Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashish Iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashning asosiy omili


Download 7.96 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi7.96 Kb.
#1588796
Bog'liq
Презентация Microsoft Office PowerPoint (4)

Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashish - Iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashning asosiy omili

KB-91 Nekov Suxrob Hakimov Jasur Burxonov Azizbek

REJA

  • Xufyona Iqtisodiyotning mohiyati
  • Xufyona iqtisodiyotni kеlib chiqish sabablari
  • Xufyona Iqtisodiyotning iqtsodiy xavfsizlikka ta’siri va xavfsizlikni ta’minlash

Xufiyona Iqtisodiyotning mohiyati

  • Xufiyona iqtisodiyotga bo’lgan kompleks yondashuv uni quyidagicha ta’riflash imkonini beradi . Xufiyona iqtisodiyot bozor xo’jaligining obyektiv va
  • doimo mavjud bo’luvchi tizimi bo’lib, uning doirasida xo’jalik yurituvchi subyektlar nohalol raqobat usullari orqali iqtisodiy manfaat olishga harakat qiladilar, ya’ni , o’z tashabbuslari yoki tashqi shart-sharoitlar ta’sirida qonunga, ish yuritish etikasiga, biznes bilan hokimiyat o’rtasidagi o’yin qoidalariga, jamiyatning ma’naviy – ahloqiy me’yorlariga zid bo’lgan xatti–harakatlarni amalga oshiradil ar.
  • Bundan kelib chiqadiki , xufiyona va norasmiy faoliyat olib borishdan oxiroqibat tadbirkor o’ziga ham, davl atga ham zarar keltiradi . Birinchidan, « xufiyona iqtisodiyotda» faoliyat ko’rsatayotgan korxona (firma) bozorni qo’llab- quvvatlovchi institutlardan foydalana olmaydi . Ikkinchidan, korxona o’z faoliyatini fosh bo’lib qolish va jazo olishning doimiy xavfi ostida olib boradi va bu uning xo’jalik faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi . O’z resursl arini yashirib korxona ulardan samarali foydalana olmaydi . Uchinchidan, norasmiy tarzda faoliyat ko’rsatayotgan korxona ishlab chiqarishga katta kapital sarflay olmaydi , ya’ni fosh bo’lib qolishdan cho’chib faoliyatni kengaytira olmaydi . Va nihoyat, to’rtinchidan, davlat olishi mumkin bo’lgan soliq tushumlarini ololmaydi .

Berilgan tariflar

Iqtisodiy adabiyotlarda xufyona iqtisodiyotga turli ta’riflar berilgan: 1. Xufyona iqtisodiyot qonun asosida man qilingan faoliyat turlari deb ta’riflanadi. 2. Xufyona iqtisodiyot iqtisodiy faoliyatning kuzatilmagan va yashirin faoliyat turi. 3. Xufyona iqtisodiyot rasmiy statistikada u yoki bu sabablarga ko‘ra hisobga olinmagan har qanday iqtisodiy faoliyat bo‘lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiritilmaydi hamda soliqqa tortishdan chetda qoladi

Xufyona iqtisodiyot - nafaqat iqtisodiy-ijtimoiy tuzilmalar, jamiyatdagi iqtisodiy mynocabatlapni o‘z ichiga oluvchi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy voqelik, balki, avvalo, jamiyat tomonidan nazorat qilib bo‘lmaydigan, mamlakat aholisining bir qismini tashkil qiluvchilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarni qondirish, ya’ni katta miqdorda qo‘shimcha daromad (foyda) olishni ko‘zlab davlat organlari boshqaruvi va nazoratidan yashirgan holda, davlat va nodavlat mulkdan hamda iqtisodiy boylik, tadbirkorlik qobiliyatidan jinoiy yo‘l bilan foydalanishdir

“Xufyonalik bahosi”

  • Xufyona rejimda almashuvlarni amalga oshirish ham xarajatlar bilan bog‘liq. Xarajatlarning bir turida tejalishga erishgan xufyona iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sub’ektlar boshqa xarajatlarni ko‘proq amalga oshirishadi – ular «xufyonalik bahosi»ni to‘lashga majburdirlar. Xufyonalik bahosi bir necha unsurlardan tarkib topadi.
  • 1) Huquqiy qoidalardan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq xarajatlar
  • 2) Daromadlar transferti bilan bog‘liq xarajatlar.
  • 3) Soliqlar va ish haqiga hisoblab yozishlardan bosh tortish bilan bog‘liq xarajatlar.
  • 4) Shartnoma tizimidan foydalanishning imkonsizligi bilan bog‘liq xarajatlar.
  • 5) Xufyona bitimning mutlaq ikki tomonlama xususiyati bilan bog‘liq xarajatlar.
  • 6) .Nizolarni hal etishning xufyona tartibotlaridan foydalanish xarajatlari.
  • O‘zbekiston xufiyona iqtisodiyoti 245 trln so‘mni yoki YaIMdan umumiy ulushi taxminan 48 foizni tashkil etadi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
  • Xufiyona iqtisodiyotga sabab bo‘layotgan omillardan biri – xarid chekini talab qilmaslik. Bu, o‘z navbatida, tadbirkorlik sub’yektlari orasida nosog‘lom raqobat muhitining shakllanishiga olib keladi.

Xufyona iqtisodiyotni kеlib chiqish sabablari


Siyosiy
Antropologik
Iqtisodiy
Ijtimoiy
Huquqiy
Ma'naviy

Xufiyona iqtisodiyotning kelib chiqish sabablarining guruhlanishi

  • Xufiyona iqtisodiyotning kelib chiqish sabablarining guruhlanishi
  • Umumiy qabul qilingan transaksiya xarajatlari nuqtai nazaridan xufiyona iqtisodiyotning faoliyat ko’rsatishi huquqiy bazaning takomillashmaganligi davlat tomonidan o’ziga xos funksiyalarning samarasiz bajarilishi , xo’jalik faoliyatida ikki xil standartlarning keng tarqalishi kabi tovlamachilikl arning o’sishi bilan bog’liq
  • katta miqdordagi transaksiya xarajatlari bilan kuzatiladi . Transaksiya xarajatlari o’sishining sababi xufiyona sektori iqtisodiyoti emas, balki rasmiy iqtisodiyotda yuqori transaksiya xarajatlarining mavjudligi xufiyona sektor faoliyat ko’rsatishining sabablaridan biri bo’lib hisoblanadi .

Xufiyona biznes ishtirokchilari o’zini soliqlardan, litsenziyalashdan, shartnomalar tuzishdan, qonunlarga amal qilishdan ozod qiladi va “o’yin qoidalariga” ko’ra mulkchilik huquqini mustaqil ravishda muhofaza qiladi hamda uni buzgan xatti -harakat uchun jazolaydi va bu bilan rasmiy faoliyat ko’rsatuvchi xo’jalik yurituvchi subyektlarga qaraganda raqobat jih atdan ustunlikka ega.

Xufiyona biznes ishtirokchilari o’zini soliqlardan, litsenziyalashdan, shartnomalar tuzishdan, qonunlarga amal qilishdan ozod qiladi va “o’yin qoidalariga” ko’ra mulkchilik huquqini mustaqil ravishda muhofaza qiladi hamda uni buzgan xatti -harakat uchun jazolaydi va bu bilan rasmiy faoliyat ko’rsatuvchi xo’jalik yurituvchi subyektlarga qaraganda raqobat jih atdan ustunlikka ega.

Jadvalda iqtisodiyotning rasmiy va norasmiy sektorlarida tadbirkotlik faoliyatini tashkil etish yuzasidan transaksiya xarajatlari taqqoslanadi


Download 7.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling