalqaro munosabatlar mavzusi "eshiklari" yopildi va tabiiyki, turkistonliklar faqat ruscha va mahalliy tilda chop etilgan kitoblarnigina qabul qilishga, kitobxonlarga tavsiya etishga majbur bo‘ldi. 70-yillarda esa aholining kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi oshdi va kutubxonadan boshqa joylardan ham kitoblarni topib o‘qish mumkinligini anglab yetdilar. Shuning uchun totalitar tuzum ma'murlari kutubxonada xalqaro munosabatlarning qayta tiklanishiga monelik qilolmadi va Bolgariya, Germaniya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Chexoslavakiya (hozirgi Chexiya va Slovakiya), keyinchalik AQSh, Frantsiya va Yaponiya singari davlatlardagi jahonga tanilgan kutubxonalar bilan "kitob almashtirish" borasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.


Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling