Xufyona bozor institutsional tizim sifatida
Download 3.12 Mb.
|
Azizbek Qalandarov
Xufyona bozor institutsional tizim sifatidaQalandarov.A 21-1
Xufyona me’yorlarning yozilmagan va lokal xususiyati tufayli xufyona bitimlar tuzish uchun universal o`yin qoidalarini ifodalab bo`lmasa-da, xufyona iqtisodiyot «konstitutsiyasi»ning asosiy unsurlarini aniqlash mumkin. Misol tariqasida Italiya, Sitsiliya, Kalabriya va Kampaniyani olamiz: rivojlangan xufyona sektorga ega bo`lgan ushbu mintaqa iqtisodchilar va sotsiologlar tomonidan yaxshi o`rganilganDavlatning (dastlab Ispaniya, so`ngra Italiya davlatining) kam ishtiroki va uning mahalliy aholining turmushini va mulkchilik huquqlarini himoyalashni ta’minlashga layoqatsizligi Italiya janubi tarixiy rivojlanishining muhim omillari bo`ldi. Davlat ushbu mintaqalarning uzoqda joylashganligi va o`zi olib boradigan «bo`lib ol va hokimiyat o`rnat» siyosat tufayli ularning mavjudligi haqida shunchaki unutib qo`ydi. Shuning uchun, ayniqsa feodal huquqning bekor qilinishi va mayda mulkdorlar sinfining shakllanishi munosabati bilan mulkchilik huquqlarini tafsirlash va shartnomalar bajarilishini ta’minlashning davlatning aralashuviga muqobil mexanizmari talab etildi. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoyalash bo`yicha davlatga muqobil institut sifatida mafiya haqida dastlabki tilga olinishi feodalizmdan mayda va o`rta yer mulkchiligiga o`tishning aynan shu pallasiga taalluqli.
Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling