Xtmfmt va te bo’limiga qarashli umumta’lim maktabi o’qituvchisi ning


-MAVZU: Dunyoni go’zallik qutqaradi


Download 4.12 Mb.
bet2/20
Sana06.10.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1693567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
5-sinf-tarbiyaviy-soat-konspekt

2-MAVZU: Dunyoni go’zallik qutqaradi

Zamira shoshganicha uyga kirdi-yu, nimanidir shkafidan qidira boshladi.


Onasi uyda yo`q edi. Qizil gulli ko`ylagini topguncha ancha ovora bo`ldi. Oxiri qidiraqidira uni karavoti ostidan topdi. Shosha- pisha oynaga ham qaramasdan kiydi-da, ko`chaga yugurib chiqib ketdi. Bugun sinfdoshi Nargizaning tug`ilgan kuni edi. Dugonalari hammasi u yerga yig`ilishgan edi. Nargiza dugonalarini juda yaxshi kutib oldi. Onasi sovg`a qilgan ko`ylak unga juda yarashgan, hammaning unga havasi kelardi. Dugonalarining unga hayratomuz qarashayotganini sezib qoldi va ozining kiyimiga ahamiyat berib qaradi va negadir yuzlari qizarib, o`zini noqulay seza boshladi…
Hikoyani o`qituvchi sozlab bergach, o`quvchilar uni yakunlash uchun o`z fikrlarini bildiradilar.
Turli xil kiyimlar kiygan o`g`il va qiz bolalarning tasvirlari namoyish etish bilan mavzu yoritib boriladi.
Kiyimlar nimalardan tikiladi?
Ular bizga yetib kelguncha qanday bosqichlarni bosib o`tadi?
Qiz bolalar kiyimlari o`g`il bolalar kiyimlaridan farq qiladimi?
Qizlarning tor bichimli shim kiyishlari to`g`rimi ? degan savollarga javoblar olinadi.
Kiyimni yuvish, dazmollash, saqlash qoidalari amaliy tarzda ko`rsatib berish mumkin.
Demak, biz sizlar bilan kiyinish odobi haqida suhbatlashdik. Zamiraga o`xshab kiyimlarini har yerga tashlab ketish, dazmollanmagan, iflos holda kiyib yurish, insonni juda noqulay ahvolga solib qo`yishini bilib oldik. Maktabga doimo o`quvchilar kiyimida, mehmonga borganda toza vachiroyli kiyimida, sport to`garaklariga borganda sport kiyimida borishni, xatto suzish kiyimisiz hovuzlarda chomilish mumkin emasligini ham bilib oldik. Haddan tashqari uzun, yoki juda kalta, yoshlariga mos bo`lmagan bichimdagi kiyimni kiyish ham xunuk ko`rinishini yodda tutishimiz kerak. Kiyim tanlash va kiyishda albatta birinchi bo`lib onajonimizning maslahatlariga quloq tutishimiz kerakligini aytib, mashg`ulot yakunlanadi.

.
Neki so'rsak, berding barini,
Cheksiz osmon, yerning qa’rini,
Oyu quyosh xizmatimizda,
Ayamading har na borini.
Biz-chi, senga qildik xiyonat,
Bizni kechir, Ona tabiat.
Komil Sindarov
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deyiladi.
Ma’lumki, inson tabiatga beparvo, bo'lib unga g'amxo'rlik qilmasa, ekologiya buziladi, hayvonot dunyosi qiriladi.
Shu bois go'zal va betakror tabiatni ardoqlash uni ko'z qorachig'iday asrash, tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish ham farz ham qarzdir.
Insonning tabiatga notog'ri munosabati natijasida ko'plab o'simlik va hayvonlar yo'qolib ketdi va bugun ham yo' qotishlar davom qilmoqda.
“Tabiat - tiriklik sharti”- Shunday ekan, tabiatga befarq qaramasligingiz lozim.
Inson tabiatni qo'riqlash barobarida mamlakatimiz rivojiga hissa qo'shadi. Shunday ekan, o'quvchilar qalbida tabiat ne’matlarini - boyliklarini qo'riqlash, ularni avaylab asrash hislarini rivojlantirish, tabiatga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalash o'qituvchilardan chuqur bilim, izlanish va ijodkorlikni talab qiladi.



Topshiriq: Guruhlarga tabiatga oid so'zlardan “Guldasta” tuzish mashqi qo'llanadi.


Izoh: O'qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o'quvchilarning o'zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo'lishlikka, faollikka va jonkuyarlikka undab boradi.







Tayanch iboralar. Qoidalar. Asosiy tushunchalar. Atamalar. Haydovchining majburiyatlari. YTH sodir bo‘lganda haydovchining vazifalari.
Ma’lumki, har qanday faoliyatni amalga oshirishda, uni to‘g‘ri tashkil qilishda biror narsaga ya’ni qandaydir qonuniyatlarga asoslanish, maqsadga erishishning yagona to‘g‘ri yo‘li hisoblanadi. Shu o‘rinda yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkil qilishda insoniyat tarixida juda ko‘plab qoidalar ishlab chiqilgan va ular takomillashib borgan. Yo‘l harakati qoidalari juda qadimga borib taqaladi. Yo‘llarda birinchi transport vositalari - «izvoshlar» paydo bo‘lishi bilan, ular uchun harakatlanish qoidalari ishlab chiqilgan. Keyinchalik dastlabki avtomobillar yo‘lga chiqqanda, tezliklari juda past bo‘lsa ham, ularni oldida bir kishi yugurib yurib yo‘ldagi odamlarni ogohlantirib chetga chiqarib yurgan.Keyinchalik shu tartibda har bir davlatda o‘zlarining yo‘llarida harakatlanish qoidalari ishlab chiqilgan. Davlatlarning rivojlanishi ular orasidagi aloqalarni ham rivojlantirib bordi va dunyoda o‘zaro hamkorlik qiladigan davlatlar o‘rtasida yo‘llarda harakatlanish yagona qoidalarini qo‘llashni talab qila boshladi. Shunday qilib, xalqaro kelishuvlarga asos solindi va 1909 yilda birinchi xalqaro konventsiya qabul qilingan bo‘lib, unda atigi 4ta yo‘l belgi qabul qilingan edi:
Bular: 1) Notekis yul 2) Xavfli burilishlar 3) Temiryo‘l kesishmasi 4) Chorraha yo‘l belgilaridir.
Keyinchalik xalqaro konventsiya talablari asosida «yo‘llada harakatlanish qoidalari» ishlab chiqila boshladi. O‘zbekistonda oxirgi yo‘l harakati qoidalari 2001 yil mart oyidan kuchga kirgan.
«Yo‘l harakati qoidalari»ni boblar bo‘yicha o‘rganib chiqamiz.
I-bob. Umumiy qoidalar;
Umumiy qoidalar 5 bandni o‘z ichiga oladi.
1-band: Respublika yo‘llarida harakatlanishning yagona tartiblarini;
2-band: Respublikadagi yo‘llarda TVlarning o‘ng taraflama harakati;
3-band: Yo‘l harakati qatnashchilariga talablar;
4-band: Yo‘l harakati qatnashchilarining vazifalari;
5-band:Qoidani yuridik himoyalaydi.


Ustoz-murabbiylar shunday buyuk insonki, ulardan bir umrga qarzdormiz. Ustoz va shogird quyosh va oyga o’xshaydi. Oy quyoshdan nur olib borliqni yoritgani kabi, shogird ustozdan ziyo olib hayot mash’alini yoritadi.


O’qituvchi hayot charog’boni. U yosh avlodga ilm-fan asoslarini o’rgatadi. Zamonamizning har tomonlama barkamol kishisini yetkazadi.





Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling