Xtmfmt va te bo’limiga qarashli umumta’lim maktabi o’qituvchisi ning


Download 4.12 Mb.
bet8/20
Sana06.10.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1693567
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
5-sinf-tarbiyaviy-soat-konspekt

TARIXIY AN'ANALAR - tarixiy taraqqiyot jarayonida vujudga keladigan ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib o’tadigan, kishilar madaniy hayotiga ta'sir o’tkazadigan ma'naviy hodisalarni anglatuvchi tushuncha. Tarixiy an’analar o‘ziga xos ijtimoiy qoida sifatida kishilar ongiga (xalq yoki ma'lum guruh shuuriga) singib ketgan tartib va qoidalar majmui hisoblanadi. Tarixiy an’analar hayotning turli jihatlarini o‘zida aks ettirib, ko’proq urf-odat va marosimlarda namoyon bo‘ladi. Bunday an'analar millat va elat ijtimoiy hayotida tarixiy vorislik asosida har bir davrda sayqallanib, keyingi avlodlarga uzatib kelinadi. Tarixiy an’analar- ning vorisiyligi millat na xalqning muayyan davrdagi uziga xos xususiyati, hayot tarzi, madaniyati, fani, adabiyoti va boshqa sohalarda erishilgan natija va yutuqlarini keyingi avlodlarga bekamu ko‘st yetib borishini ta'minlaydi. Tarixiy an’analar turli-tuman bo‘lib, ularda har bir davrga xos xususiyatlar mujassam bo’ladi. Tarixiy an’analar qaysi davrda yaratilishidan qat'i nazar, madaniy hamda ma'naviy-axloqiy xususiyatlarni o‘zida mujassam etadi. Tarixiy an’analar millat yoki xalqni birlashtirish, avlodlarni o‘zaro bog’lash, jamiyatda umumiy birlik va hamjihatlikni ta'minlash vositasidir. Tarixiy an’analarda axloqiy va madaniy qirralarning betakrorligi, muayyan xalq, millat yoki elat hayotining o‘ziga xosligi, vorisiylikning muhim jihatlari namoyon bo‘ladi. Har bir xalq o‘z tarixiy an’analarining sohibi, ularning saqlovchisi, rivojlantiruvchisi hamda kelajak avlodlarga uzatuvchisidir. Muayyan davrda bu boradagi uzilishlar milliy ma'naviyatda ko’plab yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Sobiq mustabid tuzum sharoiti-dagi mafkuraviy tazyiqlar milliy qadriyatlar bilan bir qatorda tarixiy an’analarni saqlashga ham salbiy ta'sir ko‘rsatgan edi. Navro‘z bayramini nishonlash qoralanib, uni xalqning ongidan siqib chiqarishga harakat qilindi. Shu tariqa, tarixiy an’analarning aksariyati «o‘tmish qoldiqlari» sifatida baholanib, yangicha madaniyat va yangicha an’analar sharoitida ularning barham topishi to’g’risidagi soxta aqidalar targ’ib qilinar edi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng tarixiy an’analarni tiklashga e’tibor kuchaydi. Ular mustaqillikni mustahkamlashning muhim vositasi, kishilarni ma’naviy kamolotga etkazish omili sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling