Xujum qilish usullari Reja Voleybol o`yinining dastlabki qoidalari O`yin texnikasi
O`yin to`xtatiladi va xato e`lon qilinadi
Download 28.14 Kb.
|
Valeybolda hujum va himoya texnikasini o’rgatishni takomillashtirish
O`yin to`xtatiladi va xato e`lon qilinadi:
to`p kiritishda:chiziq bosilsa, to`pni irg`itmasdan o`yinga kiritilsa, to`p kiritish navbati buzilsa, to`p to`rga yoki begona predmetlarga tegsa, to`p kiritish jarayoni 5 soniyadan ortsa; to`p uzatish va qabul qilishda: to`p bir vaqtni o`zida yoki ketma-ket bir o`yinchi tomonidan 2 marta o`ynalsa, ilib uzatilsa, yoki qabul qilinsa, bir jamoa o`yinchilari (to`siqdan tashqari) 3 martadan ortiq to`p bilan harakat qilsalar; zarba va to`siq qo`yishda: o`yinchi to`rga tegib ketsa, o`rta chiziqdan o`tib ketsa, to`pni ilib o`ynalsa, to`p antennadan tashqari yoki antennaga tegib ketsa, raqib tomondagi to`p o`ynalsa. Qoidalar rasmiy holda to`liq 1946 yilda joriy etilgan, lekin 1951 yilga kelib Marselda FIVB Kongressi tomonidan tasdiqlandi. 1947 yil - erkaklar o`rtasida o`yin 5 partiyadan iborat 1950 yil - ayollar o`yini 5 partiyadan iborat 1952 yil - tanaffus 1 partiyada 2 marta 1957 yil - tanaffus 1 min.dan 30 sek.gacha qisqaradi 1961 yil - o`yinchini almashtirish 6 taga oshdi 1965 yil - to`siq qo`yuvchi qayta o`ynashi (to`pga tegishi) mumkin, u qo`llarini raqib tomoniga o`tkazishi mumkin 1970 yil - antenna 180 sm 1976 yil - kiritilgan to`pga to`siq qo`yish Hozir to`pni og`irligi 270±10g, doiraviy uzunligi 66+1 sm 1980 yil - to`p ichidagi bosim R=0,4 - 0,45 kg/sm 2 1984 yil - to`pni qabul qilishda tanani beldan baland joyi bilan bir necha bor «tegish» mumkin, to`p o`yinga kiritilayotganda uni to`sish bekor qilinadi. 1988 yil - eng yuqori hisob 17 gacha, hal etuvchi partiya taymbreyk tarzida ochkolar soni 2 ta farq bo`lguncha davom etadi, 1992 yil - to`p tanani tizzadan yuqori barcha joyiga tegishi mumkin. 1998 yil - to`p tanani barcha joyiga tegishi mumkin; hisob 25 gacha, 5 partiyada 15 gacha; har partiyada hisob 8 va 16 bo`lganda 2 ta bir daqiqadan texnik tanaffus beriladi; shundan so`ng jamoalar 2 martadan 30 sek. tanaffus-olishlari mumkin; to`p kiritish 9 metr (o`rta chiziq kengligida) oralig`ida ijro etilishi mumkin; "Libero" o`yinchisi joriy etildi. 2008 yil - to`pni rangi o`zgartirildi (sariq-ko`k); to`siq qo`yuvchilar tomonidan to`rga tegib ketish mumkin" (hujumchi o`yiniga halaqit bermaslik sharti bilan). Zamonaviy voleybol maydonchasini olchamlari 9x18 m. To`rni uztmligi 9,5 m, kengligi 1m, Kataklari 10x10 sm. Maydoncha chiziqlarini kengligi 5 sm, Antennasi balandligi 180 sm. O`yin qoidalarini atroflicha talqini maxsus bo`limda yoritiladi. Hakamlarining tarbiyaviy ahamiyati. Hakamlarning va hakamlik qilishning oliy maqsadi nafaqat musobaqa ishtirokchilarining o`yin qoidasiga amal qilishlarini nazorat qilish, balki aynan shu o`yinchilarni tarbiyalashdan iboratdir. Ularda o`yin va munosabat intizomini shakliantirish, hamkorlik, bir-birlarini qo`liab-quvvatlash, o`zaro hurmat, odob va ma`naviy xislat va tuyg`ularni uyg`otish hakamlarning burchidir. Albatta hakam musobaqa qoidalariga, umuman voleybolga oid barcha yangilik, so`nggi ma`lumotlardan xabardor bo`lishi darkor. Musobaqa nizomini, o`yinlar o`tkaziladigan joylarning shart-sharoitini, meteorologik va moddiy-texnika imkoniyatlarini va hokazo masalalarni bilishi shart. Hakamni obro`yi - uni kasbiy malakasida, bilimida va ayniqsa odil, adolatli hakamlik qilishidadir. O`yinchilar o`yin intizomini buzganda, musobaqa qoidalariga rioya qilmay hakam bilan tortishsa, ularga jazo berish o`z vaqtida amalga oshirilishi zarur. Jazo «ayb»ga yarasha bo`lishi shart. Bordiyu hakam xatoga yo`l qo`ysa, u o`z vaqtida bu xatoni bo`yniga olishi kerak va adolatni tiklashi zurur. Hakam nafaqat o`yin davomida o`z odobi bilan namuna bo`lishi, balki u boshqa joylarda ham o`zini tuta bilishi kerak. Hakamlar birinchi hakam (minbardagi hakam); Ikkinchi hakam; hakam-kotib; - axborot beruvchi hakam; - 4 ta chiziq hakamlari; - 6 ta to`p uzatib turuvchilar Download 28.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling