Xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati moliyaviy hisobni tashkil etish va hisob siyosati
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobiga doir me’yoriy normativ hujjatlar
Download 37.7 Kb.
|
Moliyaviy hisobotning tarkibi, uni tuzishning umumiy prinsiplari
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobiga doir me’yoriy normativ hujjatlar.
Respublikamizda bozor munosabatlariga asoslangan buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimiga o’tish bo’yicha islohotlar olib borilmoqda. Chunki xalqaro standartlarga mos buxgalteriya hisobi, hisoboti va ularning tahlilisiz korxonalar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish mumkin emas. Mustaqillik yillarida respublikamizda buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro standartlar darajasiga chiqarish borasida talaygina ishlar qilib kelinmoqda. Moliyaviy hisobotlar tizimidagi o’zgarishlar hisob tizimida qo’llanila boshlanishi bo’ldi. Bulardan tashqari buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha Milliy Standartlarning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi natijasida respublikamizning buxgalteriya hisobi va audit tizimida qator yangilanishlar sodir bo’ldi. 2016 yil 13-aprelda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunning yangi tahririga muvofiq O’zbekiston Respublikasi xalqaro andozalari asosida buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab chiqdi. Hozirgi vaqtda bizda buxgalteriya hisobi milliy standartlarining (BHMS) 22 ta standarti O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida ro’yxatdan o’tgan. № 1 (BHMS) Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. Bu standartda har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’ziga xo’jalik yuritish xususiyatlarini hisobga olgan holda qo’shimcha schyotlardan foydalanish va hisob siyosatini o’zi belgilab olishi aytib o’tilgan. № 2 (BHMS) Asosiy xo’jalik faoliyatidan olingan daromadlar. Bu standartga xo’jalikka kelib tushadigan daromadlarning aniqlanishi va daromad turlari berilgan. № 3 (BHMS) Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning oladigan moliyaviy natijasi haqida tushunchalar berilgan. № 4 (BHMS) Tovar-moddiy zahiralar. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy zahiralari haqida ko’rsatmalar berilgan. № 5 (BHMS) Asosiy vositalar. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining asosiy vositalari eskirishini hisobga olish, ularning dastlabki qiymati, qayta tiklash qiymati, qoldiq qiymati bo’yicha hisoblash yo’llari ko’rsatilgan. № 6 (BHMS) Lizing hisobi. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ktlarning lizing operatsiyalari bo’yicha tushunchalar ular bilan operatsiyalarni hisobga olish tartiblari berilgan. № 7 (BHMS) Nomoddiy aktivlar. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning nomoddiy aktivlari haqida tushunchalar, nomoddiy aktivlarni hisobga olish tartiblari berilgan. № 8 (BHMS) Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga qo’yilgan investitsiyalar hisobi. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning sho’ba korxonalarida hisob yuritish tartibi ularning moliya hisobotini tuzish imkoniyatlari ko’rsatilgan. № 9 (BHMS) Pul oqimi to’g’risida hisobot. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag’lari bo’yicha, valyuta mablag’lari bo’yicha va boshqa pul oqimlari bo’yicha operatsiyalarini hisobga olish tartiblari ko’rsatilgan. XULOSA Ushbu mavzudan kelib chiqib, xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki, moliyaviy hisob va hisobot tizimi korxonaning asosiy axborot manbaasi bo’libgina qolmay, o’zini-o’zi nazorat qilish omilini ham o’zida mujassamlashtiradi. Ya’ni korxona o’tkan yilga nisbatan qancha foyda yoki zarar ko’rganligini aniqlaydi va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillarini tahlil qiladi. Mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida asosiy e’tibor tannarxni pasaytirishga qaratilgan bo’ladi. Bunda ishchi kuchidan, tovar moddiy zaxiralaridan oqilona foydalanishning asosiy yo’llari o’ylab chiqiladi. № 1 sonli BHMSda yozilishicha har bitta BHMS mazkur standart bilan birga qo’llanilishi maqsadga muvofiq. Bundan ko’rinadiki har bitta ko’rsatkich va omillar moliyaviy hisob va hisobotini tuzishda kata rol o’ynaydi. Axborot manbaasini yagona tilga o’tqazish va soddalashtirish yuzasidan yosh kadrlarimizni o’qitish usullarini jadallashtirish va chetelda o’quv-amaliyotini shakllantrishda fikr almashinish kerak deb o’ylayman. Men ushbu kurs ishimdan shuni xulosa qilib aytamanki Respublikamizda buxgalteriya hisobini tartibga solishda, buxgalterlar qonun doirasida himoyalangani, qonunlar puxta va adolatli ishlab chiqilganiga guvohi bo’ldim. Buxgalteriya hisobi amaliyotining istiqbolli yo’nalishlaridan biri ekanligi, uning muhim tarkibiy qismi hisoblangan moliyaviy hisobining ahamiyati beqiyos darajada ortib borishi, moliyaviy hisob korxona faoliyatini tezkor va istiqbolli boshqarishda asosiy o’rinlardan birini egallagani, xarajatlar va mahsulot tannarxini hisoblash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashni yaratib berishini ko’rdik. Ko’rib chiqanimizdek ushbu “Buxgalteriya hisoboti to’g’risida” gi qonunda buxgateriyaning hisobotini qonun doirasida xalqaro standartlarga mos ravishda nazorat qilinishi, maxfiyligi, saqlash, hisobotlarni topshirish, qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarliklar ko’rsatib o’tilgan. Download 37.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling