Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar


Download 84.19 Kb.
bet1/3
Sana15.03.2023
Hajmi84.19 Kb.
#1272188
  1   2   3
Bog'liq
Soha iqtisodiyoti 1


Korxonaning xavfsizligini takomillashtirish yo'llari.
Reja:

  1. Korxona haqida ma'lumot.

  2. Korxona iqtisodiy xavfsizligi haqida ma'lumot.

  3. Korxonaning xavfsizligini takomillashtirish yo'llari.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.



  1. Korxona haqida ma'lumot.

Iqtisodiy sohalarda «korxona» tushunchasiningmohiyati


Тadbirkorlik faoliyati bilan jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida shug‘ullanish mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq, fuqaro (jismoniy shaxs)lar deganda respublikamizning fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi. Fuqaro (jismoniy shaxs) yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishgahaqlidir.
Fuqarolik kodeksiga muvofiq, «o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi». Ammo yuridik shaxslarning faqatgina foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan turlari, ya’ni tijoratchi tashkilotlar tadbirkorlik subyektlarihisoblanadi.
Тadbirkor o‘z g‘oyasini amalga oshirishning tashkiliy tuzilmasi sifatida korxonani vujudga keltiradi. Korxona yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgach, mustaqil xo‘jalik yurituvchi bozor subyekti bo‘lib, o‘z nizomiga muvofiq muayyan ijtimoiy-iqtisodiy samara va foyda olish maqsadida o‘ziga tegishli yoki xo‘jalik boshqaruvidagi mulkdan foydalanib faoliyatyuritadi.
Korxonani turli belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin:
Ishlab chiqarish va texnikaviy munosabatlarda korxona, bu — ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar va mexanizmlartizimi;
Ijtimoiy munosabatlarda korxona, bu — turli toifadagi va vazifa- larni bajaruvchi xodimlardan iborat mehnatjamoasi;
Tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritadi;
Moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona, bu — tarmoqning mustaqil bo‘g‘ini sifatida o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan va boshqaradigan bozor subyekti.
Korxona o‘ziga xos bo‘lgan ma’lum xususiyatlarga ega:
Birinchidan, korxona o‘ziga tegishli va xo‘jalik boshqaruvidagi alohida mulkka ega bo‘lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy- texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi va ishonchliligini ta’minlaydi;
Ikkinchidan, korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o‘zaro munosabatlardagi majburiyatlar yuzasidan o‘z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo‘ladi;
Uchinchidan, korxona xo‘jalik aylanmasida o‘z nomidan harakat qilishi mumkin, ya’ni qonunga asosan, xo‘jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot (ish, xizmat) iste’molchilari, xomashyo va asbob- uskuna yetkazib beruvchilar hamda boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqigaega;
To‘rtinchidan, korxona qonunchilikka asosan, sudda da’vogar va javobgar sifatida qatnashish huquqigaega;
Beshinchidan, korxona mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lib, ishlab chiqarish va mahsulot savdosi xarajatlarini hisobga olib boradi hamda davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda o‘z vaqtida hisobotlarni taqdimetadi;
Oltinchidan, korxona o‘z nomiga ega bo‘lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o‘z aksinitopadi.
Har bir korxonaning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish va muomala jarayonlaridan iboratbo‘ladi.Korxonaning ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati — yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni tashkillashtirishda namoyonbo‘ladi.
Qayta ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat — ishchi kuchini yollash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarida aks etadi.
Muomala sohasidagi faoliyat esa ishlab chiqarishning moddiy- texnikaviy ta’minotini tashkillashtirish, mahsulot (ish, xizmat)larni sotish va foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining daromad shaklida qaytib kelishida ko‘zga ko‘rinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
BOzor va uning rivojlanish istiqbollarini kompleks ravishda o‘rganish yordamida, xaridorlarning mahsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan talablarinianiqlash;
Mahsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkilqilish;
Xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish;
Ishlab chiqarishni rejalashtirish, dasturlash, muvofiqlashtirish va moliyalashtirish;
Mahsulotni taqsimlash va sotish tizimini tashkil qilish va uni mukammallashtirish;
Korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarish, sotish, reklama, texnik xizmat ko‘rsatish va hokazolarniboshqarish.
Albatta, zamonaviy korxonalarning ko‘p qirrali faoliyati yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlar bilangina cheklanib qolmaydi. Amaliyotda ular fan-texnika taraqqiyoti va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning yangi talablari bilan to‘ldirilishi mumkin. Biroq, yuqorida aytib o‘tilganlardan qat’i nazar, xo‘jalik rivojlanishining har bir bosqichida korxonalar faoliyati quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilishi zarur:

  1. Korxona egasining daromadolishi;

  2. Iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilanta’minlash;

  3. Xodimlarni ish haqi bilanta’minlash;

  4. Ish joylariyaratish;

  5. Atrof-muhitni muhofaza qilish;

  6. Korxona faoliyatida to‘xtab qolishga yo‘l qo‘ymaslik;

  7. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarini mukammallashtirish;

  8. Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tejamkorlikka rioyaqilish.

Xo‘jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish korxonalardan quyidagi funksiyalarni amalga oshirishni talab qiladi:

  1. Ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun mahsulotlarnitayyorlash;

  2. Mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish vasotish;

  3. Sotuvdan keyin xizmatko‘rsatish;

  4. Ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosinita’minlash;

  5. Xodimlar mehnatini tashkil qilish vaboshqarish;

  6. Soliqlarni to‘lash, budjetga to‘lanuvchi ixtiyoriy yoki majburiy badal va to‘lovlarni amalgaoshirish;

  7. Amaldagi standartlar, normativlar va davlat tomonidan chiqarilgan qonun-qoidalarga rioyaqilish.

Bu funksiyalar korxonalarning hajmi, qaysi tarmoqqa mansubligi, ijtimoiy infratuzilmaning mavjudligi, mahalliy hokimiyat idoralari bilan munosabatlarga asoslanib aniqlashtiriladi. Bugungi bozor iqtisodiyoti va fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning amalga oshiruvchi funksiyalarini kengaytirishi hamda ularning faoliyatidagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash uchun yangi vazifalar belgilab berishi mumkin.Korxonani tashkil qilishdan, asosan, quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
Iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va uni sotishdan foyda (daromad)olish;
Ishlab chiqarishga ish bilan band bo‘lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni halqilish;
Ishlab chiqarishga mavjud qo‘shimcha resurslarni jalbqilish;
Fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini ishlabchiqarish;
Yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a’zolarining shaxsiy ehtiyojlariniqondirish;
Ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish.
Тurli shakldagikorxonalarOdamlarning ko‘p qiziqishlari, turli ehtiyojlari va intilishlari bor. Тadbirkor kishilarning vazifasi ana shu qiziqishlarni, ehtiyoj va intilishlarni aniqlashdan va ularni qondirish uchun korxonalar tashkil etishdan iboratdir. Barcha korxonalar muvaffaqiyatli tashkil etilsa, foyda keltiradi.



  1. Download 84.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling