Xufyona bozor institutsional tizim sifatida
Download 3.12 Mb.
|
Azizbek Qalandarov
Navbatdagi me’yor – ishonch – an’anaviy xususiyatga ega, chunki u oila doirasida lokalizatsiyalashgan. Oila ichida ishonch bo`lmasa, uning boshlig`ining sha’ni tushunchasi o`z kuchini yo`qotadi. Shu nuqtai nazardan ishonch an’anaviy tarzda oila turmushining bazaviy tamoyillaridan birini aks ettiradi va uning tashqarisiga amal qilmaydi, demak, u bozor konstitutsiyasida ko`zda tutilganidek, oqilona harakatning sharti bo`lishi mumkin emas. Mafiyaning bazaviy tashkiliy birligi – sossa – 15-20 (ko`pi bilan 70-80, kamida 7) kishidan iborat va oila-qarindoshchilik aloqalari asosida shakllanadigan guruhni o`zida namoyon etadi. Sossa faoliyati doirasiga tushgan barcha shaxslar uning a’zolari bilan do`stona munosabatlar yoki «patron-mijoz» munosabatlari orqali bog`liq.Oila ichidagi munosabatlarni qurish uchun foydalaniladigan ishonch mafiyaning iqtisodiy faoliyatini ham belgilab beradi. Mafiya bilan bog`liq tadbirkorlarning yana bir raqobat jihatdan ustunligi bo`lib ishonch asosida shartnoma munosabatlarini qurish hisoblanadi – mafiya shartnoma majburiyatlari bajarilishining eng yaxshi kafolati hisoblanadi. D.Gambetta yozganidek, mafiyani bozorning ishonchning «tabiiy» darajasi haddan ziyod past bo`lgan va bitim tuzish imkonini bermaydigan sektorlarida va ana shunday mintaqalarda (Italiya Janubida bunday holat o`rin tutadi) ishonchni tug`dirish, reklama qilish va sotish bilan shug`ullanuvchi alohida korxona sifatida namoyon etish mumkin. Shuningdek, ishonch tanqisligi sharoitida amalga oshiriladigan oshkora tovarlar bilan istalgan xufyona bitimlarga va taqiqlangan tovarlar (qurol, giyohvandlik moddalari) bilan istalgan bitimlarga ham e’tibor qaratiladi. Tovar sifatida ishonchning o`ziga xos jihatini hisobga olgan holda, mafiya uni sotishni g`oyrioddiy usul bilan – oila-qarindoshchilik, do`stona yoki mijozlik aloqalari sohasiga manfaatdor tadbirkorni aralashtirish orqali amalga oshiradi. Xususan, mafiyaning iqtisodiy faoliyatini yoritish uchun ko`pincha mafiyaning oilaviy aloqalari asosida tashkil etiladigan «tarmoq» tushunchasidan foydalaniladi. Aynan o`zgaruvchan sharoitlarga tez moslashuvchi tarmoqlar doirasida «o`zlariniki» o`rtasida yuqori ishonch salohiyatidan foydalanuvchi mafiyaning asosiy iqtisodiy faoliyati amalga oshiriladi.
Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling