Xudaybergenova munisaning “devonu lug‘otit turk”da sohaviy birliklar mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi taqdimoti


Download 1.29 Mb.
bet5/6
Sana26.10.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1723202
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Munisa Xudayberganova taqdimot

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asaridagi materiallar shuni ko‘rsatadiki, XI asrning noyob obidasi sanalgan ushbu turkiy so‘zlar devoni hayotning barcha sohalari, turli kasblar qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq kabi tarmoqlarning naqadar rivoj topganligidan dalolat beradi.

O‘zbek tilshunos olimlari S.Ibrohimov va S.Asomiddinovlarning ma‘lumotlariga qaraganda, “Devonu lug‘atit turk” asarida XI asrdagi hayotiy zaruriy tushunchalar, terminlar, ijtimoiy hayot bilan bog‘liq terminlar miqdori 1561 tani tashkil etadi. Mualliflar ushbu terminlarni turli mavzu guruhlari, sohalarga ajratgan holda statistik ravishda o‘rganganlar.

Ma‘lum bo‘ladiki, ularning ko‘pchiligi kasb-hunarga oid terminlardan iborat bo‘lgan. Jumladan, “Devonu lug‘atit turk”da qayd etilgan terminlarning 37 tasi abzalsozlik, 43 tasi binokorlikka, 155 tasi chorvachilikka, 72 tasi qishloq xo‘jaligiga, 80 tasi tikuvchilikka, 122 tasi ro‘zg‘or ashyosi buyumlari, 145 tasi pazandachilikka, 72 tasi harbiy qurol-aslahaga taalluqlidir.

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida chorvachilikka oid so‘zlarning nomlanishida o‘ziga xos xususiyatlar mavjudligini ta‘kidlash kerak.

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida chorvachilikka oid so‘zlarning nomlanishida o‘ziga xos xususiyatlar mavjudligini ta‘kidlash kerak.

“Devon” da qayd qilingan chorvachilikka oid terminlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, asarda hayvonlar, uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar, xo‘jalik hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hayvonlarning yoshi, jinsi, zoti (nasli), ko‘rinishi (rangi), shuningdek, boshqa xususiyatlariga qarab nomlanadi.

Hayvonlar nomlarini anglatishdagi o‘ziga xos xususiyatlardan yana biri shundaki, ularning ayrimlari nomlari dastlab keng ma‘noda ishlatilgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan ular ma‘nolarida torayish sodir bo‘lganligini ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari chorvachilikka oid so‘zlar bilan bog‘liq atamalar ham “Devon”dan o‘rin olganligini ta‘kidlash lozimdir. Ana shunday jihatlariga ko‘ra “Devon” dagi chorvachilikka oid so‘zlarni turli mavzu guruhlariga ajratgan holda o‘rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling