Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Belgilar Operatorlar
Download 482.11 Kb.
|
Excel haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yacheykaga formulalarni kiritishning ikkita usuli mavjud
- Yacheykalardagi malumotlarni boshqa ishchi jadvallarga yuborish (o’tkazish)
- Nazorat uchun savollar
— Diapazon va yacheykalarga yuborish — kerakli ma'lumotlarni saqlovchi diapazon va yacheykalar nomi yoki manzili ko’rsatiladi. Masalan: D10 yoki A1:YE8. — Sonlar. — Ishchi jadval funksiyalari. Masalan, СУММ. Agar formula yacheykaga kiritilsa, unda yacheykada kiritilgan formula asosidagi xisob-kitob natijasi ko’rinadi.Lekin formulaning o’zi tegishli yacheyka faollashtirilsa formulalar qatorida paydo bo’ladi. Formulalar xar doim «=» belgisi bilan boshlanadi. Ushbu belgi yordamida MS EXCEL matn va formulalarni farqlaydi. Yacheykaga formulalarni kiritishning ikkita usuli mavjud: 1. Formulani klaviatura orqali kiritish: «=» belgisini quyib, keyin formulalar kiritiladi. Kiritish paytida belgilar formulalar qatorida xamda faollashgan yacheykada paydo bo’ladi. Formulalarni kiritishda odatdagi taxrirlash tugmalaridan foydalanish mumkin. 2. Yacheykalar manzilini ko’rsatish yuli bilan formulalar kiritish: Bu usulda xam formulalar klaviaturadan kiritish orqali, lekin kamroq foydalangan xolda amalga oshiriladi. Ushbu usulda yacheykalar manzilini kiritish urniga ular ko’rsatiladi, xolos. Masalan, A3 yacheykaga =A1+A2 formulasini kiritish uchun quyidagilarni bajarish kerak. 3· jadval kursori A3 yacheykaga utkaziladi; 4· «=» belgisi kiritiladi. Formulalar qatori yonida «kiritish» (vvod) yozuvi paydo bo’ladi; 5· sichqoncha kursatkichi A1 yacheykaga olib boriladi va chap tugmachasi bosiladi. Natijada yacheyka ajratib ko’rsatiladi, ya'ni uning atrofida xarakatlanuvchi ramka (rom) paydo bo’ladi. A3 yacheykasi formulalar qatorida — A1 yacheyka manzili ko’rindi. Xolat qatorida esa «Укажите» (Ko’rsating) yozuvi paydo bo’ladi: 6· «+» belgisi kiritiladi. Natijada xarakatlanuvchi rom yuqolib, yana «Ввод» (Kiritish) suzi chiqadi; 7· sichqoncha kursatkichi A2 yacheykaga o’tkaziladi va tugmachasi bosiladi. Formulaga A2 yacheyka qo’shiladi; 8· ENTER tugmasini bosish bilan formulani kiritish yakunlanadi. Yacheyka manzilini ko’rsatish usuli klaviatura yordamida kiritish usulidan oson va tez bajariladi. Formulalarni boshqa ishchi jadvallar yacheykalariga xam yuborish mumkin, boshqacha aytganda, formulalar bir necha joyda takrorlanishi mumkin.Hattoki, boshqa ishchi kitobdagi ishchi jadvallarda xam.Buning uchun EXCELda maxsus yozuv ishlatiladi. Yacheykalardagi ma'lumotlarni boshqa ishchi jadvallarga yuborish (o’tkazish) Joriy ishchi kitobdagi ma'lumotlarni boshqa ishchi kitobdagi yacheykaga yuborish quyidagi usullardan foydalanib amalga oshiriladi: Joy nomi.Yacheyka manzili.[3] Boshqacha qilib aytganda, yacheyka manzili oldiga joyning nomi undov belgisi bilan quyiladi. Masalan, =A1*лист1!A2 Bu formulada joriy ishchi jadvaldagi A1 yacheyka qiymati A2 yacheyka qiymatiga ko’upaytiriladi va «Лист2» ishchi varaqida joylashadi. Agar junatishda ishchi jadvalning nomi bir yoki bir nechta bo’shliqni o’z ichiga olsa, jadvalning nomi bittali qo’shtirnoq ichiga olinib ko’rsatiladi. Nazorat uchun savollar Elektron jadvallari qaysi maqsadlarda ishlatiladi? Elektron jadvallar asosan qaysi sohalarda qo‘llaniladi? Microsoft Excel elektron jadvalida nechta ustun bo‘lishi mumkin? Piktogrammalar guruhini sanab bering? Jadvalga rasm kiritish uchun qanday ishlar bajariladi? 1Introduction to Software for Chemical engineers. Mariano Martín Martín. CRC Press is an imprint of the Taylor & Francis Group, an information business. London, New York. 2010. 2Introduction to Software for Chemical engineers. Mariano Martín Martín. CRC Press is an imprint of the Taylor & Francis Group, an information business. London, New York. 2010. 3Introduction to Software for Chemical engineers. Mariano Martín Martín. CRC Press is an imprint of the Taylor & Francis Group, an information business. London, New York. 2010. Download 482.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling