Xtmfmt va te bo’limiga qarashli umumta’lim maktabi o’qituvchisi ning
Download 4.12 Mb.
|
5-sinf-tarbiyaviy-soat-konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shoxlaringni egib tur. 17-MAVZU: TINCHLIK VA OSAYISHTALIGIMIZ GAROVI (14-yanvar Vatan himoyachilari kuni);
- 18-MAVZU: MUSTAQILLIGIMIZ ME’MORI ANGLASH;
Z ar tugmalar taqilgan.
Shoxlaringda qizil, ko'k... Lampochkalar yoqilgan. Bo'yim yetmas shoxingga, Lekin, ey archajonim! Tabelimda bor senga Atab tizgan marjonim! Senga deb tizgan marjon A'lo baholarimdir. Kel, taqib qo'yay, archam, Shoxlaringni egib tur. 17-MAVZU: TINCHLIK VA OSAYISHTALIGIMIZ GAROVI (14-yanvar Vatan himoyachilari kuni); 1991 yil 1 sentabr... Asriy orzu umidlar ushaldi. O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini qo'lga kiritdi. Mustaqil davlat sifatida o'z tili, Bayrog'i, Gerbi va Madhiyasiga ega bo’ldi. Xalqimiz o'zining ulug' maqsadi: Ozod va obod Vatan ravnaqi, erkin va farovon hayot qurish yo'lida ulkan ishlarga bel bog'ladi. Har bir davlat o'z xavfsizligini ta'minlash, yurt tinchligini saqlash maqsadida o'z armiyasini shakllantiradi. O'zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari 1992 yil 14 yanvarda tashkil topgan. O ’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 125-moddasida: O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining Davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi deyilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 126-moddasida esa O'zbekiston Respublikasi o'z xavfsizligini ta'minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlarga egaligi aytib o'tilgan. 18-MAVZU: MUSTAQILLIGIMIZ ME’MORI ANGLASH; O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Tarix fani sobiq mafkuradan ozod bo‘ldi. Jamiyat hayotida amalga oshayotgan muhim ijtisodiy jarayonlar Tarix fani oldiga o‘zbek xalqining haqqoniy tarixini yaratish, uning taraqqiyot va jahon hamjamiyatidagi o‘rni va rolini aniqlash, tarixiy bilimlarni ommalashtirish va targ‘ib qilish orqali millatning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari, madaniyati, qadimgi an'analarini tiklash imkonini yaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 1998 yil 27 iyul qarori bu borada muhim ahami-yatga ega bo‘ldi. «O‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi» konsepsiyasi ishlab chiqildi. Mamlakatda tarix fani sohasida ilmiy tadqiqot ushbu konsepsiya doirasida amalga oshirilmoqda. Bu borada Islom Karimovning tarixchi olimlar va jurnalistlar bilan uchrashuvida bayon etilgan «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» asarida ilgari surilgan bunyodkor g‘oyalar muhim rol o‘ynadi. Unda Prezident tomonidan: «...tarixchilar millatga uning haqqoniy tarixini ko‘rsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan, tarix-xalq ma'naviyatining asosidir; ... biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur»ligi ta'kidlanib, tarixchilar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi. Ilgarigi davrda o‘rganish taqiqlangan, noto‘g‘ri talqin etilgan mavzular, jarayonlar tarixiylik tamoyili, ilmiy xolislik asosida-milliy mustaqillik asosida qaytadan o‘rganildi. Maxsus «O‘zbekiston tarixi» jurnali chop etila boshlandi (1998). «O‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi» respublika muntazam ilmiy seminari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi tarixchilar jamiyati tuzildi (1999). O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshi-da "O‘zbekistonning yangi tarixi markazi" tashkil etildi (1996). Ilk marotaba «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga binoan tarix fanining ta'lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati yanada ortdi. Mustaqillik yillarida tarixchilarning xalqaro ilmiy hamkorligining keng imkoniyatlari vujudga keldi. O‘zbekiston tarix fanining dolzarb muammolari bo‘yicha xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkaziladigan markazga aylanib bormoqda. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling