Xujjatlarni rasmiylashtirishda davlat


Download 171.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana08.05.2023
Hajmi171.21 Kb.
#1442536
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-topshiriq

Raqamlashtirish jarayoni 
FHDYO organlarining mavjud 60 mln.ga yaqin arxiv ma'lumotlarining 90 
foizi raqamlashtirildi. Ularda gerbli guvohn
omalarni “FHDYO yagona 
elektron arxivi” axborot tizimi orqali elektron ko'rinishda QR-kodli 
blankalarda chop etish tizimi yo'lga qo'yildi. Buning uchun FHDYO 
organlari maxsus printer va komp`yuter qurilmalari bilan ta'minlandi. Bu 
esa aholi og'irini engil qilish bilan birgalikda sohada korruptsiyaning avj 
olishiga ham to'sqinlik qiladi. 
Jamoatchilik bilan qayta aloqa 
Jamoatchilik bilan mustahkam aloqani yo'lga qo'yish, fuqarolarimizning 
bildirayotgan takliflari, fikr-mulohazalari, murojaatlariga tezkorlik bilan 
echim topish maqsadida Agentlikning “Facebook” ijtimoiy tarmog'ida 
rasmiy sahifasi ochildi, shuningdek “Ishonch telefoni” (1148) va 
@davxizmataloqa_bot qayta aloqa telegram boti tashkil etildi. 
Birgina “1148” qisqa raqamli Ishonch telefoni va @davxizmataloqa_bot 
qayta aloqa telegram boti orqali o'rtacha bir kunda 500 ga yaqin jismoniy 
va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinib, real vaqt rejimida 
tezkorlik bilan munosabat bildirilib kelinmoqda. 
Imkoniyati cheklanganlar uchun xizmatlar 
Imkoniyati cheklangan shaxslar ham e'tibordan chetda qolgani yo'q. Joriy 
yilning noyabr` oyidan boshlab ayrim tuman (shahar) Davlat xizmatlari 
markazlarida sinov tariqasida “surdo-online” planshetlari ishga tushirildi. 


“Surdo-online” planshetlari internetga ulangan bo'lib, bevosita onlayn 
tarzda doimiy ravishda ishlaydi va shu vaqtning o'zida operatorga tarjima 
qiladi. Ushbu tizimni Davlat xizmatlari markazlarida joriy qilish orqali 
eshitishi va gapirishida nuqsoni bor shaxslar bilan to'laqonli muloqotni 
ta'minlaydi. Kelgusida ushbu tizimni respublikamizning barcha 
hududlarida joylashgan Davlat xizmatlari markazlarida hamda FHDYO 
organlarida keng joriy qilish nazarda tutilgan. 

Download 171.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling