Xtmfmt va te bo’limiga qarashli umumta’lim maktabi o’qituvchisi ning


Download 4.12 Mb.
bet3/20
Sana06.10.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1693567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
5-sinf-tarbiyaviy-soat-konspekt

Ilm-ziyo berar bizga
Onadir har o’g’il-qizga
Jo bo’lingiz qalbimizga
Mehribonim – o’qituvchim
Jonajonim – o’qituvchim.

Mustaqillik bizga juda ko’p erkinliklarni berdi. Ayniqsa maorif sohasiga katta e’tibor berildi va berilmoqda. Prezidentimiz “Ustoz va murabbiylar bayrami” deb 1-oktyabrni belgiladi. Har yili shu kun juda kata bayram bilan o’tkazilmoqda. Dam olish kuni deb e’lon qilindi. Xalqimizda “Ustoz otangday ulug’” degan gap bor. Sizlar ham harf o’rgatgan ustozingizni hyech qachon unutmang. Ulug’ bobomiz A.Navoiy aytganlaridek, senga bitta harf o’rgatgan kishini aslo unutib bo’lmaydi.


Istiqlol yillarida o‘qituvchi kasbini e’zozlash, mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish ta’lim sohasidagi islohotlarning muhim yo‘nalishiga aylandi. Farzandlar ta’lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning ustoz otangdek ulug‘, degan purhikmat naqlida ham o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtirom namoyon. Mustaqillik yillarida davlatimiz rahbari Islom Karimov rahnamoligida bu sharafli va mas’uliyatli kasb sohiblarini e’zozlash, ular mehnatini qadrlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.



Odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Darhaqiqat, har bir farzand shaxsi oilada shakllanadi. Demak, oila-barkamol avlod poydevori hisoblanadi. Shunday ekan, oilada farzandlarni axloqiy-huquqiy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, ona vatanni sevish hissini uyg‘otish o‘ta muhim hisoblanadi.
Inson tarbiya jarayonida yaxshi xulq-atvorga, odatlarga va aql-farosat omillariga ega bo‘lgan bo‘lsa, hayot saboqlarini shunchalik yaxshi anglaydi va yaxshi ishlarni amalga oshiradi, va aksincha, qanchalik tarbiyasi kam, hayotiy ko‘nikmalari oz bo‘lsa, bunday shaxs ba’zan bilib yoki bilmay yomon ishlarga qo‘l uradi.
Orastalik –ozodalik,sarishtalik, tartiblilik demakdir. Masalan, hammayoqni sarishta qilish, orasta kiyinish, soch tirnoqlarga e`tibor berish, o`quv qurollatini yaxshi saqlash kabi ishlar orastalik belgisidir.
Orasta va chiroyli kiyinish ham orastalikdandir. O`ziga munosib kiyim kiyish esa husnga husn qo`shadi. O`z yoshiga,mavsumga va joyiga qarab kiyinish insonning didfarosatidan, qanday odam ekanligidan dalolat beradi.
O`g`il-qizlarning milliy xususiyatlarni e`tiborga olib, o`zlariga yarashgan, ozoda liboslar kiyib yurishlari ular madaniyatining belgisi hisoblanadi. O`quvchi maktabda joriy qilingan kiyimda bormog`i lozim. U o`zini va o`quv qurollarini tartibli saqlashi kerak. Kishi o`zini nazorat qilishi ham orastalikdir.
Rivoyat. Sukutning xosiyati. Rivoyat qilishlaricha, o`z davrining mashhur hakimi, hamma davrlarning dono tabibi, bo`lmish Luqmoni Hakim kunlardan bir kuni hazrati Dovudning oldiga boribdi. Dovud odatdagidek sovut, zihrli kiyimlar tayyorlash bilan band, ya`ni temir –tersaklar orasida ishlab o`tirar ekan.
Hakim umri bino bo`lgandan beri bunday manzaraga duch kelmagan ekan. Shu boisdan bunday zihrli kiyimlar qanday kiyimlar ekanligi, uni kimlar kiyishini so`ramoqchi bo`libdi. Ammo ustozi: ”Avval o`yla, keyin so`yla”, ”Sabr qil – sabrning tagi oltin”,- deb o`rgan ekan. U sukut saqlab kutib turibdi. Hazrati Dovud kiyimni tayyorlab, egniga ilibdida, shodlanib Hakimga shunday debdi:
-Mana ko`rdingizmi, men sovuq temirdan qanday issiq kiyim tayyorladim. Buni kiygach, bemalol jangga kirib, bosqinchi dushmanning dodini berish mumkin.
Bu gapni eshitgan Hakim: ”Sukut –aql belgisi. Ustozimning nasihatiga amal qilib sukut saqladim-da, qo`pol xatodan saqlandim”-debdi ichida.
Hissadan hissa shuki: o`ylab ish tutish, sabr qilish kabi ajoyib xislatlarni o`rganish lozim.
Inson husnini va orastaligini buzadigan odatlar:
-Barmoqlaringizni og`iz va burunga tegizmang.
-Odamlar oldida tish kavlamang.
-Og`zingiz va burningiz suvini baland ovoz bilan tashlamang.
-Esnasangiz, qo`lingizni og`zingizga qo`ying.
-Odamlarga qarab kerishmang, baland ovozda xoxolab kulmang.
-Tilingizni tiyib, unga erk bermang, bo`lmasa bir kun boshingizga yetadi.
Aziz o'quvchim! Umrimiz davomida biz juda ko'p insonlardan yaxshilik ko'ramiz. Ota-onamiz, yaqinlarimiz, ustozlarimiz bizga faqat yaxshilikni tilaydilar. Inson o'ziga qilingan yaxshiliklarga albatta yaxshilik bilan javob qaytarishi kerak.
Ammo yomonlik qilganlarga qay tarzda javob qaytarish kerak? Yomonlikka yaxshilik bilan javob berish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Agar sizga kimdir yomonlik qilsa, har qancha qiyin bo'lsa-da, unga albatta yaxshilik bilan javob qaytaring. Shunda u qilgan ishidan pushaymon bo'ladi, uyalganidan ikkinchi marotaba yomonlikka qo'l urmaydi.

«Temur tuzuklari»da shunday so'zlar bor: «Menga hasad qilib, o'ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg'a-in'omlar berib, muruvvat-u ehson ko'rsatdimki, bu yaxshiliklami ko'rib, xijolat teriga g'arq bo'ldilar». Bundan ko'rinib turibdiki, bobomiz Amir Temur o'ziga dushmanlik qilgan kishilarga ham yaxshilik qilib, ularni to'g'ri yo'lga boshlaganlar. Allomalarning quyidagi so'zlarini hamisha yodda tutishimiz darkor:


Dunyoda topayin desang omonlik,
Birovga zarracha qilma yomonlk!





“Ona tilim – jonu dilim”, “Til bilgan xor bo’lmas” kabi xalq naqllari bor. Til aql beradi deb ham bejizga aytilmagan. Yaxshi gap ham, yomon gap ham bir og’izdan chiqadi. Shuning uchun insonlar bir-birlari bilan yaxshi muomalada bo’lishlari kerak. Shundagina insonlar bir-birlari bilan yaxshi munosabatda bo’ladilar.


Ona tilini yaxshi bilgan inson eng madaniyatli inson bo’ladi. Bundan tashqari, ona tilidan tashqari rus tili, ingliz tili, koreys tili kabi boshqa tillarni ham o’rganishimiz kerak.


Shundagina biz yoshlar madaniyatli yoshlar bo’lamiz.



Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling