Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Savdo siyosatining maqsadi va vazifalari


Download 61.1 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi61.1 Kb.
#1591909
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekiston tashqi savdo siyosatining ustuvor yo\'nalishlari

YER = (YA – VA) YA.
Bu yerda: Yer - sohaning ta’rif bilan haqiqiy himoyalanganlik darajasi;
YA - bojxona ta’rifi kiritilgandan keyingi qo‘shilgan qiymat;
VA – bojxona ta’rifi kiritilishidan oldingi qo‘shilgan qiymat.
YER = ((3000 + 2250) – 3000) 3000 =2250 3000 = 0,75 yoki 75%
Bu shuni bildiradiki, tayyor avtomobillarga 40% ta’rif va ehtiyot qismlarga 25% ta’rifni joriy kilib, davlat milliy avtomobisozlikni haqiqatda 75% Ta’rifli himoyalanganligini ta’minlaydi.
Protektsianizm siyosatining muhim tamoyili ham shundaki, davlat tayyor mahsulotlarga bojni ko‘tarish va yarim tayyor mahsulotlarga esa uning miqdorini pasaytirish orqali tarmoqning haqiqiy himoyalanganligini yanada oshiradi.
Agar mamlakatlar bojxona ittifoqiga birlashsalar, unda bojxona Ta’rifi, barcha ishtirokchi mamlakatlar uchun ularning savdo munosabatlarida yagona bo‘lib koladi. Bojxona Ta’riflari miqdori alohida mamlakatlar iqtisodiyotida va jahon xo‘jaligida yuz berayotgan jarayonlar ta’sirida yuzaga keladi. Jahonda importga bojxona bojlarining pasayish tendentsiyasi kuzatilmokda va u ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama muzokaralar asosida mamlakatlar tomonidan rag‘batlantiriladi va nazorat qilinadi.
Bojxona bojlarini joriy qilishni qo‘llovchi fikrlarga aksincha bo‘lgan mulohazalar ham mavjud. Chunki sanab o‘tilgan natijalarga boshqa usullar bilan kamroq yo‘qotishlar hisobiga ham erishsa bo‘ladi degan fikrlar ham qaysidir darajada asoslidir.
Birinchidan, import ta’riflari iste’molchilar turmush darajasining pasayishiga olib keladi.
Ikkinchidan, import ta’riflari kiritilishi oqibatida ular vositasida himoya qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi.
Uchinchidan, ta’riflarni kiritish va ular stavkasini belgilash masalasida mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan.


Xulosa
Savdo siyosati – byudjet soliq siyosatining, tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to‘gridan-to‘gri cheklashlar orqali tartibga solishni o‘z ichiga olgan, nisbatan mustaqil yo‘nalishdir.
Tashqi savdoni tartibga solishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul importga Ta’rif belgilash bo‘lib, buning natijasida ichki baholarning o‘sishi kuzatiladi. Importga Ta’riflarni joriy qilishdan iste’molchilar ko‘rgan zarar ishlab chiqaruvchilar va davlat ko‘rgan foydadan katta bo‘ladi. Importga Ta’riflarni joriy qilishdan ko‘riladigan foyda va zararlar nisbati munozarali masaladir. Ammo import Ta’riflari ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish, to‘lov balansini tartibga solish maxsadlarida keng qo‘llaniladi.
Ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish usuli ham qo‘llaniladi.
Eksportga subsidiyalar valyuta tushumini ko‘paytirish, ortikcha mahsulotdan kutulish, tashqi bozorni egallash uchun qo‘llaniladi. eksport subsidiyalarini qo‘llash dempingga olib kelmasligi kerak, Chunki demping Xalqaro savdo koidalariga ko‘ra ta’kiklangan.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni litsenziyalash va kvotalar o‘rnatish Xalqaro savdoni tartibga solishning bevosita usullaridir. Xalqaro savdo siyosati vositalari va tadbirlari mamlakat iqtisodiyoti xolatidan kelib chikib echilayotgan vazifalarga muvofik tanlanadi.
Jahonning barcha davlatlari oldida tashqi savdo bo‘yicha milliy siyosat muammosi yotib, 200 yillar mobaynida bu mavzuda qizg’in tortishuvlar bo‘lib turibdi. Erkin savdo yoki protеksionizm siyosatini tanlash yoki uni qanday bo‘lsa shu holda saqlash oldingi asrlarning хaraktеri edi. Bizning davrimizda bu ikki yo‘nalish o‘zaro bog’liqdir. Ammo ko‘p hollarda uni bu qarama-qarshi birlik erkin savdo tamoyilining bosh vazifasini bajaradi. Jahon iqtisodiyotida erkin savdo siyosatiga birinchi bo‘lib Adam Smit o‘z ta’rifini bеrgan edi. Adam Smit «ayirboshlash har bir mamlakat uchun foydali bo‘lib, har bir mamlakat bunda mutloq ustunlikka ega bo‘lishini» ta’kidlagan edi. Adam Smitning tahlillari klassik nazariyaning asosi bo‘lgan va erkin savdo siyosatining har qanday shakli uchun asos bo‘lib kеlgan. David Rikardo «Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi» (1817-yil) nomli asarida boshi bеrk ko‘chadan klassik nazariyani kеltirib chiqardi.



Download 61.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling