Xudoynazarov A. X. Bо‘linma ishchi xodimlari bilan mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha
-modda. Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha yо‘l-yо‘riqdan о‘tkazish va о‘qitish
Download 226.78 Kb.
|
yanvar
- Bu sahifa navigatsiya:
- YO‘L SOZLOVCHILAR UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA I. XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
362-modda. Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha yо‘l-yо‘riqdan о‘tkazish va о‘qitish
Ishga yangi kirayotgan barcha xodimlar, shuningdek boshqa ishga о‘tkazilayotgan xodimlar uchun ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha yо‘l-yо‘riq berishni amalga oshirishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullari hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam kо‘rsatishga oid о‘quvni tashkil etishi shart. Yuqori xavfga ega bо‘lgan ishlab chiqarishga yoki kasbiy tanlov talab etiladigan ishga kiruvchi xodimlar uchun ishni xavfsiz uslublar va usullar bilan bajarish bо‘yicha dastlabki tayyorgarlik, kasb bо‘yicha bir oy davomida mehnatni muhofaza qilishga doir о‘quv о‘tkazilib, imtihon topshiriladi va keyinchalik mehnatni muhofaza qilish masalalari bо‘yicha majburiy davriy attestatsiya о‘tkaziladi. Tashkilotlarning xodimlari, shu jumladan rahbarlari mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar tomonidan ushbu xodimlar va rahbarlarning kasbi hamda ish turlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha о‘qitilishi, yо‘l-yо‘riq olishi, bilimlarining tekshiruvidan о‘tkazilishi shart. Mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha belgilangan tartibda о‘quvdan о‘tmagan, yо‘l-yо‘riq olmagan va bilimlari tekshiruvdan о‘tkazilmagan shaxslarni ish beruvchi ishdan chetlashtirishi shart. 3-mavzu: Yо‘l sozlovchilar uchun mehnat muhofazasi va texnika xavfsizliklari bо‘yicha yо‘riqnomaning mehnat muhofazasi bо‘yicha umumiy xavfsizlik talablari (1,2,3,4,5-bо‘limlari) va korxonadagi har bir kasbiy yо‘riqnomalarning mazmun mohiyatini tushuntirish. YO‘L SOZLOVCHILAR UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA I. XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI 1.1. Ushbu yo‘riqnoma yo‘l sozlovchilar uchun mahalliy bo‘lib, havfsiz ish sharoitlarini ta’minlash tartibini belgilaydi. 1.2. Yo‘lni joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha mustaqil ishlashga majburiy tibbiy ko‘rikdan (ishga qabul qilinganidan keyin), mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha kirish yo‘l-yo‘rig‘idan, ish joyida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha birlamchi yo‘l-yo‘rig‘idan, yong‘in xavfsizligi yo‘l-yo‘rig‘idan o‘tgan, o‘qitilgan, stajirovka va bilimlari sinovdan o‘tkazilgan, 18 yoshdan kichik bo‘lmagan erkaklarga ruxsat etiladi. Elektr asbobi bilan ishlaydigan yo‘l sozlovchilar maxsus o‘qitilgan, bilimlari sinovdan o‘tkazilgan va elektr xavfsizligi bo‘yicha 2- guruhga ega bo‘lgan bo‘lishi shart. 1.3. Yo‘l sozlovchilar ishga qabul qilinguncha o‘z majburiyatlari hajmida: - O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llaridan texnik foydalanish qoidalari; - O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida signalizatsiya bo‘yicha yo‘riqnoma; - O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida poyezdlar va manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma; - O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l xodimlarining intizomi to‘g‘risidagi nizom; - majburiyatlarini belgilaydigan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va yo‘riqnomalari, lavozim yo‘riqnomalari va boshqa hujjatlar bo‘yicha o‘qitilgan va bilimlari sinovdan o‘tkazilgan bo‘lishi shart; 1.4. Ish jarayonida yo‘l sozlovchilar kamida uch oyda bir marta davriy yo‘l-yo‘riqdan, belgilangan tartibda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha navbatdan tashqari va maqsadli yo‘l-yo‘riqlardan, kamida yiliga bir marta - elektr xavfsizligi bo‘yicha bilimlar sinovidan, belgilangan muddatlarda ushbu yo‘riqnomaning 1.3-bandida ko‘rsatilgan (o‘z majburiyatlari hajmida) meyoriy hujjatlar bo‘yicha bilimlar sinovidan va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tishi shart. 1.5. Yo‘l sozlovchi yuk ko‘tarish mexanizmini boshqarish, asboblarni, qismlarni va boshqa buyumlarni yuk ko‘tarish kranining yoki ko‘tarish mexanizmining ilgagiga ildirib qo‘yish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiruvchi yuk ildiruvchi, balandlikdagi ishlarni bajarishga qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tish, yuk ildiruvchi kasbi bo‘yicha bilim olish, malaka komissiyasi tomonidan attestatsiyadan o‘tish, yuk ko‘tarish ishlarini bajarish, yuk ko‘tarish mexanizmlarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga va yiliga kamida bir marta bilimlarning takroriy sinovidan o‘tish huquqiga ega bo‘lishi kerak. 1.6. Ishga borish, ishdan qaytish yoki temir yo‘l stansiyasi (bundan keyin - stansiya), temir yo‘l ta’mirlash korxonasi hududlarida harakatlanish paytida yo‘l sozlovchi quyidagi xavfsizlik talablariga rioya qilishi shart: - temir yo‘llardan kesib o‘tishda maxsus jihozlangan piyodalar ko‘priklari, tunnellar, yo‘laklar (qoplamalar), temir yo‘l kesishmalari, yo‘l o‘tkazgichlar, “Xizmat o‘tish joyi” ko‘rsatilgan belgilar bor joydan, shuningdek, jihozlangan o‘tish joylari bo‘lmaganda, temir yo‘llardan kesib o‘tishda ushbu yo‘riqnomaning 1.7-bandidagi talablarga amal qilgan holda; - xavfsizlik belgilari, ko‘rinadigan va ovozli signallar talablariga rioya qilishi; - lokomotivlar, vagonlar, kranlar, avtoulovlar va boshqa transport vositalarining harakatlanishini ko‘zatishi. 1.7. Temir yo‘llarda bo‘lganda, yo‘l sozlovchilar quyidagi xavfsizlik talablariga rioya qilishi shart: - yo‘lning chetidan yoki yo‘llar oralig‘i bo‘ylab yurganda qo‘shni yo‘llardan harakatlanayotgan lokomotivlarga, vagonlarga va boshqa harakat tarkibiga e’tiborli bo‘lishi; - relslardan hatlab o‘tganda temir beton shpallari uchini va shpallar ustidagi moyli dog‘larni bosmasdan, kesib o‘tish joylariga harakat tarkibi (lokomotiv, motorvagon harakat tarkibi, vagonlar) yaqinlashmayotganligiga oldindan ishonch hosil qilgan holda 90 gradusli to‘g‘ri burchak ostida yo‘llarni kesib o‘tishi; - harakat tarkibi band qilib turgan yo‘lni kesib o‘tayotganda, oldindan ishonch hosil qilgan holda tutqichlarning, zinapoyalarning, maydoncha polining sozligini tekshirib, vagondagi o‘tish maydonchasidan foydalanish. Vagonning o‘tish maydonchasidan yo‘llar oralig‘iga tushishdan oldin u yerni ko‘zatish, tutqichlarning, zinapoyalarning sozligiga, qo‘shni yo‘l bo‘ylab harakat tarkibining yo‘qligiga, yo‘llar oralig‘iga tushish paytida qoqilib ketmaslik uchun biron bir begona narsaning bor-yo‘qligiga ishonch hosil qilishi kerak. Vagonga yo‘zlangan holda tutqichlarni tutib vagonning o‘tish maydonchasiga ko‘tarilishi va undan tushishi; - o‘zilgan vagonlar, lokomotivlar va lokomotiv seksiyalari avto-ulagichlari orasidagi masofa kamida 10 m bo‘lsa, ularning orasidan o‘tishi; - yo‘llarda turgan vagonlar yoki lokomotivlar guruhini avtoulagichdan kamida 5 m masofada aylanib o‘tishi; - svetoforlar, ovozli signallar va ogohlantirish belgilariga e’tiborni qaratishi. 1.8. Temir yo‘lda bo‘lganda quyidagilar taqiqlanadi: - ish joyiga borishda va ish joyidan qaytishda hamda ish paytida uyali telefondan foydalanish; - relslarga, shpallarning uchlariga, ballast prizmalariga, elektr o‘zatgichlarga, yo‘l qutilariga va boshqa qurilmalarga chiqish yoki o‘tirish; - temir-beton shpallarning uchlarini bosib o‘tish; - harakat paytida vagonga, drezinaga, motovozga, avtomotrisaga va boshqa texnikalarga chiqish va undan tushish; - harakat paytida vagonning, drezinaning, motovozning, avtomotrisaning va boshqa texnikalarning zinapoyalarida, narvonlarida bo‘lish; - elektr markazlashtirish bilan jihozlangan strelkalarning ostryaklari va krestovinalari joylashgan joylardan o‘tish, ostryak va rama rels oralig‘iga, qo‘zg‘aluvchi o‘zak (serdechnik) va usovik orasiga, tarnov (jelob) ga oyoq qo‘yish; - harakatlanayotgan poyezd, harakat tarkibi oldidan yo‘llarni kesib o‘tish yoki yugurib o‘tish; - yo‘llarni kesib o‘tishda yo‘lda turgan vagonlarning ostidan o‘tish, avtoulagichga chiqish yoki uning ostidan o‘tish hamda vagonlar ostidan asbob-uskunalar, mexanizmlar va materiallarni olib o‘tish; - qo‘shni yo‘llar bo‘ylab poyezdlarning to‘xtovsiz harakati paytida yo‘llar oralig‘ida bo‘lish; - temir yo‘l stansiyasi, yo‘l okolodkalari va boshqa ishlab chiqarish bo‘linmalari hududining "Ehtiyot bo‘l! Nogabarit joy" belgisi bilan belgilangan joydan harakat tarkibi yoki maxsus o‘zi harakatlanuvchi tarkib o‘tayotganda ushbu joylar yaqinida bo‘lish. 1.9. Yo‘lning ko‘rinishi qiyin bo‘lgan joylarda xonalardan hamda strelka postlari, platformalar, binolar, boshqa inshootlardan chiqishda, harakatlanuvchi tarkib yo‘qligiga ishonch hosil qilgandan keyin temir yo‘lga chiqish kerak. 1.10. Tunda xonadan chiqqandan so‘ng, ko‘zlar qorong‘ulikka o‘rganib olguncha va atrofdagi narsalarning normal ko‘rinishi o‘rnatilguncha to‘xtab, biroz kutish kerak. 1.11. Yo‘l sozlovchi bilishi shart: - xavfsiz ish bajarish uslublarini; - ishlab chiqarish sanitariyasi, elektr havfsizligi, yong‘in va sanoat havfsizligi talablarini; - temir yo‘l ishlarini bajarishda harakat havfsizligi ta’minlanishi uchun ish joyini ko‘rinadigan va ovozli signallar havfsizlik belgilari bilan chegaralab qo‘yish tartibini; - ish paytida yo‘zaga kelishi mumkin bo‘lgan havfli va zararli ishlab chiqarish omillarining insonga nisbatan ta’siri va ularning ta’siridan himoya qilish choralarini; - yong‘in trevogasi signallari va yong‘in haqida xabar berish usullarini; - yong‘inga qarshi vositalar va jihozlarni qo‘llash hamda ulardan foydalanish qoidalarini; - kerakli dori-darmon va bog‘lash materallaridan iborat birinchi tibbiy yordam qutisi saqlash joyini; - ushbu Yo‘riqnoma talablarini. 1.12. Yo‘l sozlovchi: - ichki mehnat tartibi Qoidalari hamda o‘rnatilgan mehnat va dam olish rejimiga rioya qilishi; - faqat o‘z xizmat vazifalariga kiritilgan yoki usta (brigadir) tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi; - xavfsiz ish bajarish usullarini qo‘llashi; - mexanizmlarni, moslamalarni, asbob-uskunalarni, jihoz, materiallarni, maxsus kiyim-kechaklarni, maxsus poyafzallarni va boshqa shaxsiy himoya vositalarini (bundan buyon matnda SHHV deb yuritiladi) soz holatda va toza saqlashi; - lokomotiv, motorvagon harakat tarkibi mashinistlari, maxsus o‘ziyurar harakat tarkibi haydovchilari, poyezd to‘zuvchilari tomonidan beriladigan taqiqlash, ogohlantirish, ko‘rsatish va ko‘rsatma berish havfsizlik belgilari va yozuvlari, ovozli va yorug‘lik signallari talablarini bajarishi; - yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishi, yong‘inga qarshi uskunalar va jihozlardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; - jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni bilishi; - transport harakatlanish joylarida juda ehtiyot bo‘lishi shart. 1.13. Yo‘l sozlovchiga quyidagilar taqiqlanadi: - o‘zining bevosita vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan, usta (brigadir) dan uni amalga oshirishning xavfsiz usullari to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq olmasdan yangi ishni boshlash; - sinov muddati o‘tgan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish; - o‘zilgan va ochilib qolgan simlarga, kontaktlar va elektr jihozlarining boshqa elektr o‘tadigan qismlariga teginish; - ko‘tarilgan yuk va uning harakati paytida ostida bo‘lish; - elektr simlari va kabellariga oyoq qo‘yish; - nosoz elektr asboblari va elektr jihozlarini mustaqil ravishda ta’mirlash; - to‘r yoki qalqon bilan himoyalanmagan asboblarning aylanadigan qismlari yaqinida ishlash; - ish vaqtida alkogol, giyohvand moddalar yoki boshqa toksik moddalar ta’sirida mast holatda bo‘lish. 1.14. Ish vaqtida yo‘l sozlovchiga quyidagi asosiy xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta’sir qilishi mumkin: - harakatlanayotgan harakat tarkibi, drezinalar, yo‘l mashinalari, ulardagi jihozlarning harakatlanuvchi qismlari, avtotransport va boshqa transport vositalari; - yo‘lning yuqori to‘zilmasi materiallarining, yig‘ma konstruksiyalarning va boshqa narsalarning ko‘chirilishi; - ishchi zonasi havosida chang va gaz miqdorining oshishi; - kunning qorong‘u vaqtlarida tunnellarda ish paytida ish joyining yetarli darajada yoritilmaganligi; - elektr zanjirining kuchlanish qiymati oshganda, tutashuvning inson tanasi orqali yo‘z berishi; - uskunalar, jihozlar, asbob-uskunalar va yo‘lning yuqori to‘zilmasidagi metall qismlari yo‘zasining past yoki yuqori harorati; - ishchi zonasining past yoki yuqori harorati, namligi va havo harakatchanligi; - ish joyida va mexanizatsiyalashgan asboblar bilan ishlashda shovqin va tebranish darajasining oshishi; - ish joyining yer sathiga nisbatan sezilarli balandlikda joylashishi; - radiatsiyaviy ifloslanish hududlarida ishlaganda ionlashtiruvchi nurlanish darajasining oshishi; - moyli antiseptiklar bilan shimdirilgan yangi yog‘och shpallar va pestitsidlar bilan ishlov berilgan hududlarda ishlashda kimyoviy omillar; - og‘ir yuklarni qo‘lda ko‘tarib harakatlanganda jismoniy zo‘riqish; - temir yo‘llarda, ko‘priklarda va tunnellarda ishlarni bajarishda asab tolalarining zo‘riqishi. 1.15. Yo‘l sozlovchi quyidagi sertifikatlangan maxsus kiyim, maxsus poyafzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari (SHHV) bilan ta’minlanishi kerak:
Download 226.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling