Xufyona bozor institutsional tizim sifatida
Download 3.12 Mb.
|
Azizbek Qalandarov
«Mafiya» atamasi odatda turli ma’nolarda va turli xildagi hodisalarni yoritish uchun qo`llaniladi. Iqtisodiy tahlilda ushbu atamadan asosan bitimlarni tuzishda amalga oshiriladigan xatti-harakatning alohida me’yorlari va na’munalarini belgilash uchun foydalaniladi. Ya’ni, mafiya rasmiy tashkilot bo`lmasada, xatti-harakat va hukmdorlik munosabatlarining alohida xili hisoblanadi. Boshqacha aytganda, mafiya institut sifatida shaxslarga o`zining iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalardagi faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini beruvchi o`yin qoidalarining yig`indisidir.Birinchi me’yor «o`yin konstitutsiyasi» o`zaro hamkorlik maqsadlarini aniqlashga taalluqli, uni sha’n me’yori sifatida ifodalash mumkin. Agar mafiyaning avjiga chiqqan klassik davri (1890-1970 yillar)da Italiya janubi aholisining asosiy maqsadi o`zining foydaliligini oshirishdan emas, balki o`z sha’nini va o`z oilasining sha’nini saqlab qolishdan iborat bo`lgan. Hatto o`zini mafiya deb hisoblagan insonning o`zini nomlashi – «sha’n odami» - uning faoliyati maqsadining an’anaviy xususiyatini tasdiqlagan. Kelishuvlar nazariyasi atamasidan foydalangan holda, sha’n me’yorini an’anaviy kelishuv jumlasiga kiritish mumkin, chunki gap oilaning sha’ni va obro`si haqida, birinchi galda, er-xotinning sha’ni haqida ketayapti. Sha’nning yo`qotilishi ijtimoiy o`zaro munosabatlar sohasidan chiqarilishga olib keladi – uni yo`qotgan insonlar hatto alohida, qishloqlarning chekkalarida yashashadi va faqat o`z muhiti doirasida muloqatda bo`lishadi. Haqiqiy mafioz uchun hatto tijorat sohasidagi muvaffaqiyat ham mustaqil qadr-qimmat emas, balki sha’n belgisi sifatida ko`rib chiqiladi.
Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling