Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Savdo siyosatining maqsadi va vazifalari


Ta’riflarni yoqlovchi hamda ularga qarshi fikrlar


Download 61.1 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi61.1 Kb.
#1591909
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekiston tashqi savdo siyosatining ustuvor yo\'nalishlari

3.Ta’riflarni yoqlovchi hamda ularga qarshi fikrlar.
Bojxona Ta’riflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko‘ra import Ta’riflari:

  • mamlakat mudofaa sanoatini himoya qilish imkonini beradi;

  • mamlakatda bandlilik darajasi o‘sishini ta’minlaydi va yalpi talabni rag‘batlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport o‘sadi va joriy operatsiyalar bo‘yicha to‘lov balansi xolati yaxshilanadi;

  • milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun zarur;

  • davlat byudjeti daromadlarini to‘ldirish manbai bo‘lib xizmat qiladi;

  • milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko‘rinishidagi chet el raqobatidan himoya qiladi;

  • iqtisodiyot tuzilishini qayta kurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilgor siljishlar rag‘batlantiriladi va x.k.

Milliy iqtisodiyotning tiklanishi sharoitida ko‘pgina davlatlar o‘z ishlab chiqaruvchilarini chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida protektsionizm siyosatini qo‘llaydilar. Aks xolda, maxalliy korxonalar «sinishi» jamiyatda ishsizlik xavfini tugdiradi.
Mamlakatlarda ta’rif mexanizmi orqali tashqi savdo siyosatini yuritish, birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish sohalarining himoyalanganligiga ta’sir qiladi. O‘zbekistonda avtomobilsozlik yangi va istiqbolli soha (tarmoq) hisoblanadi va tabiiyki, ta’rifli himoyaga muhtoj. Tarmoqni ta’rifli himoyalanishining haqiqiy darajasini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Masalan, O‘zbekistonda yangi mashinalar uchun import boji 40 foizni tashkil qilsin. Ushbu mashinani ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan ehtiyot qismlar asosan chetdan keltirilsin va unga import boji 25 foiz miqdorida o‘rnatilsin. Bir dona mashinaning narxi 10000 AQSH dollariga teng bo‘lsa, ya’ni bitta avtomobil uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarining narxi 7000 dollar, qo‘shilgan qiymat esa 3000 dollarni tashkil etsin.
Avtomobil importiga 40 foiz ta’rif belgilanganligi uchun har bir avtomobil narxi 4000 dollarga o‘sib, ta’rif bilan birga 14000 dollarni tashkil etadi. ehtiyot qismlar importiga 25 foizli ta’rif kiritilishi ularga qilinadigan xarajatlarni 1750 dollarga oshirib 8750 dollarga yetkazadi. Oqibatda mahsulot birligiga ehtiyot qismlar xarajati 1750 dollarga oshdi. Qo‘shilgan qiymat esa 2250 dollarga (4000 - 1750 k 2250) o‘sdi. Shunday kilib, ta’rif kiritilgandan so‘ng mahsulot birligiga to‘gri keladigan qo‘shilgan qiymat 5250 dollarni (3000 K 2250 k 5250) tashkil etdi.
Endi esa soha (tarmoq)ning samarali himoyasi formulasidan foydalanamiz.

Download 61.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling