Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Download 91.53 Kb.
bet2/12
Sana13.05.2023
Hajmi91.53 Kb.
#1456313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kursh ishi Sohiba

Kurs ishi mavzusining obyekti – bu xalqaro moliya bozorlari va moliya bozorlariga munosabat hamda bank tizimida xorijiy valyutada beriladigan kreditlar bo’lsa, predmeti esa – bu bank tizimida xorijiy valyutadagi kreditni joriy etish va xorijiy kreditning bozordagi ulushini oshirish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Bu kurs ishining asosiy maqsadi mamlakatga xorijdan kirib kelayotgan sarmoyaning xorijiy valyutadagi kredit koʻrinishidagilarini koʻrib chiqish va rivojlantirish chora tadbirlarini tahlil qilish,xorijiy kapitalning samaradorlik darajasini tahlil qilish,chet el tijorat banklari bilan munosabatlarni yaxshi va bardavom yoʻlga qoʻyish,moliyalashtirilgan loyihalar boʻyicha mehnatga layoqatli ish bilan ta’minlanmagan aholini ish bilan ta’minlash, ish bilan ta’minlanmagan aholini ish faoliyatini olib borishga koʻmaklashish va unga munosib shart sharoilarini yaratib berish va mamlakat iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashni tahlil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun kurs ishi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:
- xalqaro moliya bozorida xalqaro kreditlarning oʻrni, ahamiyati va oʻziga xos xususiyatlarini yoritib berish;
- Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy kreditlar jalb qilish samaradorligini tahlil qilish;
- Oʻzbekistonda xorijiy kredit liniyalari orqali iqtisodiyotni moliyalashtirish imkoniyatlarini tahlil qilish;
- xalqaro kreditlarning afzalliklari va mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’sirini o‘rganib chiqish.
Kurs ishining tuzilmaviy tarkibi. Bu kurs ishi kirish, 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.


  1. Хalqaro kredit bozorida xorijiy bank kreditlarining oʻrni, ahamiyati va oʻziga xos xususiyatlari

Xalqaro kredit munosabatlari odatda milliy va mintaqaviy iqtisodiy-ishlab chiqarish jarayonlarini samarali rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Xalqaro kredit qaytarib berishlik, muddatlilik, ta‘minlanganlik hamda komission va foiz toʻlovlari shartlari asosida tovar va valyuta resurslari taqdim etish bilan bog‘liq. Xalqaro kredit jahon moliya bozoridagi valyuta, fond, sug‘urta operatsiyalarining xalqaro hisobkitoblari bilan bog‘liq boʻlib, kapital aylanmasining barcha bosqichlarida ishtirok etadi.
Kredit munosabatlarini tashqi sohasini 4 ta darajaga ajratish mumkin: jahon (global), xalqaro (international), mintaqaviy munosabatlar va alohida davlatlarning tashqi kredit faoliyati.
Xalqaro kredit munosabatlarini tashkil etish shakli jahon kredit tizimi hisoblanib, u milliy va mintaqaviy kredit tizimlari, transmilliy banklar va xalqaro moliya-kredit institutlaridan tashkil topadi.
Jahon kredit tizimining obyektiv asosiga ega boʻlgan elementlari quyidalardan iborat:
- xalqaro ssuda kapitali;
-xalqaro kredit munosabatlarini tartibga soluvchi organlar;
- xalqaro kredit munosabatilari ishtirokchilari;
- xalqaro kredit shakllari;
-xalqaro kredit shartlari.
Xalqaro kredit bozori xalqaro moliya bozorining muhim segmenti hisoblanib, uning mavjudligi moliyaviy globallashuvning muhim omillardan biri hisoblanadi. Zamonaviy iqtisodiyotga xos boʻlgan qarz xarakteri, ya‘ni ichki resurslar taqchilligini boshidan kechirayotgan jahon moliyaviy aloqalarida globallashuv jarayonlarini tezlashuviga olib keldi.
Xalqaro kredit bozoridan kreditlarni sotish va sotib olish obyekti boʻlib, xorijdan jalb qilingan yoki xorijiy davlat yuridik va jismoniy shaxslariga berilgan qarz (ssuda) kapitali (kredit) hisoblanadi. Xalqaro kredit bozorining subyektlari sifatida davlatlar, xalqaro moliya tashkilotlar, yuridik shaxslar (banklar, kompaniyalar, transmilliy kompaniya va banklar, markaziy banklar, birjalar, moliyaviy fondlar, pensiya fondlari, ssuda jamg‘arma muassasalari, investitsion fondlar), shuningdek, xususiy shaxslar. Funktsional nuqtai nazardan xalqaro kredit bozori–bu takror ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligi va rentabelligi maqsadida mamlakatlar oʻrtasida kreditni akkumulyatsiya hamda qayta taqsimlovchi bozor munosabatlari tizimidir.2
Xalqaro kredit bozorining xarakterli xususiyatlari:
- xalqaro kredit bozori banklararo depozitlarni tashkil etish yoʻli orqali kredit operatsiyalar hajmini ortishi bilan depozitlar oʻrtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi samarali kredit multiplikator–koeffitsienti.
-xalqaro kredit bozorining makon va vaqtning aniq chegarasiga ega emasligi.
-xalqaro kredit bozorining institutsional xususiyati shundaki, bunda kreditlarni sotish va sotib olishni amalga oshiruvchi moliya muassasalarini (xususiy firma va banklar, TMK, TMB, fond birjalari davlat korxonalari, markaziy banklar, davlatlar va munitsipal organlar, xalqaro moliya institutlari) mavjudligi.
-xalqaro kredit bozoridagi qarz oluvchilarga cheklovlar mavjudligi. Bu bozordagi asosiy qarz oluvchilar boʻlib, TMK, hukumatlar va xalqaro moliya tashkilotlari hisoblanadi.
-xalqaro kredit bozorida yetakchi davlatlarning valyutalari va xalqaro valyuta birliklaridan (bozorda AQSh dollari, yevro, iena yetakchi valyutalar hisoblanadi) foydalaniladi.
- xalqaro moliya bozorining universalligi-bu bozorda kredit, valyuta, hisob-kitob, kafolat, konsalting va boshqa operatsiyalar amalga oshiriladi.
- xalqaro kredit bozori uchun eng oxirgi kompyuter texnologiyalar orqali kelishuvlarni bajarish jarayonlaridagi soddalashtirilgan standartlashgan tartib taomillar.
Xalqaro kredit global iqtisodiyotdagi qarz mablag‘lari harakati oʻziga xosligini aks etuvchi quyidagi bir qator funktsiyalarni bajaradi:
• kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlarini ta‘minlash maqsadida ssuda kapitalining davlatlar oʻrtasida transchegaraviy qayta taqsimlash;xalqaro kredit milliy foyda normalarini jahondagi oʻrtacha normalariga baravarlashuvini rag‘batlantiradi;
• haqiqiy pullarni kredit pullarga almashtirish yoʻli bilan xalqaro hisob-kitoblarda muomala xarajatlarini tejash, naqd pulsiz hisob-kitoblarni tezlashtirish va rivojlantirish, naqd valyuta aylanmasini xalqaro kreditga oʻzgartirishlar (xalqaro kreditlar bazasida xalqaro hisob-kitoblardagi kredit resurslari paydo boʻlgan: veksel, chek, bank oʻtkazmalari, depozit sertifikatlari);
• kapital kontsentratsiyasi va markazlashuvini tezlashtirish; tashqi qarzlarni jalb qilinishi ortiqcha qiymatni kapitallashuv jarayonlarini tezlashtiradi, shaxsiy jamg‘armalar chegarasini kengaytiradi, TMK va TMB larning aktsionerlik kapitalini tashkil topish jarayonlarini rag‘batlantiradi;
• xalqaro kredit butun global moliya bozorini tartibga soluvchi instrument va shu bilan vaqtning oʻzida tartibga solish obyektini oʻzida aks ettiradi.
Xalqaro kredit turli funktsiyalarni bajarish orqali, moliya bozori va moliyaviy globallashuv jarayonlarida ikki tomonlama- ijobiy va salbiy rol oʻynaydi.
Xalqaro kreditning xalqaro valyuta-kredit va moliya bozorida ijobiy roli quyidagilardan iborat:
- milliy takror ishlab chiqar jarayonlarini kengaytiradi va tezlashtiradi;
-mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatini, birinchi navbatda tashqi savdo, kapitalning xalqaro harakatini, xalqaro xizmatlarni (qurilish, ta‘lim, fan, sug‘urta va boshqalar) rag‘batlantiradi;
- kreditor-mamlakat kompaniyalari raqobatbardoshligini oshirish vositasi sifatida xizmat qiladi;
-xorijiy xususiy investitsiyalarga qulay sharoit yaratadi, bu odatda kreditormamlakat investorlariga beriladigan imtiyozlar bilan bog‘liq;
-xalqaro moliya bozorining boshqa segmentlarini rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratadi;
-xalqaro moliya bozorining valyuta segmentidagi valyuta va hisob-kitob operatsiyalarini uzluksizligini ta‘minlaydi;
-mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatini barcha yoʻnalishlarini iqtisodiy samaradoligini oshiradi.
Xalqaro kredit moliyaviy globallashuv jarayonlarida xalqaro valyuta-kredit va moliya bozori, milliy bozor iqtisodiyotini rivojlanishidagi salbiy roli quyidagilarda koʻrinadi:
-iqtisodiyotdagi nomutanosiblikni kuchaytiradi, chunki xalqaro kredit foyda normasi yuqori tarmoqlar rivojlanishini tezlashtirib, tashqi moliyalashtirish uchun jozibador boʻlmagan sohalarni rivojlanishini orqaga tortadi;
-ta‘minot va kapital bozori uchun davlatlar oʻrtasidagi kurashni keskinlashtiradi;
-pul muomalasi, valyuta tizimi va toʻlov balansining barqarorligini izdan chiqaradi;
-tashqi qarz inqirozini keltirib chiqaradi.
Mamlakatning tashqi kredit siyosati kreditor-mamlakatning moliya bozoridagi pozitsiyasini mustahkamlash vositasi boʻlib xizmat qiladi. Birinchidan, xalqaro kreditlar kreditor-mamlakatlar uchun daromad manbai boʻlishidan tashqari, shu bilan bir vaqtda tashqi qarz boʻyicha toʻlovlar qarzdor-mamlakatga salbiy ta‘sir etadi. Ikkinchidan, xalqaro kredit kreditor-mamlakat uchun qarzdor-mamlakatda qulay iqtisodiy va siyosiy rejimni yaratilishi va mustahkamlanishiga olib keladi. Yetakchi davlatlar tomonidan ma‘lum mamlakatlarga nisbatan kredit diskriminatsiyasi va kredit blokadalari siyosatini qoʻllaniladi.

Download 91.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling