Xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati ilovalar kirish
Xorijiy davlatlar tajribasi
Download 118.52 Kb.
|
Mundarija kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Industrie4.0
- Rivojlangan davlatlarda elektron savdo darajasi 5
- Barcha savdaoda oziq-ovqat elektron savdosining ulushi
- Huawey va Oxford Economics
3. Xorijiy davlatlar tajribasi
Ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish resurlarini boshqarish texnologiyalarini rivojlantirish, jumladan, ulardan virtual foydalanish manfaatlarida, raqamli iqtisodiyot infratuzilmalarini yaratish va o‘zgartirish davlat daturlariga binoan bajariladi: Germaniyada Industrie4.0, AQSHda Advanced Manufacturing Technology, Xitoyda esa asosiy e’tibor ilg‘or texnologiyalar joriy qilish, sifat va innovatsiyalarga qaratiladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish strategik konsepsiyasi, Buyuk Britaniyada Innovate UK, Avstraliyada National Digital Economy. IoT-platformalar yaratish va joriy qilish bo‘yicha loyihalar, amaliy dastur servislari ishlab chiqish Rossiyada ham amalgi oshirilmoqda. Internet tashabbuslarni rivojlantirish jamg‘armasi internetni rivojlantirish yo‘l xaritasini ishlab chiqdi hamda buyumlar internet Assotsiatsiyasini ta’sis etdi. Rosstandart doirasida faoliyat ko‘rsatadigan «Kiberfizicheskiesistemi» standartlashtirish bo‘yicha yangi texnik qo‘mita faoliyati doirasida buyumlar interneti sohaida standartlar ishlab chiqish va qabul qilish rejalashtirilgan. Rivojlangan davlatlarda elektron savdo darajasi5 (01.01.2016 holati)
Elektron hukumatdan raqamli hukumatga davlat miqyosidagi ma`lumotlarning foydalanilishi aholi, biznes va hukumat uchun samaradorlikni oshirishda yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Ijtimoiy tarmoqlar mamlakat hukumatlari tomonidan fuqarolar bilan to`g`ridan aloqani yo`lga qo`yilishida keng foydalanilmoqda (3-rasm). Tadqiqotlar shuni ko’rsatayaptiki, information texnologiyalarga kiritilgan investitsiyalardan tushadigan asosiy foyda iqtisodiyotga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Misol sifatida shuni ko’rsatish mumkin: 2017 yili Huawey va Oxford Economics birgalikda Digital Spillover (raqamli ta’sir) hisobotini taqdim etdilar. Ushbu hisobotda raqamli texnologiyalar uchun bir AQSH dollarliga teng bo’lgan har bir investitsiya oxirgi 30 yil ichida YIM ning 20 AQSH dollarigacha ko’tarilganini ko’rsatdi. Raqamli texnologiyalar uchun investitsiyalarni uzoq muddatdagi qaytaruvi (ROI – return of investment) an’anaviy investitsiyalardan 6,7 barovar ko’proqqa, raqamli iqtisodiyot esa o’rtacha dunyo YIM tarkibida 2,5 barovarga o’sdi. Download 118.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling