Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar


Korxona iqtisodiy xavfsizligi haqida ma'lumot


Download 84.19 Kb.
bet2/3
Sana15.03.2023
Hajmi84.19 Kb.
#1272188
1   2   3
Bog'liq
Soha iqtisodiyoti 1

Korxona iqtisodiy xavfsizligi haqida ma'lumot.

Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash ishlab chiqarishni tashkil etishning butunlay yangi tizimchasi bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiyot sub’yektlari orasida milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim dastagi bo’lgan korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash alohida ahamiyatga ega bo’lib hisoblanadi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi deganda uning ilmiy – texnikaviy, ishlab chiqarish salohiyatini hamda kadrlarini faol va nofaol iqtisodiy tahdidlardan, masalan, davlatning samarasiz ilmiy – sanoat siyosatidan yoki tashqi muhitda yuzaga kelgan tahdidlardan himoyalanganligi tushuniladi.


Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi jamiyatda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy barqarorlik buzilganda, ayniqsa, dolzarb bo’ladi.

Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uzluksiz jarayon bo’lib, unda vujudga kelishi mumkin bo’lgan zararlarni oldini olish vazifasi qo’yiladi. Buni amalga oshirish uchun korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi bo’lishi talab etiladi.


Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi deganda, korxona ish faoliyatini amalga oshirishda uning xavfsizligini yetarli darajasida ta’minlashga qaratilgan eng muhim qaror va chora – tadbirlar yig’indisi tushuniladi.
K
orxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasining uchta asosiy turi ajratib ko’rsatiladi.
5-rasm. Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi turlari.
Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda beshta elementga ahamiyat berish kerak bo’ladi.
Birinchi – korxona iqtisodiy xavfsizligiga bo’lgan tahdidlarning tarkibi va xarakteri hamda ta’sir ko’rsatish yo’nalishlarini aniqlash.
Ikkinchi – korxona iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir ko’rsatadigan tahdidlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararlarni baholash.
Uchinchi – korxona iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir ko’rsatadigan tahdidlarning muhimligi va yuzaga kelish vaqti nuqtai nazaridan guruhlarga ajratish.
To’rtinchi – u yoki bu tahdidlarga nisbatan korxona iqtisodiy xavfsizligi strategiyasini shakllantirish va uning variantini tanlash.
Beshinchi - korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo’yicha aniq chora- tadbirlarni belgilash va amalga oshirish.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizlik borasidagi strategiyasini puxta ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirish milliy iqtisodiyotning eng muhim dastagi bo’lgan korxonalarning barqaror o’sishi va rivojlanishi uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi.
Korxona (firma) faoliyatining asosiy maqsadi foyda (daromad) olish hisoblanadi. SHuningdek, korxona o’z oldiga ishlab chiqarishni kengaytirish, personalning kasbiy mahoratini oshirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida mehnatni tashkil etishni takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan va taklif etilayotgan mahsulotning iste’molchilarini, mijozlarini va insofli sherik, hamkorlarning sonini ko’paytirishni ham maqsad qilib oladi.



  1. Download 84.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling