"xufiyona iqtisodiyot" fanidan


Rivojlangan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot mavjudligi va saqlanib qolganligining sabablari


Download 25.45 Kb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi25.45 Kb.
#1019408
1   2
Bog'liq
9-xuf

Rivojlangan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot mavjudligi va saqlanib qolganligining sabablari

Alohida hududlarning rivojlanish darajasi bilan norasmiy sektorning miqyoslari o‘rtasida aniq teskari proporsional bog‘liqlik mavjud: norasmiy sektor Afrikaning kam taraqqiy etgan mamlakatlarida ulkan, Osiyoda katta va Lotin Amerikasida nisbatan kam tarqalgan. Turli davrlar uchun norasmiy sektor miqyoslarini baholanishini solishtirish iqtisodiyotning bu sektorini “ishib ketish” tendensiyasiga egaligini ko‘rsatmoqda (masalan, qarang Lotin Amerikasi bo‘yicha ma’lumotlar


Lotin Amerikasi mamlakatlarida iqtisodiy faol aholi (IFA) tarkibida norasmiy ish bilan bandlarning ulushi, %da

Mamlakatlar

Shahar IFA dagi ulushi

Umumiy IFAdagi ulushi

1950 y.

1980 y.

1950 y.

1980 y.

Argentina

21,1

23,0

22,8

25,7



Braziliya

27,3

27,2

48,3

44,5

Chili

35,1

27,1

31,0

28,9

Meksika

37,4

35,8

56,9

40,4

Peru

46,9

40,5

56,3

55,8

Venesuela

32,1

20,8

38,9

31,5

Jami Lotin

30,8

30,3

46,5

42,2

Amerikasi

Rivojlangan mamlakatlarda «norasmiylik». KXartning kashfiyotlaridan so‘ng norasmiy iqtisodiy faoliyat faqatgina kamtaraqqiy etgan mamlakatlarda mavjud emasligi aniqlandi. 1970- yillarda norasmiy iqtisodiy faoliyat g‘arbning rivojlangan mamlakatlarida ham aniqlandi


Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda “xufyona iqtisodiyot” mavjudligini amerikalik iqtisodchi P.Gutmann kashf etgan. 1977 yilda u maqola chop etib, unda bu hisobga olinmaydigan faoliyat keng tarqalib ketib, uni endi e’tiborsiz qoldirib bo‘lmasligini ta’kidlagan edi 1979 yilda amerikalik iqtisodchi Edgar Fayg tomonidan e’lon qilgan maqola mojarolarni keltirib chiqardi: professor AQShda “boshqarilmaydigan iqtisodiyot” (irregular economy) rasmiy YaMMning uchdan birini qamrab olganligini hisoblab chiqdi, bu ko‘rsatkich “uchinchi dunyo” mamlakatlari norasmiy sektorining hajmi bilan deyarli tengdir E.Faygning hamkasabalari bir ovozdan uni ko‘rsatkichlarni bir necha baravar ko‘tarib yuborganlikda ayblashdi (balkim, muallif ataylab maqolani ko‘pirtirib yozgandir).
Masalan, P.Gutmann 1978 yilda AQSh norasmiy iqtisodiyoti hajmini rasmiy YaMMga nisbatan taxminan 10% deb baholagan edi, V.Tanzi esa bu ko‘rsatkichni 4,4% deb qayd qilgan edi. Mutaxassislar ushbu hodisani miqyosi haqida munozaralarni davom ettirishi bilan rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning ushbu sektoriga muntazam ravishda e’tibor qaratila boshlandi. Keyinchalik norasmiy iqtisodiy faoliyatning maxsus tadqiqotlari faqatgina AQShda emas, balki boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham olib borilish boshlandi.
7.1.7jadval
Ba’zi rivojlangan mamlakatlarda yashirin iqtisodiyotni baholovchi ko‘rsatkichlari dinamikasi, 1960-1980 yillar,

YaIMga nis

)atan % t

a

Rivojlangan davlatlar.

1960 y

1970 y

1980 y

Daniya (F.Shnayder bo‘yicha.)

3.8 - 4.8

5.3 -7.4

6.9 -10.2

Norvegiya (I.Lundager va F.Shnayder bo‘yicha)

1.3 -1.7

6.2 -6.9

10.2 - 10.9

Shvetsiya (I.Lundager va F.Shnayder bo‘yicha)

1.5 -1.8

6.8 -7.8

11.9 - 12.4

GFR (K.Kirxgassner bo‘yicha)

2.0 - 2.1

2.7 -3.0

10.3 - 11.2

AQSh (V.Tanzi bo‘yicha).

2.6 - 4.1

2.6 -4.6

3.9 -6.1

Bu tadqiqotlar Rossiya olimlari tomonidan 1980 yillardayoq o‘rganilgan va mazkur hodisalarni “kapitalizm umumiy inqirozi” ning namoyon bo‘lish shakllaridan biri sifatida talqin qilishga moyil bo‘lgan sovet jamiyatshunosligida ma’lum darajada yoritilgan.


Rossiya adabiyotlarida mazkur muammolar bo‘yicha Germaniyadagi xorijiy tadqiqotlar yoritilgan 1987 yilda chop etilgan M.I.Nikolayev va A.Yu.Shevyakovlarning monografiyasi rivojlangan G‘arb mamlakatlaridagi xufyona iqtisodiyotning eng yaxshi umumlashtiruvchi sharhi bo‘lib qolmoqda.
Rivojlangan mamlakatlardagi norasmiy iqtisodiyot baholash ko‘rsatkichlari dinamikasini kuzatadigan bo‘lsak (7.1.5, 7.1.6- jadvallar), oxirgi o‘n yilliklarda nafaqat rivojlanayotgan, balki yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar xo‘jaligida ham yashirin iqtisodiy faoliyat ko‘lamlarining mutloq va nisbiy o‘sishi barqaror tendensiyasi kuzatilmoqda.
Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyot “ochilishi” bilan deyarli bir vaqtda 1970 yillarning oxirida sotsialistik lager mamlakatlarida ham “norasmiylik” ning keng tarqalishi yuz berdi. 1977 yilda amalda bir vaqtda AQSh da sovet iqtisodiyotidagi yashirin iqtisodiy faoliyat ko‘lamlari va shakllari to‘g‘risidagi ikki konseptual maqolalari chop etildi: Amerika sovetologi Gregori Grossmanning “SSSR da ikkinchi iqtisodiyot” va Amerikaga ketgan sobiq sovet iqtisodchisi Aron Katsenelinboygenning «Sovet Ittifoqida rangli bozorlar». Ular mahalliy hisobga olish va nazorat qilishni markazlashgan rejalashtirishga noroziliklar bildirilgan, ammo bartaraf qilinmagan SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi mustaqil xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi sovetologik tadqiqotlar keng oqimini boshlab berishdi. 1980-yy. da sovetologlar umumiy rejalilik va tartibga solinuvchanlik ostida haqiqatda norasmiy, nazorat qilinmaydigan ishlab chiqarish rasmiy ishlab chiqarishga nisbatan ko‘p jihatdan kam rol o‘ynamaydigan aralash turdagi iqtisodiy tizim yashirinadi, degan fikrga kela boshladilar.
7.1.8-jadval
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida xufyona iqtisodiyot ko‘lamlari, 1994 y., YaIM ga nisbatan % hisobida

G‘arbiy Yevropa mamlakatlari

Xufyona
(maxfiy)
iqtisodiyot

G‘arbiy Yevropa mamlakatlari

Xufyona
(maxfiy)
iqtisodiyot

Italiya

25,8

Irlandiya

15,5

Ispaniya

22,5

Fransiya

14,5

Belgiya

21,4

Niderlandiya

13,6

Shvetsiya

18,5

Germaniya

13,1

Norvegiya

17,9

Buyuk Britaniya

12,4

Daniya

17,6

Shveysariya

6,6

Download 25.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling