Muammoning
o‘rganilganlik
darajasi.
Qoraqalpoq
adabiyotida
publitsistika janrining rivojlanish bosqichlari ma’lum ma’noda o‘rganilgan
maqolalar, kitoblar ham bosilgan. Masalan, yaqinda T. Masharipov qoraqalpoq
adabiyotida publitsistika janri bo‘yicha maxsus tadqiqot yozdi, kattagina kitob ham
nashr qildirdi.Va bu tadqiqoti uchun filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy
darajasini olishga muvaffaq bo‘ldi. Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek publitsistikasi,
ya’ni shu janrda qalam tebratib kelayotgan ijodkorlar haqida ishlar yetarli emasdek.
Jumladan,
G.Matyoqubovaning
publitsistik
asarlariga
alohida
tadqiqotlar
bag‘ishlangan deb aytish qiyin. To‘g‘ri, K.Quramboyev va G. Quramboyevalarning
muallifligida Toshkentda va Qoraqalpog‘istonda chop etilgan “Gul bor Guliston
ichida” degan kitobida shoirning bu publitsistikasi o‘rganilgan ixcham bir maqola
bor. Boshqada ilmiy manbalarda, G.Matyoqubovaning ijodiga bag‘ishlangan o‘zbek
va qoraqalpoq olimlari va ijodkorlarining maqolalarida bu mavzuga doir fikrlar
uchraydi, muallifning publitsistik chiqishlariga baho berilgan. Bizning nazarimizda
bu ishlar yetarli emas. Shoiraning publitsistik asarlari alohida maxsus tadqiqotni
talab etadigan mavzu.Ayniqsa, muallif chiqishlarida qoraqalpoq koloritining aks
6
etilishi masalalari ochiq turgan mavzulardan biri. Shunday ekan bu masala yanada
kengroq doirada o‘rganilishi zarur degan xulosaga keldik.
Do'stlaringiz bilan baham: |