Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Savdo siyosatining maqsadi va vazifalari
Download 61.1 Kb.
|
O\'zbekiston tashqi savdo siyosatining ustuvor yo\'nalishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Savdo siyosatining maqsadi va vazifalari
O'zbekiston tashqi savdo siyosatining ustuvor yo'nalishlari Reja: 1. Savdo siyosatining maqsadi va vazifalari. 2. Importga ta’riflar va ularning ishlab chiqaruvchilarga hamda iste’molchilarga ta’siri. 3. Ta’riflarni yoqlovchi hamda ularga qarshi fikrlar. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Savdo siyosatining maqsadi va vazifalari Biror mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita aralashuvi jarayoni eksport va import hajmi va tarkibiga ta’sir ko‘rsatish orqali ichki bandlilikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sishga erishish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, to‘lov balansini yaxshilash hamda valyuta kursini tartibga solish maqsadlarini ko‘zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi. Savdo siyosati – byudjet-soliq siyosatining tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to‘gridan-to‘gri cheklashlar orqali tartibga solishni o‘z ichiga olgan nisbatan mustaqil yo‘nalishidir. Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan har qanday chora-tadbirlar kiska muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, fakat erkin savdogina iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ko‘pgina mutaxassis-iktisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va axolisi turmush darajani yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, Chunki, tashqi savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko‘prok imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi. Garchan, erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan foydali bo‘lishi mumkin bo‘lsada, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtayi nazaridan erkin savdo hamma vakt ham foydali bo‘lavermaydi. Tashqi savdoni cheklash usullarining 50 dan oshiqroq turi mavjud. Ularning ayrimlari davlat g‘aznasini to‘ldirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, ba’zilari umuman importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning ta’rif va nota’rif usullaridan foydalaniladi.1 Ta’rif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, nota’rif usullariga eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi. Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi. Import bojlari davlat byudjetini to‘ldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. eksport bojlari mamlakat ichida talab ko‘p bo‘lgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi. Boj olinadigan mahsulotlar, boj olinmaydigan mahsulotlar, olib kelish va olib ketish takiklangan mahsulotlar, shuningdek, bojxona bojlari stavkasi, ya’ni, ularning tartibga solingan ro‘yxati bojxona Ta’riflari deb ataladi. Bojxona Ta’riflarini ishlab chiqarish, tabiiy farqlar (hayvonot va o‘simlik dunyosi), qayta ishlash darajasiga (xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor buyumlar) ko‘ra, taqsimlangan mahsulotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan mahsulot sarxillovchilar (klassifiqatorlari) asosida kurilgan. Download 61.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling