Xulosa qilish tushunchasi. Ijodiy jarayon va uning xususiyatlari


Intellekt va kreativliknazariyalari


Download 54.63 Kb.
bet2/7
Sana08.05.2023
Hajmi54.63 Kb.
#1445013
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xulosa qilish tushunchasi.

Intellekt va kreativliknazariyalari.Geshtal`tpsixologiyaning namoyondalaridan biri bo’lmish V.Keller antopondlarning intellektual harakatlarini eksperimentar o’rganish natijasida yuqori darajada taraqqiy qilgan mazmunlarning aqliy harakatida insonlarga o’xshashlik borligi to’g’risida xulosaga keladi. Muallif maymun bilan odamning fikr yuritish faoliyatidagi sifat jihatdan farqlariga kamroq e`tibor qaratadi, buning oqibatida mazkur o’xshashlikka haddan ziyot yuqori baho berib yuboradi. V.Keller intellektual harakatni kutilmagan, oldingi faoliyatga bog’liq emas, deb tushuntirib, “sinash”ni tasodifiy aktda uchraydigan holat deb unga qarama-qarshi qo’yadi. Uning fikricha, topshiriqni echish mexanizmi quyidagilardan iboratdir: a) organizmning optik maydonidagi vaziyatlarning muhim unsurlari (tarkiblari) bilan yaxlitlanib, ya`ni geshtal`tni vujudga keltiradi; b) vaziyat tarkiblari geshtal`t ichiga kirib, unda qaysi joyni egallashga bog’liq ravishda yangi ahamiyat kasb etadi; v) vaziyatning muhim unsurlaridan (tarkiblaridan) namoyon bo’luvchi geshtal`tlar muammoli vaziyatda organizmda bazi bir zo’riqishlar ta`sirida vujudga keladi. Topshiriqni echish muammoli vaziyatning jismlari yangi geshtal`da, yangi munosabatlarda idrok qilina boshlanganda tugallanadi. Masalani echish yaqol psixik qadamlarni, harakatlarni vujudga keltiruvchi geshtal`t sifatida maydonga chiqadi. Vyusberg psixologiya maktabining namoyandalari tafakkur- bu ichki harakatlar (aktlar) deb qaraydilar, o’z o’zini kuzatish metodidan foydalanib tadqiqot o’tkazadilar.
Vyusberg psixologiya maktabining namoyandasi O.Zel`s masala echish jarayonini o’rganishda “umumiylikka ega bo’lgan masala” ni vujudga keltirish bosqichlariga alohida e`tibor qaratib, elementlar bilan jismlar munosabatini ajratib ko’rsatadi. Buning natijasida muammoli vaziyat majmuasi namoyon bo’ladi. Ushbu majmua o’z ichiga quyidagi jihatlarni qamrab olishi nazarda tutiladi: a) ma`lumning xususiyatldarini muayyan bo’laklarga ajratish; b) qidiriluvchi nomalumning o’rnini aniqlash; v) noma`lum qidiriluvchi bilan ma`lum o’rtasidagi munosabatlani ajratib ko’rsatish. Majmuaning tugallanishidan O.Zel`s muammoli vaziyat hukm surishini va uning mohiyatini aniqlaydi. Tugallanmaganlik holatining majmua (kompleks) tarkibiy qismlariga yoki ma`lum, mavjud majmua unsurlari munosabatlariga aloqador ekanligini ta`kidlaydi. Umumiylikka ega bo’lgan masalaning paydo bo’lishi algoritmik tarzdagi muammoni ekchish sxemasini hosil qilishdan iborat bo’lib, qidiriluvchi nomalumning majmuada egallagan o’rni bilan tavsiflanadi. O.Zel`s antitsipatsiya (masala echishdan oldin uning javobini sxematik shaklda ongda, fikrda tasavvur qilinishi hodisasini) atamasini psixologiya faniga olib kirib, noma`lum qidiriluvchi uzluksiz ravishda antitsipatsiyaga beriladi deb tushuntiradi. Noma`lum qidiriluvchi bilan ma`lum ma`lumotlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rnatish va uning asosida qidiriluvchi antitsipatsiyalarning vujudga kelishi bilan yakunlanadi.
O.Zel`sning fikricha, maqsad qo’ya olish umumiy intellektual operatsiyalarni faollashtirish sari etaklaydi. Muallif asosiy intellektual operatsiyalar qatoriga majmua tarkibiga qo’shimcha qilish (kiritish), mavhumlash, o’xshashlik, reproduktsiyasi kabilarni kiritadi. Uningcha birinchi aqliy operatsiya, ya`ni majmuaga qo’shimcha kiritish berilgan narsa va jismlar tasvirini so’z orqali ifodalashni o’z ichiga qamrab oladi. Ikkinchi operatsiya, ya`ni mavhumlashtirish (abstraktsiya)-predmetlarning xususiyatlarini har xil yo’llar bilan ochib berish, majmua tarkibiy qismlari o’rtasidagi munosabatlarni o’rnatish kabi funktsiyalarni bajaradi. Intellektual operatsiyalarning uchinchisi- bu o’xshashlik reproduktsiyasi deb atalib, berilgan majmua ichidagi tushunchalar va jismlarni aniq hamda muhim alomatlarga bo’lish (ajratish) vazifasini o’taydi.
Dj.Uotson o’z ta`limotida tilni o’zlashtirishning ijtimoiy jihatlarini umuman hisobga olmaydi, nutqning tuzilishi va rivojlanishiga e`tibor qilmaydi. U nutq bilan tafakkur birligi to’g’risidagi printsipni anglab etmagan, tafakkur va ongni xulq ko’rinishi sifatida olib qaragan.
Keyinchalik bixeviorizmning kognitiv nazariyasi vujudga keldi. Bixeviorizm formulasi biroz o’zgartirilib, TOTE shaklda qo’llanila boshlandi. Xulq kognitiv nazariyasida tafakkur mohiyatini ochishga xizmat qiladigan qator tushunchalar ishlatila boshlandi, chunonchi “bilishning rejasi”, “bilishga moyillik”, “ma`noga nisbatan belgining munosabati”, “ahamiyat”, “maqsad”, “tayyorgarlik”, “bilish strukturasi”, “kutilgan natija”, “mahsul” kabilar. Afsuski, bu nazariyada tafakkur mustaqil bilish jarayoni sifatida ajratilmaydi. Ko’proq idrok fenomenlari, xotira jarayoni yuzasidan ma`lumot olishi mumkin, xolos. Ta`kidlab o’tilgan tushunchalarning barchasi xulq psixologiyasiga to’la-to’kis bo’ysundirilgandir.
J.Piajening (Shveytsariya) intellektual nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo’lib, intellekt funktsiyalari va intellekt davrlari ta`limotini o’z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funktsiyalari qatoriga uyushqoqqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish) kiritilib, ular uning funktsional invariantligi deb yurtiladi. Intellektual faoliyatning tartibliligi deganda sub`ektning intellektul faollik ko’rsatish jarayonida yaxlit holatning va unga kiruvchi boshqa elementlarning (unsurlarning), shuningdek, ularning barchasining o’zaro munosabatlarini ajrata olish tushuniladi.
Intellektning adaptatsiya funktsiyasini anglash uchun assimilatsiya va akkomidatsiya jarayonlarini nazarda tutishi darkor. Ushbu nazariyaga binoan, assimilyatsiya deganda idrok qilish mumkin bo’lgan ob`ekt to’g’risidagi xususiyatlarni tiklash anglashiniladi. Akkomidatsiya- bilishga intiluvchi sub`ektning moddiy borliq talablariga moslashish jarayonidir. Anglash mumkin bo’lgan ob`ektning individ tomonidan yaxlit yokiayrim xususiyatini idrok qilishning yuz berishi bilan mazkur jarayon tugallanmaydi, balki sub`ektda bilish faolligining ortib borishi ntijasida uning o’zi ham o’zgara boradi.
J.Piajening intellekt nazariyasining ikkinchi ta`limoti “Intellekt davrlari” deb yuritiladi. Muallif intellektni quyidagi rivojlanish pallasiga ajratadi: 1) sensomotor intellekti (bola tug’ilganidan to 2 yoshgacha); 2) operatsiyadan oldingi tafakkur davri (2 yoshdan to 11 yoshgacha); 3) yaqqol operatsiyalar davri (7-8 yoshdan to 11-12 yoshgacha); 4) formal (operatsiyalar) davri.
Uning mulohazasicha, intellektning o’sishi nutq paydo bo’lishdan oldinroq boshlanadi. Intellektning kurtagi (genezisi) bolaning dastlabki tartibona xatti harakatlar aktini amalga oshirish natijasini tahlil qilish yordamida uning vujudga kelish ildizini o’rganish uchun muhim imkoniyatlar yaratailadi. Mazkur ta`limotga ko’ra intellekt davrlarining o’zaro o’rin almashishi tafakkurning o’sishini bildiradi, davrning izchilligi esa rivojlanishning ichk i imkoniyatlarini ifodalaydi.
Shunday qilib, J.Piajening intellekt ta`limoti psixologiya ta`limoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda ob`ektiv “klinik” metod qo’llanilgan, intellekt genezisi, uning ildizi ochib berilgan, intellektual faoliyatda sub`ekt (shaxs)ning o’zgarib borishi (uning qonun va qonuniyatlari) empirik va nazariy (metodologik, fenomenologik) materiallar, ma`lumotlar bilan isbotlangan.

Download 54.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling