Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Kirish Kurs ishining bugungi kundagi dolzarbligi


O`zbekiston banklari va pul-kredit siyosati moliyaviy operatsiyalari


Download 0.57 Mb.
bet5/7
Sana12.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1265586
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi makroiq

4. O`zbekiston banklari va pul-kredit siyosati moliyaviy operatsiyalari
Pul-kredit siyosati davlatning iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi bo’lib muomiladagi pul massasi, kredit hajmi, foiz stavkalari darajasi va boshqa pul muomilasi kursatkichlarini o’zgartirishi bilan ishlab chiqarish hajmini o’sishi va pasayishiga moslab pul ta’minotini yo’lga quyadi.
Bunda tijorat banklar faoliyati nazorati quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi:

  • Davlat nazorati – bank tizimidagi qonunchilik asosida, chunki hamma banklar, shu jumladan Markaziy bank ham qonun asosida faoliyat ko’rsatadi.

  • Yuqori tashkilot nazorati, ya’ni Markaziy bank tomonidan.

  • Mustaqil tashkilot tomonidan – auditorlik tashkiloti va boshqalar.

Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga ham kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug’ildi.
Bank tizimini qayta qurish:
- ikki pog’onali bank tizimini vujudga keltirish. Markaziy imission bank va bevosita xo’jalik subyektlariga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;
- ixtisoslashtirilgan banklarni to’laligicha xo’jalik hisobiga va o’z-o’zini moliyalashga utkazish;
- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo’ladigan kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalarni o’z ichiga oladi.
O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich yo’lini tanlagani bois bank tizimi taraqqiyoti ham quyidagi bosqichlarga ega:
Bank tizimiga chet el sarmoyasi keng jalb qilina boshlandi va 2006 yilning boshiga 5 ta bank chet el kapitali ishtirokida faoliyat kursatmokda. Bulardan tashqari xalq xo’jaligiga 3 ta bank davlat mulki asosida. 12 ta aksiyador-tijorat va 9 ta xususiy bank xizmat ko’rsatmokda.
Shu bosqichda bank tizimini islox qilish respublika komissisiyasi to’zildi, mijozlarga xizmat kursatish sifati oshirildi, kichik va o’rta biznesni yanada rivojlantirishga, ichki nazorat ta’sirchanligini oshirishga e’tibor qaratildi.
Bank tizimi rivojlanishining to’rtinchi bosqichi 2001 yildan boshlandi va uning asosiy xususiyatlari bo’lib kuyidagilar hisoblanadi:
1. Banklar faoliyatini yanada rivojlantirish asosida aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchi mustahkamlandi. Agar 2004 yilni boshiga tijorat banklar kapitali 791 mlrd so’mdan 2005 yilni boshiga 824,1 mlrd. so’mga, ya’ni 104,2% ga oshgan bo’lsa, shu davrda axolining banklardagi pul jamgarmalari (yangi omonat turlari, yukori foizlar va boshqalar xisobiga) 244,7 mlrd. so’mdan 322,6 mlrd. so’mga yoki 131,8 foizga oshdi, 2005 yilni boshiga esa banklardagi aholi jamg’armalari 450 mlrd. so’mga yetdi.
2. Tijorat banklarining xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznes subyektlariga ko’rsatgan yordami ortdi. Ma’lumki, kichik tadbirkorlik subyektlarining soni yil sayin oshib bormoqda va ularni soni 1.01.2004 yilga 235,4 ming tani tashkil etadi. 2005 yilda kichik biznes subyektlariga berilgan kredit 419,9 mlrd. so’mni tashkil etib shundan 287,4 mlrd. o’zoq muddatli kreditni tashkil etadi. Kichik biznes subyektlarining YaIMdagi ulushi 2005 yilda 38 foizni tashkil etdi, 2006 yilni rejasiga ko’ra uni 45 foizga yetishi muljallangan.
3. Valyuta munosabatlarini erkinlashtirish bo’yicha ishlar jadallashtirildi. Bu bosqichda milliy valyutani erkin ayirboshlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi va 2003 yil 15 oktyabridan boshlab joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi.
Valyuta munosabatlarini takomillashuvi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003 yil 11 dekabridagi 557 son qarori bilan «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuniga o’zgartirishlar kiritildi.
Shu asosda respublikamizda bank tizimini taraqqiy etishi va takomillashuvi davom etmoqda.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi «Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega.
Universal banklar turli xil bank operasiyalari: depozit, kredit, xisob, foiz, vositachilik va boshqa operasiyalarni bajaruvchi bank hisoblanadi.
Chet el banklari vakillik bo’limlari – banklar o’rtasidagi an’anviy aloqalarni turi bo’lib, xalqaro banklar o’rtasidagi munosabatlar bo’yicha boshqa davlatlar bankida ochiladigan bo’limlaridir.
Dastlabki banklar qachon va qanday paydo bo‘lganligini aniqlash ancha qiyinchilik tug‘diradi. Gap shundaki, hozirgi davrda banklar faoliyati xususiyatidan kelib chiqib turlicha bo‘lgan operatsiyalarni bajaruvchi universal moliyaviy tashkilotlarni o‘zida namoyon qiladi. Masalan, birinchi darajali toifaga kiruvchi chet el banklari o‘z mijozlariga 300 dan ortiq turli xil xizmatlarni ko‘rsatadilar. Bu operatsiyalarning va xizmatlarning barchasi bir vaqt va bir joyda paydo bo‘lmaganligi sababli ham bank ishining “boshlang‘ich” nuqtasini aniqlash aniq tadqiqotlar olib borishni va ular asosida ma’lum bir fikrlarni mujassamlashtirishni talab qiladi. Banklarning paydo bo‘lishi tarixi bo‘yicha ba’zi bir fikrlar to‘g‘risida siz tushunchaga egasiz.
Pulni saqlash va ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar yig‘ilgan boyliklar - pullar samarasiz, harakatsiz yotganini tushunishar va agar mavjud mablag‘larning hech bo‘lmaganda bir qismini bo‘lsa ham vaqtinchalik foydalanishga berilsa, sezilarli foyda olish mumkinligini bilishar edi. SHunday qilib, garov asosida pullarni ma’lum muddatga qaytarish va foiz to‘lash shartlari bilan berishayotgan ssuda (kredit) operatsiyalari paydo bo‘lgan. Bunda garov sifatida uylar, kemalar, qimmatbaho buyumlar, chorva mollari, qullar qabul qilingan.
Bank tizimiga xususiy kapitalni jalb etish bilan birga, banklarni korporativ boshqarish tizimini yanada mustahkamlashga doir chora-tadbirlar ham amalga oshirildi. Xususan bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik tijorat banklarini faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 1998 yil 2 oktyabrdagi Farmonining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur farmon tijorat banklarini boshqarishda aksiyadorlarning va bank kengashining rolini oshirishga doir chora-tadbirlar majmuini belgilab berdi.
Ushbu farmon asosida amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimizda har tomonlama mustahkam bank tizimi, xalqaro andozalarga mos keluvchi zamonaviy bank nazorati va banklar faoliyatini tartibga solishning samarali mexanizmi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1999 yil 15 yanvardagi Qaroriga asosan bank tizimini barqarorligini safarbar etish, iqtisodiyotni kredit bilan ta’minlashda banklarning ishtirokini kengaytirish, bank xizmatlari sohasida raqobat muhitini rivojlantirish sohasida vazifalar belgilab berildi. 1991-2000 yillar mobaynida yuzaga keltirilgan bank tizimini yanada xalqaro andozalarga yaqinlashtirish maqsadida bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilish chora-tadbirlarining boshlanishi bank tizimi rivojlanishining to‘rtinchi bosqichini belgilab berdi. Bu bosqich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2000 yil 21 martdagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasinig «Bank tizimini isloh qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2000 yil 24 martdagi qarori qabul qilinishi bilan boshlandi.
Bu hujjatlarga asosan quyidagilar mazkur bosqichning asosiy vazifalari qilib belgilandi:
-bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, tijorat banklari mustaqilligini oshirish;
-bank tizimi va uning bo‘g‘inlari rivojlanishini rag‘batlantirish;
-bo‘sh turgan mablag‘larni bankka jalb qilish va omonatchilarning manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish;
-banklarning iqtisodiyotni aniq sektorida ishlayotgan korxonalarni, xususan dehqon, fermer xo‘jaliklarini hamda kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini kreditlash jarayonini kengaytirish;
-banklarni investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga aylantirish;
-banklarning mijozlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini shakllantirish;
-aholining bank-moliya tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish;
-xorijiy banklar va boshqa moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish, valyuta munosabatlarini erkinlashtirish va kengaytirish kabi vazifalar belgilandi.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshchiligida 37 tijorat banklarini o‘z ichiga oluvchi bank tizimi yuqorida belgilangan vazifalarni amalga oshirib, bozor islohotlarining faol qatnashchilari sifatida faoliyat olib bormoqda.
Shu asnoda aholi turmush darajasi va daromadlari to`g`risida tahlil o`tkazib ko`raylik.
Markaziy bank soʼrov natijalari boʼyicha oilaviy daromadlar tarkibi va undagi oʼzgarishlar guruhlarga boʼlib tahlil qilinganda, soʼrovnomada ishtirok etgan respondentlarning asosiy qismi – 35,0 foizi oʼrtacha 2-4 mln. soʼm oylik daromad ega ekanligini maʼlum boʼldi. Ushbu koʼrsatkich joriy yil I choragidagi soʼrovda 38,7 foizni tashkil etgan4 (1-rasm).
1-rasm
Uy xo‘jaliklarining daromad darajasi bo‘yicha tasniflanishi5

Respondentlarning 21 foizida oilaviy o‘rtacha oylik daromad 2 mln. so‘mgacha bo‘lib, ushbu guruh ulushi I chorakka (8 foiz) nisbatan sezilarli darajada o‘sgan. II chorakdagi so‘rovda mazkur kam daromadli guruh ulushining sezilarli o‘sishi karantin cheklovlari ta’sirida norasmiy sektor va xizmatlar sohasida ish joylarining qisqarishi hisobiga aholi daromadlarining kamayganligi bilan izohlanadi.
Shuningdek, o‘rtacha 4-6 mln. so‘m daromadga ega uy xo‘jaliklarining ulushi ham I chorakdagi 31 foizdan II chorakda 22 foizgacha pasaydi. So‘rovnomada ishtirok etgan jami respondentlardan 56 foizi pandemiya sababli oilaviy daromadlarining kamayganligini ta’kidlagan bo‘lsa, 15 foizi daromadsiz qolganligini bildirgan.
Shuningdek, respondentlarning 48 foizi pandemiya natijasida oilaviy jamg‘armalari kamayganligini, 28 foizi esa oilaviy jamg‘armasiz qolganligini ta’kidlagan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida 2020 yilning yanvar-iyun oylari uchun aholi jon boshiga daromadlar hajmi va hududiy inflyatsiya ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil I yarim yillikdagi aholi daromadlari va inflyatsiya darajasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar hududlar kesimida bir-biridan sezilarli farq qiladi.
2-rasm
Hududlar kesimida 2020 yil yanvar-iyun oylarida aholi jon boshiga daromadlar hajmi (mln. so‘mda)

Manba: Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
2020-yil I yarim yillikda respublika bo‘yicha aholi jon boshiga o‘rtacha daromad 5,2 mln. so‘mni tashkil etib, faqatgina Toshkent shahri, Navoiy, Buxoro va Toshkent viloyatlari aholisining o‘rtacha daromadlari ushbu o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan. Qolgan barcha hududlarda aholi jon boshiga o‘rtacha daromad respublika bo‘yicha o‘rtacha daromaddan kam bo‘lgan. 2020 yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda iste’mol narxlari indeksi 4,6 foizga teng bo‘ldi. Hududlar kesimida Toshkent shahri, Buxoro, Toshkent, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida inflyatsiya darajasi o‘rtacha respublika inflyatsiya darajasidan yuqori bo‘lgan. Daromadlari yuqori bo‘lgan hududlarda (Toshkent shahri, Buxoro va Toshkent viloyatlari) inflyatsiya darajasining ham yuqori bo‘lishi daromadlar oshishi va inflyatsiya darajasi o‘rtasidagi ijobiy bog‘liqlikni ko‘rsatadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling