Xujjatlarni chop etish texnikasi

Download 423.78 Kb.
bet3/4
Sana27.02.2023
Hajmi423.78 Kb.
#1233923
1   2   3   4
Bog'liq
Xujjatlarni chop etish texnikasi

Masshtab bandida qog‘ozning bir sahifasiga hujjatning nechta sahifasi chop etilishi ko‘rsatiladi. Buning uchun varaqdagi sahifalar soni число страниц листе) oynasida taklif etilgan 1 sahifa (1 станицы), 2 sahifa (2 станицы), 4 sahifa (4 станицы) va hokazo ko‘rsatmalardan biri tanlanadi.

Qamrov bandida barcha sahifalar (Все станицы диапазона), toq tartib raqamli sahifalar (Нечетные станицы), juft tartib raqamli sahifalar (Четные станицы) ko‘rsatmalaridan biri tanlanadi. Barcha sahifalar ko‘rsatmasi tanlansa, hujjat yoki uning belgilangan qismi to‘lig‘icha chop etiladi. Toq tartib raqamli sahifalar ko‘rsatmasi tanlansa, hujjatning faqat toq tartib raqamli sahifalari chop etiladi. Juft tartib raqamli sahifalar ko‘rsatmasi tanlansa, hujjatning faqat juft tartib raqamli sahifalari chop etiladi.

Printer bandida printer haqida ma’lumot hamda Xususiyatlar (Свойства) tugmasi bor. Sichqoncha yordamida Xususiyatlar tugmasi bosilsa, ekranda printerning xususiyatlari lavhasi ochiladi. Shuni aytish lozimki, printerlarning turiga qarab ularning xususiyatlari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, xususiyatlar lavhasining ko‘rinishi va undagi axborotlar ham turlicha bo‘ladi.

Printerlar turli-tuman xususiyatlarga ega bo‘lib, quyida biz ularning hujjatni kitobcha shaklida chop etish xususiyati bilan tanishamiz. Ta’kidlash joizki, hamma printerlar ham bunday xususiyatga ega emas. Shu sababli kitobcha shaklida chop etish xususiyatini «HP Laserjet 1300» rusumli printer misolida ko‘ramiz. Mazkur printerning xususiyatlari lavhasi 65-betdagi rasmda keltirilgan.

Download 423.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling