Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Epiteliy to‘qimasining umumiy xarakteristikasi


Ko`p qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliy


Download 0.97 Mb.
bet9/9
Sana27.02.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1233962
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
epiteliy toqimasi kop qavatli va be

Ko`p qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliy. Bu epiteliy terining epidermis qavatini tashkil qiladi. U bir necha qavat joylashgan hujayralardan tuzilgan. Morfofunksional xususiyatlariga qarab 5 ta qavat tafovut qilinadi: bazal qavat, tikanaksimon hujayralar qavati, donador, yaltiroq va muguz qavatlar (54-rasm).
Bazal va tikanaksimon hujayralar qavati ko`p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliydagi birinchi va ikkinchi qavatlarning tuzilishiga o`xshaydi.
Donador qavat sitoplazmasi keratogialin donachalarini tutuvchi yassi hujayralardan tashkil topgan. Keratogialin fibrillyar oqsil bo`lib, u keyinchalik keratinga aylansa kerak.
Yaltiroq qavat asosan kaft va tovon terisida uchraydi. Bu qavat yadro tutmagan, sitoplazmasi oqsil modda - eleidin bilan to`lgan 3-4 qavat yassi h u j a y r a l a r d a n iborat. Eleidin yaxshi bo`yalmaydi, lekin kuchli nur sindirish xususiyatiga ega. Shuning uchun hujayralar chegarasi anits bilinmaydi va bu qavat preparatda rangsiz yaltiroq tasma holida ko`rinadi. Yaltiroq qavat hujayralari muguz tangachalar hosil bo`lishidagi bir holatdir.
Muguz qavat yassi muguz tangachalardan iborat. Ularning tarkibida havo pufakchalari va muguz modda-keratin bo`ladi. Hujayralarning muguz tangachalariga aylanishi ularning nobud bo`lishi bilan boradi. Yadro va sitoplazma organellalari parchalanadi, yaltiroq qavat bor joyda eleidindan, boshqa qismlarda esa tonofibrilla materialidan keratin hosil bo`ladi. Yassi muguz tangachalar doimo tushib, uning o`rniga pastki qavatdagi hujayralar siljib keladi. Buning hisobiga epiteliy doimo tiklanib turadi. Bazal va tikanaksimon hujayralar bo`linib, ko`payib differentsiallashadi hamda muguzlanish protsessiga uchraydi va tushib ketadi, uning o`rnini boshqa hujayralar to`ldiradi. Bu jarayon fiziologik regeneratsiya deyiladi.
Uzgaruvchan epiteliy. Uzgaruvchan epiteliy siydik yo`llarining, buyrak kosachasi va jomi, siydik pufagining ichki yuzasini qoplab turadi (55-rasm). A’zolarning siydik bilan to`lgan va to`lmaganligiga qarab epiteliy qavati o`z shaklini o`zgartirib turadi. Uzgaruvchan epiteliyda 3 qavatni farq qilish mumkin: bazal, oraliq va yopqich qavatlar. Bazal qavat mitoz yo`li bilan ko`payadigan mayda hujayralardan iborat. Bular kambial, differentsiyallashmagan, sitoplazmasi bazofil bo`yaladigan hujayralardir. Hujayra shakli turlicha bo`lib, chegarasi aniq ko`rinmaydi. Oraliq qavat hujayralari bir yoki bir necha qavat hujayralardan iborat bo`lib, noto`g`ri yoki noksimon shaklga ega. Yopqich qavat noksimon shakldagi ko`p yadroli yirik hujayralardan tashkil topgan.

55-rasm. O`zgaruvchan epiteliy (sxema). A - siydik pufagi devorining cho`zilmagan holati; B-siydik pufagi devorining cho`zilgan holati.
1-o`zgaruvchan epiteliy; 2-biriktiruvchi to`qima (Yu. I. Afanasyevdan, 1989).
A’zo siydikka to`lib, devori taranglashganda epiteliy yupqalashadi, organ qisqarganda esa epiteliy hujayralarining bir-birining ustiga chiqishi natijasida u qalinlashadi va ko`p qavatli ko`rinishga ega bo`lib qoladi. Yuqoriga ko`tarilgan hujayralar bazal membrana bilan aloqani saqlab qoladi. A’zo devori qayta taranglashganda epiteliy hujayralari o`z joyiga tushadi va yassilanadi.
Epiteliy to’qimasining regeneratsiyasi
Epiteliy to`qimasi qoplovchi to`qima bo`lganligi uchun turli tashqi ta’sirlarga uchraydi. Shu sababli epiteliy hujayralari juda tez halok bo`ladi. Sog`lom odamda og`iz bo`shlig`i epiteliy-sida 5 minut davomida 500 ming, ichakda esa bir sutkada 3 milliard epiteliy hujayralari tushib ketadi. Hujayralarning juda tez va ko`plab o`lishi mitoz yo`li bilan bo`linadigan kam differensiallangan hujayralar hisobiga tiklanadi.

Xulosa
Epiteliy to'qimalari turli funktsiyalarni bajaradi - so'rilish, chiqarish, tirnash xususiyati, sekretsiya. Tana bezlarining ko'p qismi epiteliy to'qimasidan qurilgan. Epiteliy to'qimalari, ayrim istisnolardan tashqari, o'z qon tomirlariga ega emas, epiteliyda metabolizm faqat aylanma limfa orqali sodir bo'ladi; shuning uchun subepitelial qatlamning qon tomirlaridan bu erga kiradigan to'qima sharbatlari bilan to'yingan pastki qatlam bilan hujayralarning aloqa yuzasida mumkin bo'lgan eng katta o'sish talab qilinadi. Shunday qilib, barcha mikrob qatlamlari epiteliya to'qimalarining rivojlanishida ishtirok etadi: ektoderma, mezoderma va endoderma. Epiteliya to'qimalarining asosiy umumiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
1) Epiteliya hujayralari bir-biriga mahkam o'rnashib, turli kontaktlar (desmosomalar, yopish tasmasi, yopishtiruvchi bantlar, bo'shliqlar yordamida) bilan bog'langan.
2) Epiteliy hujayralari qatlam hosil qiladi. Hujayralar orasida hujayralararo modda yo'q, lekin juda nozik (10-50 nm) membranalararo bo'shliqlar mavjud. Ular membranalararo kompleksni o'z ichiga oladi. Hujayralarga kiradigan va ular tomonidan chiqariladigan moddalar bu erga kirib boradi.
3) Epiteliy hujayralari bazal membranada joylashgan bo'lib, ular o'z navbatida epiteliyni oziqlantiradigan bo'sh biriktiruvchi to'qimalarda yotadi. Qalinligi 1 mkm gacha bo'lgan bazal membrana tuzilishi bo'lmagan hujayralararo modda bo'lib, u orqali ozuqa moddalari asosiy biriktiruvchi to'qimada joylashgan qon tomirlaridan keladi. Bazal membranalarning hosil bo'lishida epiteliy hujayralari ham, bo'sh biriktiruvchi to'qima ham ishtirok etadi.
4) Epiteliy hujayralari morfofunksional qutblanish yoki qutbli differentsiatsiyaga ega. Qutbli differentsiatsiya - hujayraning yuzaki (apikal) va pastki (bazal) qutblarining turli tuzilishi. Masalan, ayrim epiteliylar hujayralarining apikal qutbida plazmolemma villi yoki kirpiksimon kiprikchalarning so‘ruvchi chegarasini hosil qiladi, yadro va ko‘pchilik organellalar bazal qutbda joylashgan.
Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling