Reja Hujjatlar yig’majildlari nomenklaturasi - tashkilotda yuritiladigan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va ularni saqlash muddatlari ko’rsatilgan holda tartibga solingan hujjatlar yig’majildlarining sarlavhalari ro’yxatidir. Tashkilotlarda tarkibiy bo’linmalar, jamoat tashkilotlarining hujjatlar yig’majidlari nomenklaturalari asosida umumtashkilot hujjatlar jildlari nomenklaturasi tuziladi. - Hujjatlar yig’majildlari nomenklaturasi - tashkilotda yuritiladigan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va ularni saqlash muddatlari ko’rsatilgan holda tartibga solingan hujjatlar yig’majildlarining sarlavhalari ro’yxatidir. Tashkilotlarda tarkibiy bo’linmalar, jamoat tashkilotlarining hujjatlar yig’majidlari nomenklaturalari asosida umumtashkilot hujjatlar jildlari nomenklaturasi tuziladi.
- Yig’majildlar nomenklaturasiga tashkilot faoliyatida tarkib topadigan texnik hujjatlar va bosma nashrlardan tashqari barcha hujjatlar kiritiladi. Tarkibiy tizilmalar va jamoat tashkilotlari hujjatlar yig’majildlari nomenklaturasi yetakchi mutaxassislar jalb etilgan holda hujjatlar uchun javobgar shaxs tomonidan imzolanadi
Hujjatlar yig’majildlari nomenklaturasini tuzishda namunaviy hujjatlar yig’majildi nomenklaturasiga, idoraviy arxivlar ishlarining asosiy qoidalariga amal qilinishi lozim. - Hujjatlar yig’majildlari nomenklaturasini tuzishda namunaviy hujjatlar yig’majildi nomenklaturasiga, idoraviy arxivlar ishlarining asosiy qoidalariga amal qilinishi lozim.
- Hujjatlar yig’majildlari nomenklaturasiga tashkilot ishlarining barcha, hujjatlashtirilgan uchastkalarini aks ettiruvchi hujjatlar yig’majildi sarlavhalari, shu jumladan, ma’lumot va nazorat kartochkalari, shaxsiy hujjatlar yig’majildlari, hujjatlar yig’majildlari nomenklaturasi kiritiladi. Har bir hujjat yig’majildiga tarkibiy bo’linma indeksidan (tarkibiy bo’linma tasnifi bo’yicha) hujjatlar yig’majildlari nomenklaturasi bo’yicha tartib raqamidan iborat bo’lgan indeks beriladi (masalan: 03-12). hujjatlar yig’majildida bir nechta jildlar (qismlar) mavjud bo’lganda, indeks har bir jildga “I j. II j.” qo’shimchasi bilan qo’yib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |