Xulq-atvor iqtisodiyoti


Download 89.49 Kb.
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi89.49 Kb.
#1643263
1   2   3
Bog'liq
Mahkamov Ulugbek

2.1-chizma. Raqobatchi firmaning o‘z foydasini eng yuqori darajaga
yetkazish


P

MR=AR=P
q


q1
Bu yerda, MS=MR=P – masofa; AV=R-AS – to‘g‘ri burchak yuzi bir- birlik mahsulotdan olinadigan o‘rtacha foyda; AVSD - to‘g‘ri burchak yuzi firmaning eng ko‘p yalpi daromadi. 1.1.1-chizmada ko‘rinib turganidek firmaga hamisha ham qisqa muddatli davrda foydani eng yuqori darajaga kerak emas .
Chegaraviy daromad (MR) chegaraviy harajatlar (MS)ga teng bo‘ladigan va chegaraviy harajatlar egri chizig‘i ko‘tarilib boradigan nuqtada foyda eng yuqori darajaga yetadi: MR=MS (1). Raqobatli bozorda talab egri chizig‘i to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘ladi, shu sababli MR=R, ya’ni (1) qoidani MS=R shaklida yozish mumkin. 1.1.2-chizmada raqobatchi firmaning o‘z zararlarini eng kam darajaga tushirish AYE kesma - R – AYEFD to‘g‘ri burchak yuzasi ishlab chiqarish xajmi q| bo‘lganida olinishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha foyda; AS- AVC=AFC – kesma VE – doimiy o‘rtacha harajatlar; SBEF yuza – hech qanday mahsulot chiqarmaydigan maqomdagi harajatlarga teng zarar.
2.2-chizma. Raqobatchi firmaning o‘z zararlarini eng kam darajaga
tushirish
AS
P

C
D
F


q
q1
1.2- chizmaning avvalgisidan asosiy farqi ishlab chiqarish doimiy harajatlarning ortib borishidir. Bu narsa umumiy o‘rtacha harajatlar (AS)ni oshiradi, ammo o‘rtacha o‘zgaruvchan harajatlarni o‘zgartirmaydi. Natijada 1.2- chizmada ko‘rinib turganidek baho (R) o‘rtacha harajatlar (AS)dan pasayib qoladi. Shunga ko‘ra AV kesmasi ishlab chiqarishning o‘rtacha zararlariga teng bo‘ladi.
Monopolistik raqobat o‘z nomiga mos xolda ustun keladigan raqobatning bir qadar monopol hukmronlik bilan aralashmasidan iborat. Raqobatchilardan anchagina sonli bo‘lishi ulardan har birining bozor narxlarini nazorat qilish imkoniyatini to‘liq bo‘lmasada, ammo sezilarli darajada cheklaydi. Monopolistik raqobatga xos bo‘lgan muxim belgi sotuvchilarni tovarlarni tabaqalashtirishga intilishidir.
Tabaqalashtirish, ya’ni tovarlarga aloxida uni o‘ziga o‘xshash tovarlardan ajratib turadigan sifat berish sotuvchiga raqiblarining xudi shunday tovarlarga qaraganda uning tovarini afzal ko‘ruvchi haridorlar haridorlar doirasini yaratish imkoniyatini beradi.
Oligopoliya - tarmoqda bir necha firmaning o‘zaro bog‘lanib qolishi, ularning har biri o‘z harakati bilan raqiblarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, va uni o‘zi ham ularning ta’siridir. Bozorning oligopoliya tuzilmasida firmalar aynan o‘xshash ish deyarli bir xil yoki bo‘lmasa tabaqalangan mahsulotlar ishlab chiqarishdlari
mumkin. Oligopolik bozorda narx bo‘yicha peshqadam bo‘lish ko‘p uchraydi. Bu peshqadam tarmoqdagi eng yirik ish eng samarali ishlayotgan firma bo‘ladi. Tarmoqdagi peshqadam o‘z mahsuloti narxini o‘zgartirish bilan boshqa hamma firmalarni narxlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur etadi. Oligopoliyada raqobatchi firmalar sonini ko‘p bo‘lmasligi ularning narxlar yetkazib berish xajmlari, bozorni bo‘lib olishni birgalikda boshqarish maqsadlarida til biriktirish ehtimoli imkoniyatlarini keltirib chiqaradi. Oligopoliya tarmoq sharoitlarida firmalar hamkorlikni yuridik jixatdan rasmiylashtirilmasdan va bu haqida oshkora xabar bermasdan manfaatdor bo‘lishlari mumkin. Xo‘jalik sub’ektlarining raqobatni jiddiy cheklashga olib keladigan noqonuniy kelishuvlariga yoki o‘zaro kelishilgan faoliyatiga ko‘ra kurashish bozor iqtisodiyoti davlatlaridan monopoliyadanchiqish qonuniy xujatlar yordamida xal qilinayotgan vazifalaridan biridir.
Mukammal (sof) monopoliya. Mukammal (sof) raqobatning butunlay aksi. Bu modelda yaqinroq o‘rinbosar bo‘lmagan mahsulot taklif etadigan yagona ishlab chiqaruvchi mukammal monopolist hisoblanadi. Bu modelda bozorda tanho sotuvchi yoki ularning soni naqadar kamki ularning har biri raqiblari bilan kelishilgan xolda mustaqil tovarlar va xizmatlar taklifi umumiy xajmiga va ularning narxiga ta’sir ko‘rsatishga qodir. Monopol bozorlar barcha mamlakatlarda shu jumladan raqobat mamlakatlarda darajasi yuqori bo‘lgan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarda kam mavjud. Bu bir qancha sababalrni paydo qiladi.
Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ko‘p xollarda kam chiqimli unumdor ishlab chiqarishga erishish uchun uning miqyosini kengaytirishi ham mutloq ma’noda kam harajat talab etadi. Shunday tarmoqlar ham borki ularda mahsulot yoki xizatlar borligiga to‘g‘ri kekeladigan harajatlarni pasaytirish ayniqsa ishlab chiqarish ko‘lamiga va raqibning bor yo‘qligiga bevosita bog‘liq.
Real bozor, mukammal raqobat – mukammal monopoliya o‘qi bo‘yicha turli modelning qaysi biriga muvoqfiqroq kelishiga qarab shu bozorda tovarlar va xizmatlar sotuvchisi bo‘lgan tadbirkorlar raqobat kurashining turli yo‘llaridan foydalanadilar.
“Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida qonunlar reklama sohasidagi raqobat kurashiga monelik qilmaydi. Tadbirkorlarga xususan faqat ularning tovar yoki xizmatni sotib olish g‘oyani afzal ekanligiga haridorni ishontirishga urinishlarda juda katta erkinliklar beradi”.
Raqobat vositalarining shakl va taomyili, uning namoyon bo‘lishi sohalari g‘oyat ko‘p va keng . Uning tarmoq ichidagi kapitalning bir tarmoqdan ikinchi tarmoqga oqib o‘tishiga olib keladigan tarmoqlararo, jahon bozorlarida turli mamlakatlar xo‘jalik kompleks raqobati kabi turlari mavjud. Raqobatni amalda tasavvur etish uchun shu ko‘rinishlarga mansub bo‘lgan hozirgi usullardan ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz va jahondagi hamma mamlakatlarda qonuniy hisoblanadigan va amalda keng qo‘laniladigan raqobat xulqining turli ishlarini tavsiflaymiz. Narx bilan raqobatlashuv an’anaviy shakl. Uning an’anaviy va eng ko‘p qo‘llaniladigan usullariga quyidagilar kiradi:

    • “Narxlar jangi” – yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan surib chiqarish uchun narxlarni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. “Narxlar jangi”ni boshlagan baquvvat firma tovarning sotish xajmi ko‘payganligi hisobiga ko‘proq daromad ko‘rishni ko‘zlaydi. Yirik kompaniyalarning o‘zlari uchun yangi bo‘lgan mamlakatlarda ochilgan korxonalari filiallari boshqa xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bozordan siqib chiqarish uchun aksariyat “narxlar jangi”ni qo‘llaydi. Iste’molchilar dastlab tarmoqdagi “narxlar jangi”dan foyda ko‘radi, ammo keyinchalik bunday monopoliyalashtirishning jabrini tortishlari mumkin. Davlat mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning tarmoqni o‘zlashtirishdan manfatdor bo‘lib qudratli xorijy firmalar bilan kurashda mahalliy bozorda o‘rnashib qolishga yordam berish uchun ularni aloxida imtiyozlar va afzalliklar tizimi bilan qo‘llab-quuvatlashga harakat qiladi, u yoki bu tarmoqda xorijiy xo‘jalik yurituvchi shakxsga tadbirokrlik faoliyati uchun mahalliy sherik ishtirokida qo‘shma korxona barpo etish majburiy shart qilib qo‘yadi yoki boshqa cheklash va tartibga solish choralarini ko‘radi;




    • demping – amal qilish va maqsadlarga ko‘ra “narxlar jangi”ga yaqin bo‘lgan narx bilan raqobatlashuv usuli. Uning mohiyati shundaki yirik tovar ishlab chiqaruvchilar boshqa mamlakatlar xududida korxona qurmaydilar, ammo uning bozorlarida o‘z ichki bozordagi narxlardan, jahon narxlaridan arzon. Dempingning ma’nosi tovar ishlab chiqaruvchi mamlakatning ichki bozorida sotilayotgan ortiqcha mahsulotni yo‘qotish va yangi bozorlarga kirib olishdan iborat. Rivojlangan iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatlar rivojlanishi pastroq mamlakatlarga dempingni eksportchi kompaniyalarga byudjetdan maxsus eksport mukofotlari va subsidiyalari to‘lash bilan rag‘batlantiradi va bu to‘lovlar kompaniyalar ko‘radigan zararni qisman qoplaydi. Bunday ishlardan davlatning manfaatdorligi boshqa malakat bozorida o‘z ishtirokini kuchaytirish, iqtisodiy manosabatlarni yanada rivojlantirish uchun negiz yaratishga intilish bilan izohlanadi.

Rivojlangan mamlakatlardan rivoji pastroq mamlakatlarga demping tovar chiqarish amaliyotda doimiy xodisa. Demping narxlar iste’molchilarni so‘zsiz qoniqtiradi, ammo “narxlar jangi”di bo‘lgani kabi bozorda bunday tovarlarning hozir bo‘lishi mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishini qiyinlashtiradigan omilga aylanishi mumkin. Demping tovarlar kiritayotgan davlat

  • bu jarayonni savdo cheklashlarini joriy etish, muayyan turdagi tovarlarni kiritish uchun bojlarni ko‘tarish bilan nazorat qilish, shuningdek demping narxlarda sotilayotgan tovarlarga o‘xshash tovarlar ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlarga yordam berish imkoniyatlariga ega.

Halqaro amaliyotda mahsulot narxidan chalg‘itmaslik, tovarning qiymati va sifati sohasida raqobatni qiyinlashtirmaslik uchun chegirma va saylovlarning eng yuqori miqdorlarini belgilab qo‘yish kam uchraydi. Shuningdek narx bilan raqobatlashuvga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • muayyan toifadagi iste’molchilar uchun imtiyozli narxlar (masalan, aviakompaniyalardan yo‘lovchilar guruxiga bir yo‘la olinadigan “Oilaviy” biletlar yakka-yakka olishga qaraganda arzonroq) sotiladi;

    • vaqti va joyiga qarab narxlarni tushirish yoki ko‘tarish (kinoteatrga ertala borish kechkidan ko‘ra, ish kunida borish dam olish kunidan ko‘ra arzonroq turadi);

    • ko‘rasatiladigan xizmatlar xajmi ko‘paygan yoki tovarlar sifati yaxshilangan sharoitlarda ham amaldagi narxlarni saqlab turish;

    • haridorlar uchun kredit muddatlarini uzaytirish va boshqalar.

Narx bilan raqobatlashuvga kirmaydigan raqobat usullarini “narxsiz raqobat” deb ataladi. Bu atama garchi noaniq bo‘lsada amaliyot va ilmiy adabiyotda keng qo‘llaniladi, raqobat kurashidagi turli usullarga yagona nom berishga imkoniyat yaratadi.

Taklif va raqobatsiz bozorni tasavvur etib bo‘lmaydi. Haridorning tovar va xizmatlar sotib olish uchun qilgan sarf harajatlari ikk qismdan iborat. Birinchi tovarga bo‘lgan baho, ikkinchisi uni topishga ketgan vaqt va ishlatish harajatlaridir. Ularning hammasi jamiyat uchun iste’mol harajatlarini, ya’ni bahosini tashkil etadi. Iste’mol bahosi tovarning harid qilib olish narxidan ancha ko‘p. Tovarlar ichida eng raqobatdoshi bo‘lib boshlang‘ich bahosi past emas, iste’molchi qo‘lida ishlatilishi qulayligi, kam sarfligi va umumiy harajati kamligi bilan farqlanadigan hisoblanadi. Haridorlar xajmi – harakatini kuzatish shuni ko‘rsatmoqdaki, ular tovarlarni taqqoslashda qaysinii qo‘llash samaradorligi (R); sotib olish harajatlariga (S) nisbatan yuqori bo‘lsa o‘sha tovarni ko‘proq


tanlashadi. Demak, tovarni raqobatdoshligi (K) umumiy ko‘rinishda bo‘ladi.

oladi:
Tovarning raqobatdoshligini baholash qo‘yidagi bosqichlarni o‘z ichiga



  1. bozorni tahlil qilib o‘zimizni tovarimizga o‘xshash tovar namunasini

topib olish;

  1. bizning tvoar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko‘rsatkichlarni belgilash;

v) o‘zimizning tovarimizdagi integral (umumiy) raqobatdoshlik xususiyatlarini aniqlash.
Bozordagi raqobatga esa ko‘proq tovar sotishni rag‘batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni haridorlar tovar ishlab chiqaruvchidan olinadi. Haridorlarni asosan tovarning iste’mol qiymati qiziqtiradi. Raqobat bozorda taklif talabdan yuqori bo‘lganda firmalar ichida emas balki tovarlar orasida namoyon bo‘ladi.
Raqobat asosan quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: a) tovarlarning xizmatlari bo‘yicha bir xil ehtiyojni qondirishga qaratilgan raqobat. Masalan, sport, kitoblar, plastinkalar kishining madaniy dam olishiga qaratilgan. Shuning uchun ular bir-biri bilan raqobatchi; b) bir xil tovarni har xil firmalar ishlab chiqarishi orqali bo‘ladigan raqobat yoki bir xil firma tomonidan har xil modifikatsiyadan tovar ishlab chiqarish; v) baholar orqali bo‘ladigan raqobat – bu eng ko‘p tarqalgan usullaridir. Bahoni pasaytirib bozorni egallash. Tovarlarni iste’mol qilish (ishlatish) jarayonidagi bahosini pasaytirishga elektr yoqilg‘i va material sarflarini kamaytirish va xizmat qilish muddatini ko‘paytirish orqali erishish.
Jahon bozori tajribasida raqobatning quyidagi shart-sharoitlari mavjud: 1.Agar raqobatchilar kuchi teng va strategiyalar bir-biriga o‘xshash bo‘lsa
bozor muvozanati uzoq saqlanmaydi, ular orasidagi kelishmovchilik susaymaydi.
2.Raqobatchining g‘ashini keltiradigan harakatlar qilmang. 3.Sizning raqobatchingiz hamma narsadan xabardor deb biling.
4.Sizning harakatlaringiz o‘zingizning imkoniyatlaringizga mos ekanligiga raqobatchingizni ishontiring.

Raqobatchilar strategiyasini o‘rganishda quyidagi savollarga javob topiladi: 1.Boshqa tovarlarning raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar?

  1. Raqobatchi firmaning reklama vositalari va sotishni raqobatlantiruvchi usullari?

  2. Qaysi belgilari ishlatilmoqda?




Download 89.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling