Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. Kirish


Download 275 Kb.
bet1/10
Sana20.02.2023
Hajmi275 Kb.
#1215261
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi valyuta 2. Yangilangan




Reja:
Kirish.
1. Valyuta munosabatlarining va valyuta siyosatining asosiy tushunchalari va funktsiyalari
2.O’zbekiston Respublikasida tashqi savdosini rivojlantirishda valyuta siyosatining hozirgi holati va uning tahlili
3. O’zbekistonda valyuta siyosatini tartibga Solish usullarini takomillashtirish yo’llari
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.


Kirish
Bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq jarayonlarni boshqarishda, milliy valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriyhamda kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim rolo’ynaydi. U iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlash, ishsizlikning oldini olish va inflatsiyani jilovlash, to’lov balansining aktivligini saqlab turishda makroiqtisodiy siyosatning muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Oxirgi yillarda O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati jadal sur’atlar bilan rivojlanibbormoqda.
Xorijiy sarmoyalar ishtirokida yangidan-yangi qo’shma korxonalar vujudga kelib tashqi iqtisodiy faoliyatga qo’shilmoqda. Tabiiyki, mazkur tashqi iqtisodiy munosabatlar ishtrokchilari xorijiy sheriklari oldidagi majburiyatlarini bajarish uchunxorijiy valyutani sotish yoki sotib olishga kuchli ehtiyoj sezmoqdalar. Mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan va tashqi iqtisodiy faoliyat shakllanishida asosiy o’rinda turuvchi valyuta qonunchiligi doimo davomiy rivojlanish va takomillashishda bo’lmog’i lozim.
Mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Birjadan tashqari bozorni kengaytirish va rivojlantirish, tijoriy banklarning roli va mas’uliyatini oshirish hisobidan,milliy valyutamizni erkin muomaladagi valyutaga to’liq almashtirish (konvertatsiya qilish)masalasini yechish vaqti keldi. Bu tadbir mamlakatimizga kirib kelayotgan investitsiyalar hajmini oshirish garovi va kafolatidir”.Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish, tashqi iqtisodiy munosabatlarni jadallashtirish yo’lida yurtboshimiz buyruqlari va hukumatimiz qarorlaribosqichma-bosqich qabul qilindi.
Valyuta bozorini erkinlashtirish uchun Xalqaro Valyuta Fondi Bitimi VIII moddasiga muvofiq joriy valyuta operatsiyalari bo’yicha konvertatsiya yo’lga qo’yildi Jamiyat xo’jalik faoliyatining baynalmilallashuvi, bir turdagi milliy valyutalarni boshqa turdagi milliy valyutalarga almashinishiga ob’ektiv zarurat tug’diradi. Bunday zarurat, talab va taklifning ta’siri asosida valyutani o’ziga xos bahosi - valyuta kursi shakllanadigan maxsus bozorda tug’ilib, amalga oshadi. Mazkur bozor o’z ichiga, xorijiy valyutalarni bir-biriga ayirboshlash bilan bog’liq jami munosabadarni olgan holda, ularning mohiyati, hukmron valyuta tizimini xarakteri bilan belgilanadi.
Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda valyuta siyosati muhim o’rinni egallaydi. Valyuta siyosati milliy valytani barqaror saqlab turishda eng yaxshi vosita hisoblanadi.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari tizimida Markaziy bankning valyuta siyosatining iqtisodiyotga ta’siri kapitallarni eksport va import qilishni rag’batlantirishda namoyon bo’ladi. Buning mazmuni milliy valyuta kursini barqaror saqlab turish bilan belgilanadi. Milliy valyuta kursini barqaror ushlab turish uchun esa, hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankiga oltin - valyuta zaxiralarini boshqarish topshrilgan. So’mning nisbiy barqarorligiga faqat
Jahon miqyosida savdo-sotiq ishlarining o’sish sur’ati sezilarli darajada sustlashgani, eksport qilinadigan eng muhim tovarlarga nisbatan tashqi talabning kamayishi va narxlarning pasayishiga qaramasdan, biz tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldoga erishdik. Bu esa davlatimizning oltin-valyuta zaxirasini oshirish imkonini berdi1 .
Bugungi kunda davlat va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini pul bozori yoki valyuta bozori, undagi valyuta operatsiyalarining rivojisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shu sababli xorijiy valyutalar bilan bog’liq jahon tajribasini o'rganish O’zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakllanib borayotgan bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi.



Download 275 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling