Xudoynazarov A. X. Bо‘linma ishchi xodimlari bilan mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha
-modda. Majburiy tibbiy kо‘riklar
Download 226.78 Kb.
|
yanvar
360-modda. Majburiy tibbiy kо‘riklar
Ish beruvchi quyidagilarni dastlabki (mehnat shartnomasini to‘zayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy kо‘rikdan о‘tkazishni tashkil etishi shart: о‘n sakkiz yoshga tо‘lmagan shaxslarni; umumiy belgilangan pensiya yoshiga yetgan shaxslarni; nogironligi bо‘lgan shaxslarni; mehnat sharoitlari noqulay bо‘lgan ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport vositalarining harakati bilan bog‘liq ishlarda band bо‘lganlarni; oziq-ovqat sanoatida, savdoda va bevosita aholiga xizmat kо‘rsatish bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa tarmoqlarda ish bilan band bо‘lganlarni; umumiy о‘rta ta’lim tashkilotlarining, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan band bо‘lgan pedagog xodimlarini va boshqa xodimlarini. Mehnat sharoitlari noqulay bо‘lgan ishlarning hamda bajarilayotganda dastlabki va davriy majburiy tibbiy kо‘riklar о‘tkaziladigan boshqa ishlarning rо‘yxati va ushbu kо‘riklarning о‘tkazilish tartibi О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Majburiy tibbiy kо‘riklar tashkilotlarga tibbiy xizmatlar kо‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular bо‘lmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan о‘tkaziladi. Majburiy tibbiy kо‘riklarni о‘tkazish majburiyati qonunchilikka muvofiq majburiy tibbiy kо‘rikdan о‘tkazilishi lozim bо‘lgan shaxslar boshqa ishga о‘tkazilgan taqdirda ham ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Xodimlar majburiy tibbiy kо‘riklardan о‘tishi munosabati bilan chiqimdor bо‘lmaydi. Xodimlar majburiy tibbiy kо‘riklardan о‘tishdan bо‘yin tovlashga haqli emas. Ish beruvchi majburiy tibbiy kо‘rikdan о‘tmagan yoxud majburiy tibbiy kо‘rik natijalariga kо‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bо‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart. Agar xodim sog‘lig‘ining yomonlashishi mehnat sharoitlari bilan bog‘liq deb hisoblasa, u navbatdan tashqari majburiy tibbiy kо‘rikdan о‘tishni talab qilish huquqiga ega. Majburiy tibbiy kо‘riklarni о‘tkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va о‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. Download 226.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling