Xufyona bozor institutsional tizim sifatida


Download 3.12 Mb.
bet2/4
Sana26.10.2023
Hajmi3.12 Mb.
#1725734
1   2   3   4
Bog'liq
Azizbek Qalandarov

«Mafiya» atamasi odatda turli ma’nolarda va turli xildagi hodisalarni yoritish uchun qo`llaniladi. Iqtisodiy tahlilda ushbu atamadan asosan bitimlarni tuzishda amalga oshiriladigan xatti-harakatning alohida me’yorlari va na’munalarini belgilash uchun foydalaniladi. Ya’ni, mafiya rasmiy tashkilot bo`lmasada, xatti-harakat va hukmdorlik munosabatlarining alohida xili hisoblanadi. Boshqacha aytganda, mafiya institut sifatida shaxslarga o`zining iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalardagi faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini beruvchi o`yin qoidalarining yig`indisidir.

Birinchi me’yor «o`yin konstitutsiyasi» o`zaro hamkorlik maqsadlarini aniqlashga taalluqli, uni sha’n me’yori sifatida ifodalash mumkin. Agar mafiyaning avjiga chiqqan klassik davri (1890-1970 yillar)da Italiya janubi aholisining asosiy maqsadi o`zining foydaliligini oshirishdan emas, balki o`z sha’nini va o`z oilasining sha’nini saqlab qolishdan iborat bo`lgan. Hatto o`zini mafiya deb hisoblagan insonning o`zini nomlashi – «sha’n odami» - uning faoliyati maqsadining an’anaviy xususiyatini tasdiqlagan. Kelishuvlar nazariyasi atamasidan foydalangan holda, sha’n me’yorini an’anaviy kelishuv jumlasiga kiritish mumkin, chunki gap oilaning sha’ni va obro`si haqida, birinchi galda, er-xotinning sha’ni haqida ketayapti. Sha’nning yo`qotilishi ijtimoiy o`zaro munosabatlar sohasidan chiqarilishga olib keladi – uni yo`qotgan insonlar hatto alohida, qishloqlarning chekkalarida yashashadi va faqat o`z muhiti doirasida muloqatda bo`lishadi. Haqiqiy mafioz uchun hatto tijorat sohasidagi muvaffaqiyat ham mustaqil qadr-qimmat emas, balki sha’n belgisi sifatida ko`rib chiqiladi.

  • Agar utilitarizm me’yorini oqilona harakat me’yori to`ldirsa, u holda sha’nni himoya qilish va tasdiqlashning asosiy vositasi – «hasad raqobatchiligi», erkaklar ega bo`lgan zulm o`tkazish salohiyatini doimiy ravishda taqqoslash (ta’kidlash lozimki, mafiyaning madaniy sohasi – «machizm», ya’ni erkakka sig`inish). Shaxs tomonidan kontragentlar ehtiyojlarini qondirish orqali foydalilikni oshirishning bozor tamoyili (unga ko`ra almashuvning barcha ishtirokchilari yutadi)dan farqli o`laroq, hasad raqobatchiligida ikkita g`olib bo`lishi mumkin emas: faqat bitta g`olib mavjud - qolganlar hammasi – mag`lublar. Kundalik turmushni tartibga soluvchi vosita sifatida zulm o`tkazishdan foydalanish uchun taqiqlarning mavjud emasligi, zulm o`tkazishni monopollashtirishga urinish iqtisodiy sohadagi mafiya vakillarining xatti-harakatlariga ham o`z ta’sirini o`tkazmoqda. Mafiya bilan bog`liq tadbirkorda foyda olishga cheklashlar oshkora tadbirkornikiga qaraganda kam. Xufyona tadbirkor zarur hollarda zulm qo`llanilishi bilan to`xtab qolmaydi, oshkora tadbirkor esa zulm o`tkazish uchun davlat monopoliyasi oqibatida erkinlikning ushbu darajasidan mahrum etilgan. Shuning uchun mafiya bilan bog`liq korxonalarning raqobat jihatdan ustunliklari raqobat natijasida emas, balki lokal monopoliyani hosil qilish va raqobatni cheklash natijasida yuzaga keladi. Mafiya qoidalari bo`yicha faoliyat ko`rsatuvchi bozor mukammal raqobat shartlaridan yiroqlashadi, bunday qoidalarning mavjud bo`lishi iqtisodiy mexanizmlarning amal qilishi tartibini o`zgartiradi.

Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling