Har bir asar”Hamsa”atalmog’i uchun:
1. Besh dostondan tashkil topmog’i;
2. Birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bo’lmog’i;
3. Ikkinchi doston Xusrav va Shirin mojorolariga bag’ishlanmog’i;
4. Uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog’i;
5. To’rtinchi doston Baxrom, beshinchi doston Iskandar haq1ida yozilmog’i shart edi.
XV asrda ikki buyuk hamsanavis-Navoiy va Jomiy maydonga chiqdilar.
Navoiy o’z “Xamsa”sini 1483-1485-yillarda yozib ,dostonlarni quyidagicha nomladi: “Hayrat ul-abror”, “Farxod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”. Jomiy esa keyinroq “Xamsa”siga yana ikki doston qo’shib, “Haft avrang” “Yetti taxt” deb atadi
21-MAVZU: VATAN SOG’INCHI ILA YASHAGAN SIYMO
T oqatim toldi oqibat,
Taxtni yov oldi oqibat.
O'zyurtim qoldi oqibat,
Afg'on ketdim daryo kechib
Muhammad Yusuf
O'qituvchi:
Z.M.Bobur O'rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyati o'ziga xos o'rin egallagan adib, shoir, olim bo'lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo'lsa, serjilo o'zbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g' azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo'lib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo'lib qo' shildi.
Z.M.Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijon, Farg'ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar,tog'-jiyanlar, amakivachchalar o'rtasida hokimiyat - ulug' bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyat keskinlash edi.
Topshiriq: “Mushoira” mashqi. ( Bobur g'azallaridan namunalar) Izoh: O'qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o'quvchilarning o'zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo'lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |