Xufyona bozor institutsional tizim sifatida
Download 3.12 Mb.
|
Azizbek Qalandarov
Bitimlar bo`yicha hamkorlarni «o`ziniki» va «begona» toifasiga bo`lish prinsipial jihatdan muhim, bu yerda gap ikkita standart, ikki xil xatti-harakat haqida boradi. «O`ziniki» doirasida sha’n va obro`ga birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali erishiladi va himoya qilinadi, munosabatlar ishonch asosida quriladi. «O`ziniki» va «begona» o`rtasida «hasadguylik raqobatchiligi» bo`lishi muqarrar, ishonch esa dushmanlik va zulmga o`z o`rnini bo`shatib beradi. Xatti-harakatning ikki yoqlama standarti mantiqiga yana bir muhim me’yor – maxfiylik kiritiladi. Ushbu me’yor tashqi olam bilan, ayniqsa davlat vakillari bilan munosabatlarda to`liq yopiqlikni belgilab beradi, uning teskari tomoni sifatida to`liq ochiqlik va oila a’zolaridan faqat haqiqatni gapirishni talab qilish ishtirok etadi. Haqiqiy mafiozlar hamma vaqt jim turishadi.
Xulosa Iqtisodiy sub’ekt tomonidan o`z biznesi uchun institutsional muhitni – oshkora yoki xufyona – tanlash to`g`risidagi qaror birinchi va ikkinchi holatlarda bitimlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan transaksiya xarajatlarini qiyoslash orqali belgilanadi. Boshqacha aytganda, qonunga bo`ysunish normasi yana bir bor oqilona asoslanadi: shaxs uning talabini mutlaq imperativning ta’siri ostida emas (qonuniy narsalarning hammasi yaxshi), balki qonunga amal qilishdan kutilayotgan foydalar tufayli bajaradi. Qonunga ixtiyoriy bo`ysunishga undovchi omillar shaxsda faqat, davlat iqtisodiyotining oshkora sektorida transaksiya xarajatlarini pasaytirish yo`li bilan uning manfaatlarini amalga oshirishga qodir bo`lgan taqdirda, paydo bo`ladi. Iqtisodiy sohada xufyona bitimlar amalga oshiriladigan o`yin qoidalarida, birinchi galda bozor konstitutsiyasidan bitimlarning barcha ishtirokchilarini «o`ziniki» va «begonalarga» ajratish bilan katta farq qiladi. O`zinikilarga nisbatan opportunizmni oldini olishning ijtimoiy mexanizmlari amal qiladi, ishonch va o`zaro yordam me’yorlari hukmronlik qiladi. Aksincha, «begonalarga» nisbatan opportunizm me’yor bo`lib qoladi. T.Veblen yozganidek, xufyona iqtisodiyot «hasadguylik raqobatchiligiga» asoslangan «yovvoyi» bozor modeliga juda yaqin. Va nihoyat, xufyona iqtisodiyot maksimal darajada fragmentlangan va mozaikli, u to`liq tizim shaklini qabul qilmaydi hamda bozorning barcha ishtirokchilari uchun yagona va majburiy bo`lgan konstitutsiyani qabul qilmaydi. Bundan ko`rinib turibdiki, qonunga bo`ysunishning yuqori narxiga muqobil variant ham g`oyat qimmat ekan.
Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling