Xujjatlarni rasmiylashtirishda davlat
O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish
Download 171.21 Kb. Pdf ko'rish
|
4-topshiriq
O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish
Aholining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida Davlat xizmatlari markazlarida o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish burchaklari tashkil etildi. Davlatimiz rahbarining joriy yil noyabr` oyida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida Qarshi shahar Davlat xizmatlari markazida fuqarolarimizga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqish jarayonida bergan ko'rsatmalari asosida "Qarshi tajribasi" loyihasiga start berildi. "Qarshi tajribasi" asosida davlat xizmatlaridan foydalanish ko'nikmalarini mahallalarda, shuningdek voyaga etib kelayotgan yoshlarda ham to'liq tushuncha hosil bo'lishiga harakat qilinmoqda. Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan maxsus ishchi guruhlar tashkil etib, Qarshi shahridagi mahallalarda, maktablarda masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanish bo'yicha maxsus treninglar o'tkazilmoqda. Treninglar davomida xodimlar tomonidan YAgona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro'yxatdan o'tish, elektron raqamli imzoni olish, soliq to'lovchining identifikatsion raqami (STIR)ni aniqlash va olish haqida batafsil ma'lumotlar berilmoqda. Davlat xizmatlari markazlarida internetga ulangan komp`yuterlar yordamida markazlarga tashrif buyurgan fuqarolarga, ularning xohishiga ko'ra, elektron xizmatlardan foydalanish tartibi tushuntirilmoqda. elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bilim va ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha joylarda mahalla fuqarolari yig'inlari hamda ta'lim muassasalari mas'ul xodimlari uchun mahorat darslari yo'lga qo'yildi. Download 171.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling