Doimiy va uzoq vaqt saqlanadigan va muhimlik qiymati ekspertizasdan o’tkazilgan, mazkur talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan shaxsiy tarkib bo’yicha tugallangan hujjatlar yig’majildlari bo’yicha har yili ro’yxatlar tuziladi. Vaqtincha saqlanadigan hujjatlar yig’majildlariga ro’yxatlar tuzilmaydi. - Doimiy va uzoq vaqt saqlanadigan va muhimlik qiymati ekspertizasdan o’tkazilgan, mazkur talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan shaxsiy tarkib bo’yicha tugallangan hujjatlar yig’majildlari bo’yicha har yili ro’yxatlar tuziladi. Vaqtincha saqlanadigan hujjatlar yig’majildlariga ro’yxatlar tuzilmaydi.
- Tarkibiy tuzilmalarning hujjatlar yig’majildlari ro’yxatlari hujjatlar uchun javobgar xodim tomonidan bevosita idoraviy arxivning metodik rahbarligi ostida tuziladi. Ro’yxatlar doimiy saqlanadigan, uzoq vaqt saqlanadigan hujjatlar yig’majildlariga, shaxsiy tarkib bo’yicha hujjatlar yig’majildlariga va bir turdagi (mavzular bo’yicha hisobotlar, ratsionalizatorlik takliflar va h.k.) hujjatlar alohida-alohida tuziladi.
Hujjatlar va hujjatlar yig’majildlari arxivda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridaga Bosh arxiv boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda saqlanadi. Hujjatlar yig’majildlari arxivdan tashkilotlar xodimlari so’rovlari bo’yicha tilxat bilan beriladi. Arxivdan olingan hujjatlarga biror-bir belgi qo’yish va yozuvlar tagiga chizish taqiqlanadi. - Hujjatlar va hujjatlar yig’majildlari arxivda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridaga Bosh arxiv boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda saqlanadi. Hujjatlar yig’majildlari arxivdan tashkilotlar xodimlari so’rovlari bo’yicha tilxat bilan beriladi. Arxivdan olingan hujjatlarga biror-bir belgi qo’yish va yozuvlar tagiga chizish taqiqlanadi.
- Doimiy saqlanadigan hujjatlar yig’majildlaridan hujjatlarni olib qo’yishga va berishga ruxsat etilmaydi. Istisno hollarda prokuratura va sud organlarining so’rovlari bo’yicha, tashkilot rahbarining ruxsati bilan olish olib qo’yilgan hujjatning aniq tasdiqlangan nusxasini hujjatlar yig’majildida majburiy qoldirish va hujjat aslining olinish sabablari to’g’risidagi dalolatnomani solib qo’yish yo’li bilan amalga oshiriladi. Arxivdan olingan hujjatlar, zarurat tugashi bilanoq, biroq 15 kundan kechiktirmasdan, arxivga qaytarilishi kerak. Arxiv mudiri hujjatlar va hujjatlar yig’majildlarining o’z vaqtida qaytarilishini nazorat qilib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |