Tadqiqotning maqsadi. Bitiruv malakaviy ishimizdan ko‘zlangan asosiy
maqsad, Qoraqalpog‘istonda publitsistik janrining rivojlanishidagi o‘ziga xoslikni
ko‘rsatish, qolaversa o‘zbek tilli ijodkorlar, jumladan, G. Matyoqubovaning turkum
publitsistik maqolalari misolida bu janrning istiqboli va publitsistikada milliy
koloritni berish masalalarini ko‘rsatib berishdan iborat.
Tadqiqotimizning vazifalari. Yuqorida ham qisman ta’kidlaganimizdek
bosh maqsadimiz, Qoraqalpog‘istonda yashab o‘zbek tilida ijod qilib kelayotgan
so‘z ustalarining qoraqalpoq publitsistikasi taraqqiyotiga qo‘shgan xissasini
aniqlash. Bu yo‘nalishda ular qoraqalpoq hayotini, koloritini berishdagi mahoratini
ochib berishdan iborat. Shu bilan birga G. Matyoqubova publitsistikasi misolida
o‘zbek publitsistikasiga bu adibning qo‘shib kelayotgan xissasini izohlashdan iborat
deb o‘ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |