Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. Kirish


Download 275 Kb.
bet8/10
Sana20.02.2023
Hajmi275 Kb.
#1215261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi valyuta 2. Yangilangan

4-jadval
Kassa asosida amalga oshiriluvchi valyuta bitimlari turlari.12

Kassa asosida amalga oshiriluvchi valyuta bitimlari turlari



Operatsiya bo‘yicha mablag‘ni
etkazib berish muddati

Bitim nomi

Ularning Qat’iy
belgilangan kursi

Bitim tuzilgan kun

TOD (TOD)
bitimi

TOD kursi (ing.
today - bugun)

Bitim tuzilgandan keyingi ish
kuni

TOM (TOM)
bitimi

TOM kursi (ing
tomorow - ertaga)

Bitim tuzilgandan bir ish kuni
(ya’ni ikkinchi kun) keyin

SPOT bitimi

SPOT (ing. spot –
naqd)

Valyuta operatsiyalari tasnifi

Nakd valyuta operatsiyalari

Muddatli valyuta operatsiyalari

SPOT


Forvard

Fyuchers

Opsion

Svop

Arbitraj

3. O’zbekistonda valyuta siyosatini tartibga solish usullarini takomillashtirish yo’llari.
Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasining valyutaga oid yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
valyuta kursi — chet el valyutasining O‘zbekiston Respublikasi valyutasiga nisbatan kursi;valyutani nazorat qilish — valyutani nazorat qiluvchi organlarning valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati;
valyuta operatsiyalari — valyuta qimmatliklariga bo‘lgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning o‘tishi bilan bog‘liq operatsiyalar, valyuta qimmatliklaridan to‘lov vositasi sifatida foydalanish, valyuta qimmatliklarini
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, jo‘natish va o‘tkazish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish, jo‘natish va o‘tkazish, rezidentlar va norezidentlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi valyutasidagi operatsiyalar;
valyutani tartibga solish — valyuta qimmatliklarining muomalada bo‘lish tartibini, valyuta qimmatliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish qoidalarini belgilash yuzasidan valyutani tartibga solish organining faoliyati;
valyuta qimmatliklari — chet el valyutasi, nominali chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog‘ozlar va to‘lov hujjatlari, norezidentlar tomonidan chiqarilgan, nominalga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar, sof quyma oltin;
chet el valyutasi — muomaladagi hamda chet davlat (chet davlatlar guruhlari) hududida naqd to‘lovning qonuniy vositasi bo‘lgan pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilayotgan yoki muomaladan chiqarilgan, ammo almashtirilishi lozim bo‘lgan pul belgilari, chet davlatlarning (chet davlatlar guruhlarining) pul birliklarida hamda xalqaro pul birliklarida yoki hisob-kitob birliklarida bank hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan mablag‘lar; chet el valyutasi bilan bog‘liq bo‘lgan hosilaviy moliya vositalari (valyuta derivativlari) — chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha shartnomalar bo‘lib, ushbu shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muayyan muddat o‘tgach yoki chet el valyutasining miqdoriga yoxud uning kursi o‘zgarishiga qarab amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi valyutasi (milliy valyuta) — O‘zbekiston Respublikasining pul birligi (so‘m). Valyutani tartibga solish hamda valyutani nazorat qilish tizimining yagonaligi; valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy choralarning ustuvorligi; rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi.
Oldingi tahrirga qarang. Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 132005-yil 28-maydagi 610-sonli “Ochiq valyuta mavqeyini yuritish Qoidalarining yangi tahririni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1497) qarang. umum e’tirof etilgan xalqaro amaliyotga muvofiq valyuta operatsiyalarining va tashqi sektorning statistikasini tayyorlaydi hamda e’lon_qiladi;
Rezidentlar va norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini monitoring qilish tartibini belgilaydi, shu jumladan valyutani nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi banklari uchun valyuta operatsiyalari hisobi va hisoboti shakllarini hamda ularni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi; tashqi sektor statistikasini tuzish uchun barcha rezidentlar va norezidentlar tomonidan taqdim etilishi majburiy bo‘lgan valyuta operatsiyalarining hisobi va hisoboti shakllarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi banklarining valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchiligiga rioya etishga doir faoliyatini tartibga solishni va nazorat qilishni amalga,oshiradi.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida valyuta operatsiyalarining barcha turlarini amalga oshirish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalarda valyuta kursi chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, shartnomaviy asosda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi valyutasining chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi. Markaziy bank chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibini belgilashda chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif asosida valyuta kursini aniqlash uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.
Markaziy bank valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik hisobotlar va boshqa hisobotlar maqsadlari uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun valyuta kursini muntazam ravishda belgilab boradi.
Valyuta tushumining kamayishiga sabab qilib qo‘yidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin:
5. Jahon iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishi;
6. Strategik markazlashgan eskport mahsulot (oltin, paxta va boshqalar)lariga bo‘lgan jahon narxlarining tushishi;
7. MDH mamakatlaridagi moliyaviy nobarqarorlik;
8. O‘zbekistonning asosiy an’anaviy savdo sherik davlatlardagi moliyaviy va iqtisodiy inqirozlar (masalan, Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi).
Valyutani tartibga solish va tashqi aloqalar departamenti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqil tuzilmaviy bo‘linmasi hisoblanadi. Departamentning tarkibiy tuzilmasi va shtatlar jadvali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
I. Departamentning asosiy vazifalari
Valyutani tartibga solish va tashqi aloqalar departamentning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- milliy valyutani barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
- Xalqaro moliya tashqilotlari, chet el banklari va boshqa moliya-kredit muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlanishiga ko‘maklashish;
- valyutani tartibga solishga doir qonunchilik amaliyotini o‘rganish va uni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
- valyuta munosabatlarini tartibga solishga doir qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
- vakolatli banklarning chet el valyutasidagi operatsiyalarni o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasiga valyuta resurslari tushumini ko‘paytirish va ulardan samarali foydalanish borasida amalga oshirayotgan amaliy chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish.
Departamentning asosiy funksiyalari
Valyutani tartibga solish va tashqi aloqalar Departamenti o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
- hukumatlararo va banklararo savdo, kliring hamda to‘lov bitimlari (shartnomalar, hamkorlik to‘g‘risida ahdnomalar)ning valyuta-moliyaviy shartlarini ishlab chiqadi va bunda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya etishga ko‘maklashadi;
- Markaziy bankning chet el banklari bilan o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi shartnoma va bitimlarning loyihalarini tayyorlaydi;
- xalqaro moliya tashqilotlari, chet el banklari hamda boshqa moliya-kredit muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashadi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya tashqilotlariga a’zoligi bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiradi;
- chet el delegatsiyalari bilan uchrashuvlarni tashqillashtiradi va ularning bayonnomalarini rasmiylashtiradi;
- O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- chetdan mablag‘ jalb qilishga doir operatsiyalarning hisobini yuritadi va uni kuzatib boradi;
- valyutani tartibga solishga doir chet el tajribasini va amaldagi qonunchilikni amaliyotda qo‘llanilishini o‘rganadi hamda uni takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va taqdim etib boradi;
- O‘zbekiston Respublikasida chet el valyutasi hamda chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlarining muomalasi tartibini belgilaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi hududidagi banklarda norezidentlar tomonidan milliy valyutada hamda rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish va ularni yuritish tartibini belgilaydi;
- rezident yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi banklarda hisobvaraqlar ochish tartibini belgilaydi;
- kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini ishlab chiqadi;
- valyutani tartibga solish masalalari bo‘yicha normativ hujjatlarni, shuningdek valyuta operatsiyalari to‘g‘risida hisobot taqdim etish tartibini ishlab chiqadi;
- milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash mexanizmini belgilash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
- vakolatli banklar uchun ochiq valyuta mavqe’i limitlarini belgilash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
- chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun banklarga litsenziyalar berishning umumiy qoidalarini belgilaydi;
- litsenziyalarni berilishi yuzasidan banklarning arizalarini ko‘rib chiqadi hamda ularning chet el valyutasida operatsiyalarni o‘tkazilishiga tayyorgarligi, belgilangan malakaviy va texnikaviy talablarga rioya qilishi holati to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi;
- vakolatli banklarning tashqi iqtisodiy aloqalarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga soladi, mazkur banklar tomonidan o‘z zimmalariga yuklangan vazifalar qoniqarsiz bajarilgan holatda ulardan ushbu litsenziyalarni chaqirib olish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
- respublikamiz hududida chet el kapitali ishtirokidagi banklar va chet el banklarining vakolatxonalarini tashqil etilishi, ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda akkreditatsiya qilinishi, shuningdek, xorijiy davlatlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakolatxonalari ochilishi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
- vakolatli banklar reestrini yuritadi va e’lon qiladi;
- qabull qilingan xalqaro standartlarga muvofiq valyuta operatsiyalari statistikasini tayyorlash va e’lon qilishda ishtirok etadi;
- «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Valyutani tartibga solish va tashqi aloqalar Departamenti to‘g‘risida»gi Nizomga asosan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasida olingan yoki sotib olingan valyuta qimmatliklariga ega bo‘lishga va ulardan o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishga;
-nosavdo tusidagi xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalarini amalga oshirishga;
-valyuta qimmatliklarini qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga, o‘tkazishga va jo‘natishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga, o‘tkazishga hamda jo‘natishga haqli.
Rezident yuridik shaxslar valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida: o‘z mulkida valyuta qimmatliklariga ega bo‘lishga; chet el valyutasini qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan o‘tkazishga haqli.
Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarni repatriatsiya qilish Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarni repatriatsiya qilish norezident majburiyatlarining quyidagilar orqali to‘liq yoki qisman bajarilishidir: norezidentning majburiyatlari bo‘yicha pul mablag‘lari yoki tovar kelib tushishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi);
-norezidentning majburiyatini bir turdagi qarshi talablarni hisobga olish yo‘li bilan tugatish; norezidentning tomonlar o‘rtasidagi mavjud dastlabki majburiyatini xuddi o‘sha shaxslar o‘rtasidagi boshqa predmetni yoki bajarish usulini nazarda tutuvchi o‘zga majburiyat bilan almashtirish yo‘li bilan tugatish; sug‘urta to‘lovlarini olish. Agar rezident norezidentga nisbatan talab qilish huquqidan boshqa rezident foydasiga voz kechsa, repatriatsiya qilish to‘g‘risidagi talabning bajarilishini ta’minlashga doir tegishli majburiyat talab qilish huquqini qabul qilgan rezidentga o‘tadi.
Rezident (norezident) tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarning repatriatsiya qilinishini ta’minlashi shart. Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarni repatriatsiya qilish muddati norezidentning majburiyatlari yuzaga kelgan sanadan e’tiboran 180 kundan oshib ketsa, mazkur operatsiya kapital harakatining operatsiyasi,sifatida,baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang. Tashqi savdo operatsiyalarining bajarilishi ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarning repatriatsiya qilinishini ta’minlamaganlik uchun javobgarlik Norezidentga to‘lov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan e’tiboran bir yuz sakson kun o‘tganidan keyin ko‘pi bilan qirq besh kunda (kichik tadbirkorlik subyektlari uchun to‘qson kunda) tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarni repatriatsiya qilishni ta’minlamagan rezidentlar respublika budjeti daromadiga: aktivlarni repatriatsiya qilish norezidentga to‘lov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan e’tiboran uch yuz oltmish kungacha kechikkanda — repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasining 5 foiziga teng miqdorda; aktivlarni repatriatsiya qilish norezidentga to‘lov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan e’tiboran uch yuz oltmish kundan besh yuz qirq besh kungacha kechikkanda — repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasining 10 foiziga teng miqdorda qo‘shimcha ravishda; aktivlarni repatriatsiya qilish norezidentga to‘lov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan e’tiboran besh yuz qirq besh kun va undan ortiq muddatga kechikkanda — repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasining 35 foiziga teng miqdorda qo‘shimcha ravishda jarima to‘laydi. aktivlar summasiga nisbatan. Jarima to‘qson kunlik muddat ichida tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha repatriatsiya qilingan aktivlar summasiga mutanosib ravishda o‘n kunlik muddatda ixtiyoriy tarzda to‘langan taqdirda, to‘langan jarima summasi rezidentga qaytariladi. Sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran to‘qson kun ichida tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlar to‘liq repatriatsiya qilingan taqdirda, to‘langan jarima qaytariladi, jarima qo‘llash to‘g‘risidagi ishni yuritish tugatiladi va majburiy undirish uchun ko‘rilgan barcha choralar bekor qilinadi. 14
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxsning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq bo‘lgan jarimalarni undirish undirilishi lozim bo‘lgan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib har oyda to‘lash imkoniyati berilgan holda amalga oshiriladi. Rezidentlar O‘zbekiston norezident yuridik shaxslarning barcha xalqaro (transchegaraviy) valyuta operatsiyalari, shu jumladan quyidagilar kiradi:investitsiya faoliyatini amalga oshirish, jumladan rezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan o‘z filiallarini aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish;kreditlar (qarzlar) olish va berish, lizing operatsiyalarini amalga oshirish; ko‘chmas mol-mulkni sotib olish va sotish; chet davlatlardan mablag‘larni jalb etish hamda ularni chet davlatlardagi hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish; intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mutlaq huquqni to‘liq olish yoki sotish.
O‘zbekiston Respublikasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb etish va ularni repatriatsiya qilish, shuningdek to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini amalga oshirish munosabati bilan olingan huquqlardan foydalanish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.O‘zbekiston Respublikasi diplomatik va boshqa vakolatxonalarining ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ko‘chmas mulk obyektlarini olish va qurish bo‘yicha kapital harakati operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarni norezidentlar tomonidan sotib olish tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan Markaziy bank bilan birgalikda belgilanadi. 15
Rezidentlar o‘rtasidagi valyuta operatsiyalari. Rezidentlar o‘rtasidagi valyuta operatsiyalariga quyidagilar amalga oshirilayotganda yo‘l qo‘yiladi:bojsiz savdo do‘konlaridagi hisob-kitoblar, shuningdek xalqaro tashishlarda transport vositalarining qatnov yo‘llarida yo‘lovchilarga tovarlarni realizatsiya qilish va xizmatlar ko‘rsatish chog‘idagi hisob-kitoblar bilan bog‘liq operatsiyalar;vositachilar (vakillar) tomonidan norezidentlar bilan tovarlarni topshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, axborot va intellektual faoliyat natijalarini, ularga bo‘lgan mutlaq huquqlarni berish bo‘yicha shartnomalar tuzish hamda ularni bajarish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida vositachilar (vakillar) va komitentlar (ishonch bildiruvchilar) o‘rtasidagi operatsiyalar, shu jumladan komitentlarga (ishonch bildiruvchilarga) pul summalarini (boshqa mol-mulkni) qaytarishga doir operatsiyalar; tuzilgan shartnomalar asosida transport-ekspeditorlik xizmatlarini realizatsiya qilishdan ekspeditorlik kompaniyalarining hisobvarag‘iga xorijdan kelib tushayotgan chet el valyutasidagi mablag‘larni hisob-kitob qilishni va o‘tkazishni nazarda tutuvchi operatsiyalar; jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga xizmat safarlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlarini to‘lash va ularning o‘rnini qoplash bo‘yicha operatsiyalar, shuningdek xizmat safarlari munosabati bilan berilgan, sarflanmay qolgan bo‘nakni qaytarishga doir operatsiyalar; bilan bog‘liq operatsiyalar; yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) valyuta qimmatliklarini kiritish va qaytarish bilan bog‘liq operatsiyalar; bank xizmatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq operatsiyalar; xayriya faoliyati bilan bog‘liq operatsiyalar; meros huquqi bo‘yicha valyuta qimmatliklarini olish bilan bog‘liq operatsiyalar.
Rezidentlar o‘rtasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan naqd valyutasini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish yuz million so‘m ekvivalentdan ortiq bo‘lmagan summada amalga oshiriladi. Naqd valyutani belgilangan ekvivalentdan ortiq summada olib chiqish valyuta operatsiyalarining hisobini yuritishi va hisobotlarni tuzishi, shuningdek ularning saqlanishini ta’minlashi;valyutani nazorat qiluvchi organlarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga doir talablarini (ko‘rsatmalarini, taqdimnomalarini) bajarishi; valyutani nazorat qiluvchi organlarni tekshiruvlarni amalga oshirayotgan chog‘da ularning o‘z binolariga kirishini, hujjatlaridan va avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazalaridan foydalana olishini ta’minlashi shart. Valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish tartibi, ularning turlari, taqdim etilish shakli va muddatlari Valyuta operatsiyalarini va valyuta nazoratini amalga oshirish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.Valyutani16 tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Xalqaro valyuta munosabatlari valyutalaming xalqaro miqyosdagi harakati natijasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlardir. Xalqaro valyuta munosabatlarining subyektlari bo‘lib, davlat, kompaniyalar, banklar, jismoniy shaxslar va xalqaro moliya institutlari hisoblanadi. Xalqaro mehnat taqsimotining yuzaga kelishi davlatlar o‘rtasida tashqi savdo munosabatlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. 0‘z navbatida, tashqi savdoni amalga oshirish turli mamlakatlaming valyutalarini bir-biriga ayirboshlash zaruriyatini yuzaga keltirdi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya va globallashuv jarayonlari- ning chuqurlashishi natijasida tadbirkorlik kapitali (to‘g‘ri va portfelli xorijiy investitsiyalar) va ssuda kapitalining (xalqaro kreditlar) xalqaro miqyosdagi oqimi kuchaydi. Bu esa, xalqaro valyuta munosabatlarini rivojlantirishga kuchli turtki berdi.
Xalqaro valyuta munosabatlari o‘ta beqaror, noaniq va tez o‘zgaruvchi jarayon bo‘lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tar- tibga solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivoj- lanish assotsiatsiyasi (XRA) kabilami kiritish mumkin. Xalqaro valyuta fondi (XVF) o‘ziga a’zo mamlakatlaming valyuta kursi va to‘lov balanslarini tartibga soladi, ulaming valyuta- moliyaviy muammolarini hal etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlaming ko‘p tomonlama to‘lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) ham faoli­yati xalqaro valyuta-moliyaviy munosabatlami tartibga solishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘zining ikkita filiali - Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi. XVFning a’zosi boigan mamlakatlar XTTBning a’zosi bo‘la oladi. XTTB tomonidan taqdim etiladigan qarzlaming asosiy qismi qarz oluvchi mamlakatlaming iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish imkonini beruvchi loyiha va dasturlami amalga oshirishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli kreditlar hisoblanadi. Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)ning faoliyati ustun ravishda rivojlanayotgan mamlakatlaming xususiy sektorini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Shuningdek xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga solishda har bir mamlakatning Markaziy banklarining o`rni ham katta ahamiyat kasb etadi. Markaziy banklar ham valyuta munosabatlarini amalga oshishida o`z o`rniga ega hisoblanadi. Demak yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan kurs ishini oqish mobaynida ko`plab ma`lumotlarga ega bo`ldik va o`zimizga kerakli xulosa ko`nikmalarga ega bo`ldik deb aytsak bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini zamonaviy modernizatsiyalash bosqichida mamlakatning xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi. Xususan, tashqi savdo aylanmasining ijobiy ta`minlandi, xalqaro moliya institutlari bilan samarali hamkorlik yo`lga qo`yildi. Eng muhimi - davlat tashqi qarzining me`yoriy darajadan oshib ketishiga yo`l qo yilmadi.
Bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tobora rivojlanish va byudjet munosabatlariga ta’sir etishining muhim omili bo`lgan byudjet va moliya tizimi ham shu tarzda isloh etishni, uning barqarorligi va samaradorligini oshirishni talab qiladi.
Dunyo miqyosida xalqaro valyuta munosabatlari sohasida jiddiy, olamshumul o’zgarishlar yuz bermoqdaki, mazkur holat halqaro valyuta munosabatlariga bag`ishlangan yangi ilmiy tadqiqotlar olib borish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. So`nggi yillarda xalqaro valyuta munosabatlarida sezilarli o`zgarishlar kuzatildi:
-jumladan, tashqi bozorlardagi valyutalar va ularning tovar ta`minoti o`rtasidagi aloqadorlik yo`qoldi;
-bozor ishtirokchilari uchun valyutalarning likvidliligi, ularning tovarga ayirboshlash qobiliyatidan ko`ra muhimroq ahamiyat kasb eta boshladi;
-mamlakatlarning to`lov balansidagi kapitallar va kreditlar harakati joriy operatsiyalar harakatidan hajm bo`yicha ko`paydi;
Shu kabi holatlar xalqaro valyuta tizimida keskin islohotlarni taqozo etdi. Shningdek hozirgi kunda, jahon valyuta tizimiga kriptovalyutalarni ta sirini, ularni tebranuvchanligini prognoz qilish va kelajakdagi istiqbolini o`rganish maqsadida o`nlab, yuzlab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, valyuta munosabatlarini tartibga solish jarayonida pul (oltin) taqchil bo‘lgan mamlakatda hisob stavkalarini oshirish va aksincha, pul (oltin) ortiqcha bo‘lgan mamlakatda hisob stavkasini tushirish qo‘llanilgan.
Yuqoridagilar natijasida yuzaga keladigan kapital ko‘chishi, ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘lov holati balanslanishiga yordam bergan. Agar, ma‘lum valyutaning almashuv kursi, o‘z paritetidan yuqori bo‘lsa, xorijiy valyutani sotib olishdan, oltinni tashib keltirish arzon hisoblangan. Debitor o‘z pulini oltinga almashtirib, qarz to‘lagan. Boshqa tomondan, agar valyuta kursi tushsa, kreditor qarzni oltin bilan to‘lanishini talab qilgan.
Bu tizimda valyuta munosabatlari davlatning aralashuvidan xolis tarzda amalga oshirilganligidan hamda almashuv kursining tebranishi sezilarsiz bo‘lganligidan, valyuta riski past bo`lgan. Yuqoridagilarni ko`rib valyuta munosabatlarini takomilashtirish va valyuta tizimining rivojlanishi haqida ko`palab ma`lumotlarga ega bo`ldik.


Download 275 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling